Bilib qo`ygan yaxshi 

11 942

AQSHning federativ davlat tuzumi mamlakatning davlat bayrog`ida aks etgan bo`lib, bu bayroq mamlakat mustaqilligi e`lon qilingandan salgina keyin, 1776-yili tasdiqlangan. Bayroqning chap yuqori burchagida besh qirrali oq yulduzchalar tushurilgan havorang to`g`ri burchak joylashgan, bundagi yulduzchalar soni federatsiyaga kiruvchi shtatlar soniga to`g`ri keladi. Yulduzchalar soni shtatlar soning ortib borishiga qarab har doim ko`payib borgan. Bayroqqa 50-yulduzcha 1959-yili Gavayi orollariga shtat huquqi berilishi munosabati bilan tushirilgan. Bayroq matosining o`zi 13 ta oq-qizil yo`llardan iborat bo`lib, ular bir butun birlashgan dastlabki 13 ta shtatning ramziy belgisidir. 

Anqara - Turkiya Respublikasi poytaxti ekanligi ko`pchilikka ma`lum. "Karvonsaroy", "bekat" ma`nosidagi langar so`zi Anqara atamasining kelib chiqishiga sabab bo`lgan. 1923-yil 13-oktyabr kuni Turkiya poytaxti Istanbuldan Angoraga ko`chiriladi. 1930-yili Angora so`zi Anqara bilan almashtiriladi.

Sansktritcha bu so`z "qulay", "yaxshi o`tiladigan joy" degan ma`noni anglatib, Jakarta deb ataladi. Jakarta - 1945-yildan Indoneziyaning poytaxtidir. 1949-yilga qadar shahar nomi Bataviya deb atalgan. 

Fiji oroli aholisi metall pullarni og`izlariga olib yurishadi. Qadimdan u yerdagi tanga pullar bronzadan tayyorlangan. Fijiga boshqa metalldan yasalgan pullar o`z o`rnini topolmadi. Sababi esa oddiy - ularning ta`mi mahalliy aholiga yoqmagan edi.

Egey dengizidagi Kiklad orollari tarkibidagi Kilyulos oroli bor. Uning tuprog`i sovunsimon moddaga boy. Shuning uchun orol aholisi tuproqdan sovun o`rniga foydalanib turadi. Yomg`ir yog`sa bormi, Kilyulos oroli ko`rikka to`lib ketadi. 

204 ta turli mamlakatlar davlat bayroqlarining 20 tasiga hayvonlar tasviri mavjud. Ayniqsa, sher va burgut tasviri ko`p uchraydi. Ba`zida esa, bayroqlarga faunaning ikki vakili aks ettiriladi. Jumladan, Meksika bayrog`iga tumshug`iga ilonni ushlab turgan burgut tasvirlangan.

Xitoy - Xitoy Xalq Respublikasi. Nomi mamlakatning shimolidagi kidan qabilasi nomidan olingan bo`lib, bizga Xumo, Xitoy shakliga talaffuz etish va yozish odat tusiga kirgan. Mamlakatning ayrim qismlari Chin, Chin-Mochin, Tabg`och ham deyilgan. G`arbiy Yevropaga Xina, Shina, Chayna nomi bilan yuritiladi. Xitoy Xalq Respublikasini mahalliy aholi Chjunxua Jenmin Gungxego deb ataydi. 1949-yilning 21-sentyabrida Mao Sze Dun Xitoy Xalq Respublikasi tuzilganligini ma`lum qilgan.

Yangi Zelandiya - Avstraliyaning sharqidagi qo`sh orolda joylashgan davlat. Sayyoh Abel Tasman bu yerni Gollandiya viloyati Zelandiyaga qaram yer, Yangi Zelandiya deb atagan. Mahalliy aholi orasida bu orol "titroq yer", "kivi o`lkasi", "uzunchoq oq bulut" deb ham yuritiladi. Yangi Zelandiya ayollarga saylash huquqini bergan birinchi mamlakat hisoblanadi. 

Dunyo okeanidagi eng katta oqim Antarktida materigini aylanib oquvchi oqim, uning eni 1300 kilometr bo`lib, materikni bir marta to`liq aylanib chiqishi uchun 16 yil kerak bo`ladi.

Belgiyadagi har bir fuqaroga 1 mildan temir yo`l va 0,5 mil kvadrat yer maydoni to`g`ri keladi. Mazkur davlat 1836-yil 4-oktyabr kuni Gollandiyadan ajratilib, mustaqil deb e`lon qilingan. 

