Bilib qo`ygan yaxshi 

3 131

• «Yer aylana turib, Quyoshga yaqinroq kelsa — yoz, uzoqlashsa — qish bo'ladi», demang. Aksincha, qishda Yer quyosh­ga ancha yaqinlashgan boiadi (masofa yanvarda 146 million kilometrgacha kamayadi), yozda — uzoqlashib ketadi (masofa iyulda 151 million kilometrgacha cho‘ziladi). Demak, qish yoki yoz fasllari Yeming Quyoshga yaqin-uzoqligiga bog‘liq emas. Mavsumlar — Yeming Quyoshga nisbatan 23 yarim gradus oglb turishi natijasidir. Yerning qaysi pallasi (shimoliy yoki janubiy yarimshari) Quyosh tomonda ekanligiga qarab yoz yo qish bo`ladi.

•  Arktikaga doir Shimoli sharqiy olkil va Shimoli g‘arbiy o‘tkil tushunchalari bor. Shimoli sharqiy olkil deganda Rossiya Federatsiyasining shimoliy sohillari bo'ylab Murmanskdan to Bering bo‘g‘ozigacha kema yurishi tushuniladi. Uni qisqacha Shimoliy dengiz yo`li deb ataymiz.
Shimoli g‘arbiy o‘tkil deganda Amerika qit`asining shimoliy sohillari bo‘ylab Atlantika okeanidan Bering bo‘g‘ozigacha dengiz yo‘li tushuniladi.

• Har qanday davlatda hukumat idoralari poytaxtda joylashganini bilasiz. Biroq Filippinda bunday emas. Bu davlatning poytaxti Manila shahri hisoblanadi, ammo hukumat Keson-siti shahrida joylashgan. Niderlandiya poytaxti Amster­dam, hukumat qarorgohi esa Gaaga shahrida.

•  Atlantika okeanidagi Madeyra oroli uch marta «kashf» etilgan. V asrda karfagenliklar u yerga borib, «Chorva oroli» deb atashgan. VI asrda genuyaliklar qaytadan «kashf» etib, unga «0‘rmon orol» deb nom berdilar. Oradan qariyb 900 yil o‘tgach, XV asrda portugallar topgan orol Madeyra «o‘rmon» bo‘lib qoldi.

•  Antarktida va Grenlandiyadagi abadiy muzliklar eritilsa bormi, okeanlar sathi 60 metr ko‘tarilib ketadi. Oqibatda Yer yuzining 10 foiz qismi suv ostida qoladi.

•  Mavjud kitoblarda Indoneziyani «Uch ming orol mamlakati» deb atashadi. Aslida orollar soni 13 yarim mingga yetadi. Lekin shulardan 6 mingtasining nomi bor, 992 tasidagina odamlar yashaydi, xolos.

• Kosmik raketalarda parvoz eta turib, 24 soat mobaynida butun Yer yuzasini fotosuratga olish mumkin. Holbuki, bun­day ishni bajarish uchun kamida 1000 ta samolyot kun-u tun havoda tinmay uchib turishi kerak bo‘lar edi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.