Tojikiston 

16 067

  Rasmiy nomi — Tojikiston Respublikasi. Poytaxti — Dushanbe. Hududi — 143100 km3. Aholisi – 7,9 mln kishidan ortiq (2012yil). Davlat tili tojik. Dini — islom. Pul birligi — somoniy.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. Janubda Afg‘oniston (chegaraning uzunligi — 1206 km), shimol va g‘arbda 0‘zbekiston (1161 km), shimolda Qirg‘iziston (870 km), sharqda Xitoy (414 km) bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi — 3651 km. Toji­kiston hududining 90% dan oshig‘ini tog‘lar tashkil qilib, mamlakat hududining yarmidan oshig‘i dengiz sathidan 3000 m balandlikda joylashgan. Tojikistonning shimoli g‘arbiy va markaziy qismlarida Zarafshon, Turkiston, Hisor, Oltoy tog1 tizmalari, janubi sharqida Pomir tog` tizmasi joylashgan. Eng baland cho‘qqisi 7498 m. Tog‘ tizmalari bir-biridan vodiylar bilan ajralgan. Yirik vodiylari — Hisor va Vaxsh. Asosiy daryolari — Sirdaryo, Amudaryo. Yirik ko‘li — Qorako‘l. Asosiy tabiiy boyliklari: neft, gaz, ko‘mir, uran, gidroresurslarga boy.
Iqlimi — kontinental. O’simlik dunyosi boy. Yaylov va tog’oldi o‘simliklari, archa, yong‘oq, olcha, jiyda ko’plab o‘sadi. Shoqol, jayra, quyon, xongul, to‘ng‘iz, yovvoyi mushuk, qor barsi, arxar, yovvoyi parrandalar, kaltakesak, ilonlar (kapcha, gyurza, efa) faunasining asosini tashkil etadi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibiga Sug’d va Xatlon viloyatlari hamda Tog’li Badaxshon viloyati kiradi. 1991-yil 9-sentyabrda Tojikiston mustaqilligi e’lon qilinib, ushbu kun milliy bayram — Mustaqillik kuni deb qabul qilingan. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (Oliy Kengashning raisi) va Bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasiga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Oliy Kengash. Eng yirik siyosiy partiyalari: Erkin mehnat partiyasi, Tojikiston xalq partiyasi, Kommunistik partiya.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Tojikiston — agrar-industrial davlat. Fuqarolar urushi natijasida Tojikiston iqtisodi chuqur inqirozni boshidan kechirmoqda. Hukumat bozor munosabatlariga o’tishni qoilayapti. Lekin mamlakat iqtisodida davlat ulushi hanuzgacha asosiydir. Kimyo, yengil sanoat, rangli metallurgiya, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoatlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i paxtachilikdir (paxta tolasi asosiy eksport mahsulotidir). Paxtachilikdan tashqari ipakchilik, bog’dorchilik, sabzavotlar va uzum yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy savdo sheriklari: Rossiya, O‘zbekiston, Qirg’iziston, Turkmaniston.
   Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 480 km, avtomobil yo‘llari — 29900 km.
  Tarixi. Hozirgi Tojikiston hududi m. a. VI asrda Ahamoniylar davlati tarkibiga, m. a. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar imperiyasi tarkibiga kirgan. M. a. III asrdan Grek-Baqtriya, keyinroq Kushon davlatiga qaram bo’lgan. VIII asrda hozirgi Tojikiston hududiga arablar bostirib kiradi. IX-X asrlarda bu hududlar Samoniylar davlati, XII asrda Xorazmshohlar davlati, XIII asrda Mo‘g‘ullar davlati, XIV asrning ikkinchi yarmida Temur va temuriylar davlatiga qaram bo‘lgan. XVI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha Buxoro xonligi (amirligi) tarkibiga kirgan. 1868-yili Rossiya imperiyasi hozirgi Tojikiston hududlarini bosib oladi. 1917-yilgi davlat to’ntarishidan so’ng Tojikiston hududida sovet hokimiyati o’matiladi. 1924-yildan Tojikiston ASSR O‘zbekiston SSR tarkibiga kiradi. 1929-yildan Tojikiston SSR maqomini oladi. 1991-yili mustaqillikka erishgandan so‘ng, Tojikiston demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.