Xitoy 

24 344

  Rasmiy nomi — Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti — Pekin. Hududi — 9597000 km.kv. Aholisi – 1 mlrd 330 mln kishidan ortiq (2013). Davlat tili xitoy tilining mandarin dialekti. Dini — konfutsiylik, daosiylik, buddaviylik, xristianlik, islom. Pul birligi — yuan.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Osiyoning sharqidagi davlat. Shimoli sharqda (chegara uzunligi — 3633 km) va shimoli g‘arbda Rossiya (40 km), shimolda Mongoliya (4670 km), shimoli sharqda Shimoliy Koreya (1416 km), shimoli g‘arbda Qozog‘iston (1533 km) va Qirg‘iziston (858 km), g‘arbda Pokiston (523 km), Tojikiston (414 km), Afg‘oniston (76 km), janubi g‘arbda va janubda Hindiston (3380 km), janubda Myanma (2185 km), Vyetnam (1281 km), Nepal (1236 km), Butan (470 km), Laos (423 km) janubi sharqda Makao (0,34 km) bilan chegardosh. Janubda Janubiy Xitoy dengizi, sharqda Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunli­gi — 22140 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 14500 km. Xitoy hududining kattaligi jihatidan dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Xitoyning janubida Nanlin va Yunnan-Tuychjou tog‘lari qad ko‘targan. Janubi g‘arbda Himolay-qaraqurum, Nanshanya, Kunlenya togiari bilan o‘ralgan. 0‘rtacha balandligi taxminan 4500 m bo‘lgan Tibet tog‘lari joylashgan. Nepal bilan chegarada dunyodagi eng baland cho‘qqi Jomolungma (Everest — 8848 m) joylashgan. G’arbda va shimoli g‘arbda Tokla-Makan cho‘li yotadi. Xitoyning shimolida Gobi cho‘li yoyilgan. Shimoli sharqda Katta Xingan, Kichik Xingan tog‘lari joylashgan. Asosiy daryolari — Yanszi, Xuanxe, Sungari, Sinszyan. Yerosti boyliklari quyidagilarga boy: temir rudasi, ko‘mir, neft, simob, volfram, qalay, surma, marganes, molibden, rux, qo‘rg‘oshin, aluminiy, uran. Haydaladigan yerlar umumiy maydoning — 10%, o‘tloq va maysazorlar — 31% ini egallaydi. Iqlimi — hududining kattaligi tufayli iqlim turlicha: mo’tadil, subtropik va tropik. Xitoyning o‘simlik dunyosi xarakter jihatidan ikki zonaga: sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linadi. Sharqiy qismda o‘simliklar turi 25000 dan ortiq. G‘arbiy qismda o‘simliklar ko‘proq bir yillikka ega. Braxmaputra vodiysida ignabargli o‘rmonlar: qarag‘ay va kedrning har xil turlari o‘sadi. Bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, sibir suvsari, sibir ko‘zani, oq sichqon, olmaxonlar va boshqalar yashaydi.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Konstitutsiyaga ko‘ra xalq demokratik diktaturasi o‘rnatilgan sotsialistik davlat. Mamlakat tarkibida — 22 provinsiya, 5 avtonom hudud va 3 markaziy — Pekin, Shanxay va Tyanszin bor. Xitoy Xalq Respublikasi 1949-yil 1-oktabrda tashkil topgan. 1-oktabr — Milliy bayram — XXR e’lon qilingan kun. Ijro etuvchi hokimiyat XXR raisi (davlat boshlig‘i)ga, Umumxitoy xalq vakillari yig‘ilishi doimiy qo‘mitasi raisi, Davlat Kengashi raisi (hukumat boshlig‘i)ga tegishli. Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi — Umumxitoy xalq vakillari yig‘ilishi. Mamlakatda boshqa siyosiy partiyalar paydo bo‘lganiga qaramay, siyosiy hayotni Xitoy Kommunistik partiyasi belgilaydi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. XX asrning 80-yillarida Xitoy rahbarlari mamlakatni markazlashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishga kirishdi. Buning uchun qishloq xo‘jaligida kollektivlashtirishdan fermerlik tizimiga o’tildi. Qishloq xo‘jaligi yalpi milliy mahsulotning 30%ini ta’minlaydi. Sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlari — metallurgiya, mashinasozlik, ko‘mir qazib olish, neft qazib olish, to‘qimachilik, kimyo, harbiy sanoat. Asosiy savdo hamkorlari: Gonkong, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Tayvan, Germaniya. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — taxminan 54000 km. Avtomobil yollari — 1300000 km, ichki suv yo‘llari — 138600 km. Asosiy portlari: Guanchjou, Dalyan, Sindao, Shanxay.
   Tarixi. Birinchi Xitoy sulolasi — Sin (m. a. XVIII-XI asrlar), m. a. XIV asrda In nomini olgan. M. a. III 1-yilda davlat chjou qabilalari tomonidan zabt etilgan. М. a. VII asrda Chjou davlati bir nechta podsholiklarga bolinib ketgan. М. a. Ill asrda 36 ta provinsiyaga bolingan. Markazlashgan Sin imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu imperiya davrida xunnlar hujumidan himoyalanish maqsadida Buyuk Xitoy devori qurilgan. M. a. 206-yilda Sin imperiyasi o‘rnida paydo bo‘lgan Xan imperiyasi m. a. 140-87-yillarda o‘z rivojlanishi- ning eng yuqori cho’qqisiga chiqqan. «Uch qirollik» davridan keyin mamlakatda hokimiyat 907-yilgacha hukmronlik qilgan Tan sulolasi qo‘liga o‘tgan. 1226-yilda mo‘g‘ullar bosqinidan keyin mamlakatda mo‘g‘ullardan bo‘lgan Yuan sulolasi hukm surgan. 1368-yilda hokimiyat Xitoy imperatori qo‘liga o‘tadi va Min dinastiyasi davri boshlanadi. Xitoy hukmronlari 1628-1645-yillarda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun manchjur qabilalari ko‘magiga tayanadi. Manchjurlar 1644-yilda hokimiyatni qo‘lga kiritadi va 1912-yilgacha mamlakatni idora qiladi. Imperiya hududini Sibir, Oltoy, Pomir va Nepalgacha kengaytirgan manchjurlar hukumati XIX asrda ko‘plab ichki va tashqi muammolarga duch keladi. 1912-yilda Sun Yatsen Gomindan hukumatiga asos soladi. Sun Yatsen o‘limidan keyin Chan Kayshi guruhi kommunistlar bilan aloqani uzib Nankinda milliy hukumat tuzadi. 1938-yilda yapon qo‘shinlarining bostirib kirishidan keyin gomindanchilar bosqinchilarga qarshi kurashish uchun kommunistlar bilan birlashadilar. Gomindanchilar mag‘lubiyatga uchrab, Tayvanga qochadi, kommunistlar esa Mao Szedun boshchiligida 1949-yil 1-oktabrda Xitoy Respublikasining tashkil topganini e’lon qiladi. Mao Sze Dun vafotidan so‘ng XXR raisi etib saylangan Den Syaopin mamlakatni siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo‘liga boshladi. Natijada XXR dunyoning eng jadal rivojlanayotgan davlatlari qatoriga qo‘shildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.