Dunyodagi qaysi dengiz eng iliq dengiz deb tan olingan?

Javob: Qizil dengiz

Qaysi mamlakatda tovuq go`shti eng ko`p iste`mol qilinadi?

Javob: AQSh

Yer olmasi deb atalgan globus kim tomonidan yaratilgan?

Javob: Martin Bexaym

Avstraliyada yashovchi mutlaqo suv ichmaydigan sut emizuvchi hayvon?

Javob: Koala

Xaritani kuzatganimizda "Dinozavr" shakldagi mamlakat nomini bilasizmi?

Javob: Yangi Gvineya

Dengizga tutash bo‘lmagan mamlakatlar haqida bilasizmi?

Javob: Janubiy Amerikada Boliviya, Paragvay; Osiyoda Ozarbayjon, Armaniston, Afg‘oniston, Butan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Laos, Mo‘g‘iliston, Nepal, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston; Yevropada Avstriya, Andorra, Belorus, Vatikan, Vengriya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Makedoniya, Moldova, San - Marino, Serbiya, Slovakiya, Chexiya, Shveysariya; Afrika materigida Botsvana, Burkina Faso, Burundi, Janubiy Sudan, Zambiya, Zimbabve, Lesota, Malavi, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Ruanda, Svazilend, Uganda, Chad, Efiopiya 

O`zbek geograflaridan kim "geografni oltita ko‘zi bo‘lishi kerak" deb aytgan?

Javob: I.Nazarovning fikricha, "geograflarda 6 ko`z bo`lmog`i: ulardan to`rttasi ufqning to`rt tomonida bo`lmog`i, bittasi osmonga-yulduzlarga va so`nggisi esa ona zaminga yoki litosferada bo`lishi kerak" deb aytgan. 

Qayerda odam yashamaydigan xilvat joyni topib bo`lmaydi?

Javob: Yevropa qit`asi

Bilasizmi? Koreya so`zining ma`nosi nima?

Javob: Tonggi tarovat

Qaysi davlat jahonda pochta xizmati tekin bo`lgan yagona davlat hisoblanadi?

Javob: Andorra

Qaysi davlat rasmiy poytaxtga ega bo`lmagan yagona davlat hisoblanadi?

Javob: Nauru

Qaysi davlat poytaxti dunyodagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi?

Javob: Mongoliya

Qaysi mamlakatning madhiyasi 158 ta usulda yangrashi mumkin?

Javob: Gretsiya