Qirg`iziston 

24 135

  Rasmiy nomi — Qirg‘iziston Respublikasi. Poytaxti — Bishkek. Hududi — 198500 km.kv. Aholisi – 5,5 mln.dan ortiq (2012-yil). Davlat tili — qirg‘iz. Dini — islom, shuningdek, xristianlar ham bor. Pul birligi — som.
  Geografik joylashuvi va tabiati. O‘rta Osiyoning shimoli sharqidagi davlat. G’arbda 0‘zbekiston (chegara uzunli 1099 km), shimolda Qozog‘iston (1051 km), janubda Tojikiston (870 km) va Xitoy (858 km) bilan chegaradosh. Mamlakatning shimoliy sharqida Tyan-Shan (eng baland nuqtasi — 7439 m), janubi g‘arbda Pomir-Oltoy tog‘ tizmasi joylashgan. Asosiy daryosi-Norin. Eng katta ko‘li — Issiqkoi. Yer osti boyliklari — oltin, surma, ko‘mir, neft, gazga boy. Haydaladigan yerlar hududining 7%, o‘tloq va maysazorlar 42% ini egallaydi. Iqlimi — kontinental.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Dav­lat tuzilishi — respublika. Mamlakat 6 viloyatga bo‘linadi. Qirg‘iziston 1991-yil SSSRning parchalanishi- dan keyin mustaqillikka erishgan. Milliy bayrami — 31-avgust — Mustaqillik kuni. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va hukumat boshlig‘i premyer-ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament amalga oshiradi. Siyosiy partiyalari: Qirg‘iziston Demokratik harakati, Qirg‘izis- ton Respublika partiyasi, Erkin Qirg‘iziston, Qirg‘izis­ton kommunistlar partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyasi. Mam­lakat bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida turibdi. Birmuncha rivojlangan sanoat tarmoqlari rangli metal- lurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlari, chorvachilik, paxtachilik va boshqalar. Asosiy savdo hamkorlari — Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa MDH mamlakatlari. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 370 km. Avtomobil yo‘llari uzunligi — 30300 km.
   Tarixi. VI asrdan XII asrgacha hozirgi Qirg‘iziston hududlari Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. XIII asrda mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingan Qirg‘iziston XVII asrda Oyrat xonligi, XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligi tarkibiga kiritildi. 1870-yil Rossiya imperiyasining Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. 1918-yilda Turkiston Respublikasining bir qismi, 1924- yildan Qora-Qirg‘iz Avtonom viloyati, 1924-yildan Qirg‘iziston avtonom viloyati (oblasti), 1936-yilda Ittifoq Respublikasi maqomini oldi. Sovet Ittifoqi parchalanib ketgandan keyin Qirg‘iziston mustaqilligi 1991-yil 31-avgustda e’lon qilindi. 2005-yilda «Lolalar inqilobi» natijasida Asqar Akayev o‘rniga prezident etib Kurmanbek Bakiyev saylandi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.