Paragvay – Janubiy Amerikadagi davlat. Guarani tilida Paraguay – "azim daryo” demakdir. Paragvay – Janubiy Amerikadagi rasman ikki til (ispan va guarani) foydalaniladigan yagona va Ispaniyadan mustaqillikka erishgan ilk mamlakat hisoblanadi.

Kanadaning ramziy timsoli sifatida qunduz 1975-yil 24-martda belgilangan. Mamlakat nomi taino qabilasi tilida "Cubanacan” ("markaziy yer”) degan ma`noni anglatadi. Kanada maydoniga ko`ra Xitoydan katta, Xitoy maydoni esa AQSHdan katta.
Braziliya – Janubiy Amerikadagi davlat. Lotincha – brazil – "baxtli”, "ajoyib” so`zlaridan kelib chiqqan. O`rta asr Yevropasi xaritalarida ayni shu nom bilan yuritilgan. Braziliya yillik daromadining 3 foizi futbolchilarni chet elga sotishdan keladi. Braziliya qattiq yog`ochli daraxtlar zahirasi bo`yicha birinchi o`rinda turadi.
Har yili 3-fevral kuni Yaponiyada "loviya sochish tuni” nishonlanadi. Bunda har bir oila a`zosi necha yoshga kirgan bo`lsa shuncha dona loviyani olib, ko`chaga sochadi. Bu oilaga baxt olib keladi, deya ishonishadi. 
Vatikanda 1983-yili bironta ham tug`ilish qayd etilmagan. Bu mitti davlat 1929-yil 7-iyunda Rim papasi Piy XI va Mussolini hokimiyati "Lyuteran kelishuvi” nomli qaror qabul qilishi natijasida vujudga kelgan.
G`arbiy Afrikada joylashgan Kamerun davlatining nomi shu yerdagi daryoning portugalcha "rio dos kamaroes” – "qisqichbaqalar daryosi” deb atalishi sabab paydo bo`lgan.
Qadimgi Misrda qiziq bir odat bo`lgan. Oyoq kiyimlari ostida dushmanning rasmini chizishgan va natijada har kuni yoqtirmagan odamlar "oyoq osti” qilingan.
Efiopiya poytaxti hisoblanmish Addis-Abeba amxara tilida "bahor guli” yoki "yangi gul” ma`nolarini bildirar ekan. Shaharga 1887-yili asos solingan. 1889-yildan buyon Efiopiya poytaxti hisoblanadi. 

Rim – Italiya poytaxti. Asl nomi Rumo – hozirgi Tibr daryosi nomidan olingan. Rim – "abadiy shahar” iborasi uning yasama nomi. Uni "Bo`ri emizib o`stirgan bolalar Romul va Rem – miloddan 750 yil ilgari bunyod etgan” degan afsona ham mavjud. 1870-yil 2-oktyabrdan Rim birlashgan Italiya qirolligi, 1946-yildan Italiya Respublikasi poytaxti.
Janubiy Amerikadagi Argentina davlati XVI asr o`rtalarida bu yerga kelgan ispan bosqinchilari mahalliy aholi – hindular qo`lida kumushsimon buyum ko`rishib, "Kumushli” (La-Plata) daryosiga mengzab atagan davlatning 1826-yilda o`zgartirilgan nomi. Bu nom lotincha argentums (kumush) so`zidan olingan.
Braziliyadagi qabilalardan birining sardori o`limi kunini o`zi belgilar ekan. Qabila oqsoqollari uni dengiz bo`yiga olib borishadi va ko`zlarini bog`lab bir hovuch o`rtacha kattalikdagi dengiz toshchalarini olishni buyurishadi. Nomzod nechta toshcha olgan bo`lsa, shuncha yil hukmronlik qilishi mumkin bo`ladi. Vaqti-soati yetgach, unga zahar solingan idishni tutqazishadi. Uning o`rinbosarini esa ayni shu vaqtda dengiz bo`yiga olib borishadi.

Amsterdam, golland tilida amstel dam – "Amstel daryosidagi gumbaz” degan ma`noni anglatadi. Birinchi marta 1275-yili tilga olingan bu shahar yirik post shahar hisoblanadi. 1806-yildan Niderlandi poytaxti maqomi berilgan.
Santo-Domingo – Dominikana Respublikasining poytaxti. Ispancha santo – "muqaddas”, domingo – "yakshanba”, ya`ni dam olish kuni demakdir. Shagada 1496-yili ispanlar Yangi Izabella nomi bilan asos slogan. 1844-yildan Dominikana Respublikasi poytaxti.

Janubiy Afrikada yashovchi gerero qabilasida egizak farzand tug`ilgan oila muqaddas sanaladi.

