6-yanvar – Yamaykada Marunlar bayrami kuni 

1 797

6-yanvar kuni  Yamaykada Marunlar bayrami nishonlanadi. Bu kuni sobiq qullarning avlodlari marunlarga ehtirom ko‘rsatadilar. Bu bayram kapitan  Kudjoe tavallud kuniga to‘g‘ri kelgan, u marun bo‘lgan. Marunlar - ozodlik uchun kurashuvchilar, ular Britaniya kolonial qo‘shinlarining xujumlarini qaytarishgan. Kudjoe Angliya armiyasi ustidan g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng, uning vositachiligida 1738-yilda Britaniya bilan tinchlik shartnomasi tuzilgan. Bu shartnoma qullarga ozodlikni va anchagina yer egaligini  kafolatlagan. Bu kuni marunlar xotirasiga sobiq qullarning avlodlari  katta ehtiromlar ko‘rsatadilar. Yamayka aholisi marunlar sharofati bilan ularning ajdodlari ozod bo‘lganliklarini unitmaydilar va  ular Yamaykada yashiringanlar. Hozirda  shu kuni Yamayka aholisi  marunlar xotirasiga ehtiromlar aylashadi va bayram munosabati bilan festival o‘tkaziladi, unda an’anaviy qo‘shiqlar, raqs va udumlar ijro etiladi. Orolda yashovchi ba’zi bir odamlar bu bayramni "Marun yangi yili” deb  ham ataydilar.

 
6-yanvar Fransiyada Qirollar bayrami
6-yanvar - Qirollar bayrami eng ta’sirli  bayramlardan biri hisoblanadi. Bu kuni ehsonlar qilinadi va bayramni oilaviy yoki do‘stlar davrasida o‘tkazishadi. Fransuzlar bayram munosabati bilan bodomli tort (Galette des Rois)   tayyorlashadi va tortning ustini qog‘ozdan yasalgan tilla toj bilan bezatishadi. Tortning ichiga kichkina o‘yinchoq toj (yoki boshqa chinni haykalcha) solib qo‘yishadi. Agar tojni kim topib olsa, o‘sha shu kechaning qiroli yoki qirolichasi hisoblanadi.  Tort bir necha qismlarga bo‘linadi, odatda stol atrofida qancha kishi  o‘tirgan bo‘lsa, shuncha bo‘laklarga va yana bir bo‘lak qo‘shimcha bo‘linadi. Bu qo‘shimcha bo‘lak "faqir odam bo‘lagi” deb ataladi. Bunday bo‘laklarni avvallari faqir odamlarga berishgan. 

6-yanvar Mirishkor tumani tashkil etilgan kun
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani. Viloyatning g‘arbiy qismida joylashgan. 2003-yil 6-yanvarda Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. Maydoni 3,1 ming kv.km. Aholisi asosan, o‘zbeklar, shuningdek, turkman, tojik, arab, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 12 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Yangi Mirishkor qishlog‘i.

Tumanda sanoat, qurilish korxonalari, 2177 kichik korxona, mikrofirmalar, 250 dan ziyod maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud. O‘zbekiston-Isroil "Eynab” qo‘shma korxonasi ishlab turibdi.

Qishloq xo‘jaligining asosiy sohalari – paxtachilik, g‘allachilik va chorvachilik. 1500 fermer xo‘jaligi faoliyat yuritadi. Ekin maydonlariga paxta, g‘alla, sabzovot, poliz, kartoshka ekinlari ekiladi. Meva, uzum, sut, go‘sht, pilla, qorako‘l teri va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi. Jamoa va xususiy xo‘jaliklarda qoramol, qo‘y va echki, parranda, yilqi boqiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.