Laos 

6 573

 Rasmiy nomi — Laos Xalq Demokratik Respublikasi (LXDR). Poytaxti — Vyentyan. Hududi – 237 ming km.kv. Aholisi – 6,2 mln kishidan ortiq (2012-yil).  Davlat tili — laos. Dini — buddizm. Pul birligi — kip.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi sharqiy Osiyoda joylashgan. Janubda Kambodja (chegara uzunli­gi — 541 km), g‘arbda Tailand (1754 km), sharqda va shimolda Vyetnam (2130 km), shimolda Xitoy (423 km), shimoli g‘arbda Myanma (235 km) davlatlari bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi — 5083 km.
  Hududining katta qismi tog‘li; shimolida va sharqida Annamita va Chiongshon tog‘lari, janubi va g‘arbida Mekong daryosi vodiysi bilan pasttekisliklar joylashgan. Tabiiy foydali qazilma boyliklardan — mis, temir, qo‘rg‘oshin, qimmatbaho toshlar, oltin ko‘proq uchraydi. Iqlimi — mussonli subekvatorial.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — respublika. Mamlakat 16 ta kxveng (provinsiya) dan tashkil topgan. Laos 1953-yil oktabrda mustaqillikka erishgan (ilgari Fransiya mustamlakasi bo‘lgan). LXDR e’lon qilingan kun — 2-dekabr milliy bayram sifatida bishonlanadi. Ijroiya hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Yagona siyosiy partiyasi: Laos xalq inqilobiy partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Laos hukumati markazlashgan rejali iqtisodiyot davridan so‘ng oxirgi yillarda xususiy sektorni rivojlantirish siyosatini rag‘batlantirmoqda. Biroq Laos hali ham dunyoning qoloq davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ishlab chiqarish asosan sanoatning yengil, oziq-ovqat, yog‘ochni qayta ishlash sohalari bilan cheklangan. Qo‘rg‘oshin qazib olish yo‘lga qo‘yilmoqda. Agrar sohada (YIM 60%) mehnatga layoqatli aholining katta qismi band. Qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan asosiy ekin — sholi (ekin maydonlarining 90%i), shuningdek, makkajo‘xori, paxta, tamaki, qahva va soya yetishtiriladi.
  Asosiy savdo hamkorlari: Tailand, Malayziya, Vyetnam, Yaponiya, Fransiya, AQSH.
  Temiryo‘llari mavjud emas, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 14130 km ni (60 km qattiq qoplamali), ichki suv yoilari 4500 km ni tashkil etadi.
  Tarixi. 1353-yili hozirgi Laos hududida Lansang qirolligiga asos solingan bo‘lib, u XVI asrga kelib o‘z hududini sezilarli darajada kengaytirgan edi. XVI asr oxirlariga kelib Birmaning vassaliga aylangan Lansang tez orada ikki qirollik — Vyentyan va Luangprabangga bo‘linib ketdi. 1893-yili Fransiya Laosning ichki ishlari- ga aralashib, uni o‘zining protektorati deb e’lon qildi. Laos yapon bosqinchilaridan ozod qilinganidan so‘ng (1942-1945) mamlakatda fransuzlarga qarshi Lao Issor (Ozod Laos) harakati boshlanib ketdi. Bu qo‘zg‘olon 1946-yili mamlakatga jo‘natilgan ekspeditsion korpus tomonidan bostirildi. 1949-yili o‘z-o‘zini boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan Laos 1955-yili mustaqil davlat bo‘ldi. 1959-yildan boshlab mamlakatda turli siyosiy guruhlar o‘rtasida jiddiy mojarolar boshlandi. Bu mojarolar 1973-yili Laosda monarxiyaning ag‘darilishi va Laos Xalq Demokratik Respublikasining e’lon qilinishi bilan yakunlandi. 80-yillar oxiridan boshlab mamlakat iqtisodiyotini va siyosiy hayotini liberallashtirish boshlandi. 1991-yilda esa Laosning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.