Lagos – 1960-yil oktyabrdan Afrikadagi Nigeriya davlatining poytaxti hisoblanadi. Laguna (qo`ltiqcha) ichkarisida joylashganligi uchun XV asr oxirida kelgan portugal sayyohlari uni shnday atashgan.

Filippin davlati poytaxti Manila bo`lib, mahalliy tilde "nilzor” degan ma`noni anglatadi. Ma`lumki, nil-nila hindi so`zi bo`lib, indigo daraxti, ko`k bo`yoq olinadigan daraxt demakdir.

Vengriyaning bosh shahri – Pesht 1872-yili Buda shahri bilan birlashishi natijasida Budapesht yuzaga kelgan. 1878-yildan Vengriya Respublikasi poytaxti.

Eng katta orol Grenlandiya hisoblanib, yer maydoni 2 175 600 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Orolni 1576-yil 11-iyulda M.Frobisher boshchiligidagi ekspeditsiya ochdi.

Marianna orollari Tinch okeanining g`arbiy qismida joylashgan. 1521-yilda Magellan kashf etgan. Hozir ham 1668-yilda berilgan nom bilan yuritiladi. Ispaniya qiroli Filipp IV ning rafiqasi avstriyalik Mariya ismi bilan atalgan.
Antarktida haqidagi shartnoma 1961-yil 23-iyundan kuchga kirdi. Unga ko`ra, Antarktida qurol-yarog`dan butunlay toza hudud bo`lib, Janubiy qutb dunyoning barcha mamlakatlari olimlari uchun tadqiqotlarga ochiq deb e`lon qilindi.
Atlantika okeanidagi Madeyra oroli uch marta "kashf” etilgan. V asrda karfagenliklar u yerga borib, "Chorva oroli” deb atashgan. VI asrda genuyaliklar qaytadan "kashf” etib, unga "O`rmon orol” deb nom berdilar. Oradan qariyb 900 yil o`tgach, XV asrda portugallar topgan orol Madeyra – "O`rmon” bo`lib qoldi. 

Kosmik raketalarda parvoz eta turib, 24 soat mobaynida butun Yer yuzasini fotosuratga olish mumkin. Holbuki, bunday ishni bajarish uchun kamida 1000 ta samolyot kun-u tun havoda tinmay uchib turishi kerak bo`lar edi.

"Yer aylana turib, quyoshga yaqinroq kelsa – yoz, uzoqlashsa – qish bo`ladi” demang. Aksincha, qishda Yer quyoshga ancha yaqinlashgan bo`ladi (masofayanvar oyida 146 million kilometrgacha kamayadi), yozda – uzoqlashib ketadi (masofa iyul oyida 151 million kilometrgacha cho`ziladi). Demak, qish yoki yoz fasllari Yerning quyoshga nisbatan uzoq-yaqinligiga bog`liq emas. Mavsumlar – Yerning quyoshga nisbatan 23 yarim daraja og`ib turishi natijasidir. Yerning qaysi pallasi (shimol yoki janubiy yarimshari) Quyosh tomonda ekanligiga qarab, yoz yoki qish bo`ladi.
Mavjud kitoblarda Indoneziyani "Uch ming orol mamlakati” deb atashadi. Aslida orollar soni 13 yarim mingga yetadi. Lekin shulardan 6 mingtasining nomi bor, 992 tasidagina odamlar yashaydi, xolos. 
Arktikaga doir shimoli-sharqiy o`tkil va shimoli-g`arbiy o`tkil tushunchalari bor. Shimoli-sharqiy o`tkil deganda, Rossiya Federatsiyasining shimoliy sohillari bo`ylab Murmanskdan to Bering bo`g`ozigacha kema yurishi tushuniladi, uni qisqacha Shimoliy dengiz yo`li deb ataymiz.
Antarktida va Grenlandiyadagi abadiy muzliklar eritilsa bormi, okeanlar sathi 60 metr ko`tarilib ketadi, oqibatda Yer yuzining 10 foiz qismi suv ostida qoladi.

