O`qing! Bu qiziq ... 

4 108

 
3. Litosfera plitalari, ularning harakat yo‘nalishi va tezligi 

  • Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida yiliga 5 cm 
  • Janubiy Amerikaning g`arbiy qismida yiliga 6 cm 
  • Atlantika okeanining janubiy qismida yiliga 2 cm 
  • Afrikaning shimoliy qismida yiliga 1 cm 
  • Hind okeanining janubiy qismida yiliga 3 cm 
  • Hind okeanining janubi-sharqiy qismida yiliga 6 cm 
  • Yevrosiyoning janubiy qismida yiliga 4 cm 
  • Tinch okeanining shimoli-g`arbiy qismida yiliga 8 cm 
  • Tinch okeanining shimoli qismida yiliga 5 cm 
  • 4. Okeanlar ostida ikki qavat. Ya’ni faqat cho‘kindi jins qatlamlari va bazaltdan iborat. Istisno: 6-sinf darsligida bu ma’lumot 3 qavatdan iborat deb berilgan 
 
6. Seysmik so`zi yunoncha «seismos» — tebranish degan ma’noni anglatadi
7. Eng ko‘p vulqonlar va yer qimirlaydigan joylar litosfera plitalari tutashgan joylarga to‘gri keladi.
8. Eng yiriklari; Tinch okean «olov» halqasi, Alp—Himolay seysmik zonasi.
9. Yer po`stining harakatlari O`zbekiston 30 mln yil ilgari dengizdan iborat bo‘lgan. 
  • Yer yuzasidagi barcha baland-pastliklar — tog‘lar, tekislik, qir, vodiy, soylar va boshqalar relyef deb ataladi 
  • Yer po‘stida biror joy yorilsa, o‘sha hudud tagida bosim pasayib, chuqurdagi qaynoq moddalar suyuqlashib, suyuq jinsga aylanishi – magma deyiladi. 
  • Yer yuziga oqib chiqqan qaynoq suyuq modda lava deyiladi. 
  • Lava asta sovib, tepa va tog‘larning hosil qilishidan vulqonlar paydo bo`ladi. 
  • Issiq buloqlarda suv vaqt-vaqti bilan favvora kabi otilib turishi geyzer deb ataladi. 
  • O‘zbekistonning sharqiy, janubiy tog‘li, tog‘ oldi qismlari yer qimirlaydigan zonaga kiradi. 
  • Yer qimirlash boshlanadigan bu joy yer qimirlash o‘chog‘i — gipotsentr deyiladi. 
  • Yer qimirlash o‘chog‘i ustidagi joy yer qimirlash markazi — epitsentr deb yuritiladi. 
  • Yer qimirlash markazida eng ko‘p vayronagarchilik bo‘ladi. 
  • Yer qimirlash harakatlari— seysmograf yozib olinadi («seysmo» — yer qimirlash, «grafo»— yozaman) 
  • Seysmogramma - yer qimirlash yozib olingan qog‘o Birinchi seysmografni xitoylik munajjim Chjan Xen ixtiro etgan 
  • Hozirgi zamon seysmografini rus olimi B. B.Golitsin ixtiro qilgan. 
  • 40° sh. k . va 15° shq. u . – Vezuviy vulqoni joylashgan. 
11. Yer yuzi relyefining asosiy shakllari
  • Yerning ichki kuchlari - Yer yuzasining ayrim joylari ko‘tariladi, boshqa joylari cho‘kadi, Yer po‘sti yorilib, lavalar oqib chiqadi, vulqon tog‘lari, Yer qimirlashlar
  • Yerning tashqi kuchlari - suv, shamol, muzliklar, Quyosh nuri, organizmlar
  • Materiklar — Yer po‘stining ko‘tarilib qolgan eng yirik bo‘laklari.
  • Yer sharida 6 ta materik bor: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Antarktida
  • Okean va dengizlarda suvdan ko‘tarilib turgan va hamma tomondan suv o‘ragan kichikroq quruqliklar orollar deyiladi.
  • Grenlandiya, Yangi Gvineya, Kalimantan, Madagaskar eng katta orolla
  • Quruqlik uch tomondan suv bilan o‘ralib, faqat bir tomonidan katta quruqlik bilan tutashgan bo‘lsa, ular yarimorollar deb ataladi
  • Arabiston, Hindiston, Skandinaviya eng katta yarimorollar hisoblanadi
  • Dunyo okeani — materiklarni o‘rab turgan va bir-biri bilan tutashib ketgan suvli hudud. 
  • Dunyo okeani to‘rtta — Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlaridan iborat
  • Dunyo okeani Yer yuzining 71 foiz (%) ini, quruqlik 29 % ini egallagan.

Tuzuvchi: Nozimjon Azimov 
Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani
30-umumiy o`rta ta`lim maktabi 
geografiya fani o`qituvchisi 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.