Loyiha to'g'risida 

13 592

  "…Biz o`z oldimizga qo`ygan kelajagi buyuk davlat qurishdek olijanob 
maqsadga yetish yo`lida men sizlar kabi mard va shijoatli yoshlarimizga  
ilm-u fan cho`qqilarini egallashga bel bog`lagan, qiyinchilik va sinovlar
oldida bosh egmaydigan, bugun hayotimizning hal qiluvchi kuchi bo`lib
maydonga chiqayotgan sog`lom va barkamol avlodimizga ishonaman". 
Islom Karimov

http://geografiya.uz dan foydalanadigan o'qituvchilar va barcha qiziquvchilar ko'rgazmali vositalar asosida geografiya fani bilan aloqador ekologiya, toponomika, tibbiy geografiya, topografiya va kartografiya, tarix, biologiya fanlari haqidagi har bir ma`lumotni o'rganishda savol-javoblar, bilimlarni takrorlash, mustahkamlab borish orqali ta'lim samaradorligiga erishishi mumkin. 

http://geografiya.uz qo`shimcha nazariy va  amaliy mashg’ulotlar  o’tish, mustaqil o`rganish  uchun  mo’ljallangan hamda qiziqarli ma'lumotlarga boy ilmiy-ommabopligi jihatdan foydalanuvchini e'tiborsiz qoldirmaydi.

 
Foydalanuvchilar veb-saytdan har bir ma`lumot bo’yicha qanchalik ko’p mustaqil o`zlari shug`ullanishsa, ularni  bilim  darajasi  shunchalik  chuqurlashadi. Tabiiy fanlarga qiziquvchilar veb-saytdan muntazam foydalanishi tavsiya etiladi.

http://geografiya.uz so`nggi HTML5 va CSS3 dasturiy tillarida yaratilgan bo`lib, ushbu texnologiyalarni qo`llab-quvvatlaydigan barcha turdagi brauzerlarga moslashtirilgan.

http://geografiya.uzni yaratishda O`zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga amal qilindi. Ma’lumotlar "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi va "Axborotlashtirish to’g’risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan tartibga solinmoqda.  Saytda foydalanilgan ilmiy ma`lumotlar, fotosuratlar Internetdagi xorijiy va O`zbekiston saytlari, turli kitoblar, umumiy o`rta ta`lim maktablari, o`rta maxsus kasb-hunar ta`lim muassasalari va oliy ta`lim uchun nashr etilgan darsliklar, ilmiy manbalar hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tavsiyasi asosida yaratilgan o`quv elektron darslik va video namoyishlardan foydalanildi. Shuningdek, Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi (UZINFOCOM) mutaxassislari tomonidan yaratilgan vebmodullardan foydalanildi. UZINFOCOM dasturchilari Azamat Mirvosiqov va Anvar Karimovlar tomonidan yaratilgan O`zbekistonning ma`muriy-hududiy tuzilishi elektron xaritasi veb-saytga joylashtirildi. Veb-saytni takomillashtirish borasida O`zbekiston Respublikasining Davlat ta`lim standartlariga mos xorijiy ilg`or tajribalar qo`llanildi. Har bir foydalanilgan manba ko`rsatib boriladi. Veb-sayt bo`yicha foydalanilgan ma`lumotlarning mualliflik huquqi o'z egalariga tegishlidir. 

 Veb-saytning maqsadi: Davlat ta`lim standartlari asosida ta`limning sifat va samaradorligini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlar tayyorlashdir. 

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.