Xorvatiya Respublikasi poytaxti Zagreb shahri hisoblanadi. Rivoyatlarga ko`ra, buloqdan suv olinadigan joy, "zagrebat” so`zidan yasalgan. Boshqa taxminga ko`ra, eski xorvat tilida Zagreb ko`tarma "do`ng”, "qo`rg`on” ma`nosida bo`lgan.
Bolgariya davlati poytaxti – Sofiya shahridir. Qadimda yunonlar bu slavyan shahrini egallagach, bibi Sofiya ibodatxonasini qurganlar, shahar ham Sofiya deb atalgan. Grekcha sofis – "oqil”, "dono” degani. Milodiy birinchi asrda Serdika nomi bilan vujudga kelgan. 1879-yil 3-apreldan Bolgariyaning poytaxtidir. 
Uylarni rasmiylashtirish ilk bor 1764-yili Buyuk Britaniya davlati poytaxti Londonda joriy etilgan. Ungacha kerakli manzil shu uy egasining ismi-sharifi orqali izlanardi. Qadim zamonlardagi rimliklar II asrda bu yerlarni egallab olgach, ko`lob-halqob yerda qo`rg`on qurganlar va uni Londin – "Botqoqlikdagi qal`a” deb ataganlar. Buyuk Britaniyalik olim P.Pinkinning fikricha London so`zining lug`aviy ma`nosi Londo, ya`ni yirtqich deganidir. 
Afrikadagi Sudan davlati poytaxti Xartum shahridir. Ilgari Angliya - Misr Sudani deb atalgan. Oq Nil bilan Ko`k Nil qo`shilgan yerdagi fil xartumiga o`xshash yarimorol Ros al-Xartum – "Xartum bo`roni” deb atalar edi. Shu yerda barpo etilgan shaharga Xartum nomi berilgan. Unga XIX asrning 20-yillarida asos solingan. 1956-yil 1-yanvardan Sudan Respublikasi poytaxti. Aholisi qora tanlilar bo`lganligi sababli mamlakat nomi sudan - "qora" (tanli) lar so`zidan kelib chiqqan.
Dunyodagi eng baland ko`prik – Fransio-Miyo ko`prigi. Uning eng yuqori nuqtasi yerdan 343 metr balandlikda turadi. Bu esa mashhur Eyfel minorasidan ham baland demakdir. Qizig`i shundaki, bu ko`prikni ham Eyfel minorasini qurgan kompaniya 2004-yilda loyihalashtirgan. Ko`prik ishga tushgandan so`ng, parijliklar eng arzon narx va tez fursatda O`rta dengizga chiqish hamda Ispaniyaga boorish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Ko`prinking kengligi 32 metr, 4 yo`nalish bo`yicha qatnov amalga oshiriladi. Kuniga bu yerdan 10 mingdan 25 mingtagacha avtomobil o`tadi. 

Misrda avtomobilni 6 metr oldinga, 6 metr orqaga hayday olsangiz, avtomobil haydash guvohnomasini olishingiz mumkin. Dunyodagi eng baland osma ko`prik ham shu yerda joylashgan bo`lib, u 2001-yil 9-oktyabrda bunyod etilgan. Bu davlatning o`zi esa qadimda Misr emas, balki Ta Kelit deb nomlangan. 
Yamayka – Markaziy Amerikadagi davlat. Hindular (aravak qabilalari) tilida xamaka – "buloqlar oroli” ma`nosini anglatadi. Yamayka 1959-yil 4-iyul kuni o`zini-o`zi boshqarish huquqiga ega bo`lgan. 

Saudiya Arabistoni – G`arbiy Osiyodagi davlat. Arabiston yarimorolidagi Hijoz, Najd va Asir yerlarini 926-yilda yagona davlatga birlashtirgan ibn Saud nomi bilan, "Saud yeri” – "Saudiya” deb atalgan. Saudiya Arabistoni OPEKka a`zo davlatlar ishlab chiqaradigan neftning asosiy qismini yetkazib beradi. Mamlakat neft zahirasi butun dunyo neft zahirasining 20-25 foizini tashkil etadi. Saudiya Arabistonida birorta ham daryo yo`q. Bu davlat chuchuk suvni Filippindan sotib oladi. 
Singapur – Janubi-sharqiy Osiyodagi orol, shahar va kichik davlat. Hindcha singa – "Sher shahri”, "Sherkent” degan ma`nolarni anglatadi. Maydoni 620 km.kv bo`lib, Moskva shahri maydonining 2/3 qismini egallaydi. Bu davlat maydoni uzunasiga 42 km.ga, eniga 22 km.ga teng. Singapurning rasmiy tillari 4 ta: tamil, xitoy, malay va ingliz. Singapurdagi har qanday fuqaro 20 dollar evaziga o`zining surati tushirilgan pochta tushirilgan pochta markasini chiqarishi mumkin. Bu markalarni convert yoki banderollarga yopishtirib ishlatishga ruxsat berilgan.

