Vyetnam 

8 085

  Rasmiy nomi — Vyetnam Sotsialistik Respublikasi. Poytaxti — Xanoy. Hududi – 331,7 ming km.kv. Aholisi – 85 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — vyetnam. Dini — buddaviylar (55%), majusiylar (23%), daosiylar (12%), katoliklar (10%). Pul birligi — dong.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. G‘arbda — Kombodja va Laos, shimolda Xitoy bilan chegaradosh. Sharqiy va Janubiy sohillari Janubiy Xitoy dengizi bilan tutashgan. Vyetnam Hindixitoy yarimorolining sharqiy qismida joylashgan. Mamlakat 4 ta fizik-georafik hududga bo‘lingan. Shimolda joylashgan Yunnan tog‘ligida mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Fon-Si- Pan (3143 m) tog‘i joylashgn.
 Iqlimi — shimolda subtropik, janubi sharqda va markazida tropik mussonli. Mamlakatning asosiy daryolari — Mekong va Xongxa bo‘lib, ular Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Mamlakat hududida temir rudasi, marganes, boksitlar, ko‘mir zaxiralari mavjud. Dengiz shelflarida neft va gaz konlari topilgan. Togli hududlarda tropik o‘rmonlarining katta bo‘lmagan maydonlari saqlanib qolgan. Bu yerda keng bargli bambuk, liana, banyan kabi daraxtlar o‘sadi. Vyetnam hududida fil, ayiq, yoibars, kiyik, maymun, quyon, olmaxon kabi hayvonlami uchratish mumkin. Timsoh, ilon, kaltakesaklar keng tarqalgan.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Mamlakat hududiy jihatdan 61 ta provinsiyaga bo‘lingan. Mamlakat aholisining 90% i Xongxa va Mekong daryolari havzasida yashaydi. Davlat tuzilishi — respublika. Davlat boshlig‘i — prezident. Hukumat boshlig‘i — premyer-ministr. Siyosiy partiyalari: Vyetnam kommunistik partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari. Mamlakat iqtisodi davlat, koopperativ va xususiy sektorlaridan tarkib topgan. Vyetnam Janubi Sharqiy Osiyoning «Yangi industrial mamlakat»lari qatoriga kiradi. Sanoatning tog‘-kon, metallurgiya, energetika, asbobsozlik tarmoqlari rivojlanmoqda. Neft, apatitlar, xromitlar, qalay, volfram qazib olinadi. Mamlakat o‘z-o‘zini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan tola ta’min- lashga erishdi. Sholi, shakarqamish, choy, qahva, paxta, batat, tropik meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Tailand, Rossiya.
  Tarixi. Mamlakat hududida m. a. 300-yilda Dong-son davlati gullab-yashnadi. М. a. 111-yilda Vyetnam Xitoy tomonidan bosib olindi. 939-yilda xitoyliklar mag’lubiyatga uchrab, dastlabki vyetnam sulolasiga asos solinadi. 1471-yilda Shimoliy va Janubiy Vyetnamning birlashish jarayoni boshlandi. 1858-yilda Fransiya tomonidan Vyetnam bosib olindi. 1930-yilda Xo Shi Min kommunistik partiyani tashkil etdi va mustaqillik uchun kurash boshladi. 1946-yilda Vyetnam fransuzlar va ularning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash bosh­ladi. 1954-yilda Jeneva kelishuviga asosan Vyetnam 17-parallel bo‘ylab ikkiga bo‘lindi. Shimolni kommunistlar, janubni AQSH qo’llab-quvvatladi. 1964-yili Shimol qo’shinlari AQSHning kichik kemalariga hujum qilganidan so‘ng harbiy harakatlar boshlanib ketdi. 1973- yilda AQSH qo‘shinlari Vyetnamdan olib chiqildi. 1992-yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1995-yilda Vyetnam AQSH bilan diplomatik munosabatlarini qayta tikladi. 
O`zbеkiston -Vyеtnam aloqalari
 Vyеtnam davlati bilan O`zbеkiston o`rtasida 1992-yildan buyon diplomatik munosabatlar o`rnatilgan bo’lib, joriy yilning mart oyida O`zbеkistonning Indonеziyadagi elchixonasida Osiyo va Tinch okеani mamlakatlari, jumlalan, Vеtnam bilan hamkorlikning 20 yilligi nishonlandi. Vеtnam bilan O`zbеkiston o`rtasida asosan iqtisodiy, savdo va invеstitsion hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Jumladan, nеft va gazni qazib olish va qayta ishlab chiqish, ikki davlat oliy ta’lim muassalalari profеssor va talabalari almashinuvi, o`zaro tajriba almashish, qishloq xo’jaligini rivojlantirish borasida ishlar olib borilmoqda. Ikki davlat o`rtasida 1996 yilda iqtisodiyot, savdo va ilmiytеxnik hamkorlik bo’yicha O`zbеk-Vеtnam hukumatlararo komissiyasi tuzilgan. 2014-yilning yanvar oyida O`zbеkistonning «O`zbеk-nеftgaz» va Vyеtnamning «Pеtrovеtnam» kompaniyalari o`rtasida hamkorlik o`rnatildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.