Har qanday davlatda hukumat qarorlari poytaxtda joylashganini bilasiz. Biroq Filippinda bunday emas. Bu davlatning poytaxti Manila shahri hisoblanadi, ammo hukumat Kisonsiti shahrida joylashgan. Niderlandiya poytaxti Amsterdam, hukumat qarorgohi esa Gaaga shahrida. 
Istanbul – Turkiyaning yirik port shahri. Qadimgi Vizantiya, Konstantinopol, Tsargrad. Shaharga kirmoqchi bo`lgan greklar turk chegarachilariga: "Is tin polis” (shahar ichiga borayapmiz) deb javob berishgan va bu jumla shahar nomi bo`lib qolishiga sabab bo`lgan. 1918-yil-1923-yillarda Turkiya poytaxti bo`lgan.

Milliondan ziyod aholisi bo`lgan, dengiz sathidan eng yuqorida joylashgan shahar kolumbiyaning poytaxti Bogota hisoblanadi. U dengiz sathidan 2650 metr yuqorida bo`lib, ikkinchi o`rinda Meksika poytaxti – Mexiko (dengiz sathidan 2200 metr balandlikda) turadi. 
Ashgabat – ko`pchilikning ta`biricha, ishq, oshiq so`zi bilan bog`liq bo`lib, "oshiqlar shahri”, "havas qiladigan joy” demakdir. 1924-yildan Turkmaniston poytaxti.
Hindiston – Sharq manbalarida qisqacha Hind yozilgan. Mamlakatning o`zi esa Hiindiston deyiladi va yoziladi. Bu nom sindhu, ya`ni "daryo” so`zidan kelib chiqqan, chunki Hind daryosi Sindhu deb atalgan. Yerli xalq tilida s tovushi h tovushi bilan yaqinligi sababli sindhu so`zi hinduga aylangan.
Iroq poytaxti Bag`dodning asl ma`nosi "Ollohning tuhfasi” deganidir. Ulug`lab aytilganida Dorrussalom – "Tinchlik uyi” demakdir. 762-yili asos solingan shahar 1921-yildan Iroq poytaxti sanaladi. 
Brest – Belorussiyadagi shahar. Slavyancha beresta – "oq qayin po`stlog`i” degan ma`noni anglatadi. Bunday po`stloq xo`jalikda ishlatilgan. Hunarmandlar undan savat, quticha, g`ilof, chipta, kovush (lapti), bitiklar, idish-tovoq, sibizg`a yasashgan. Po`stloq yengil va pishiq bo`ladi. 
Vaguka qabilasida salomlashish oson emas. Ular engashib o`ng qo`li bilan bir siqim tuproq olib, uning bir qismini chap yelkasidan orqasiga otadi va shu qo`li bilan oshqozonining o`ng tomonini ishqalaydi. Shu vaqtning o`zida chap qo`li ham xuddi shunday harakatlarni amalga oshiradi. Bizda esa … odiygina qilib qo`llarimizni berib ko`rishamiz. 
Reykyavik – Islandiyaning poytaxti. Islandcha reykya – "bug`”, "tutun”, vik – "qo`ltiqcha”, "qishloq” ya`ni qaynar buloqlar ko`pligidan bug` otilib turadigan joy demakdir. Unga 874-yilda Islandiyaga ko`chib brogan norveglar asos slogan va 1786-yili shahar huquqini olgan. 

Tripoli -  Liviyaning poytaxti. Arabcha Tarablis al-g`arb (Livanda yan bir Tripoli, Tarablus ash-sharq bor) va grekcha tripolis – "uch shahar” so`zlaridan olingan. Hozirgi shahar shu yerdagi uchta kichik shaharcha o`rnida bunyod etilgan. 
Barbados – Markaziy Amerikadagi orollarda joylashgan davlat. Portugal tadqiqotchisi Pedro a Kampos tomonidan "Los Barbados” – "soqollilar” deb atalgan. Oroldagi palmalarning ko`rinishi unga soqolni eslatgan va shu bois bu joyga shunday nom bergan. 
Fransiya – "Franklar mamlakati” degan so`z. German qabilalariga mansub franklar V asrda shu yerda o`rnashib qolgan. Fransiyaga har yili 75 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. U jahondagi eng ko`p sayyoh qabul qiladigan davlatdir. Bu davlat 1793-yil 24-iyunda Respublika deb e`lon qilingan. 
1707-yil 1-may kuni Angliya, Shotlandiya va Uels Buyuk Britaniyani hosil qilishdi. Buyuk Britaniyaning Konstitutsiyasi yo`q. Aholisining 80 foizidan ko`prog`i Angliyada yashaydi.
Papayya (Qovun daraxti) deb ataladigan doim yashil mevali daraxt. Afrika va Janubiy-Sharqiy Osiyoda ko`p tarqalgan. Tez o`sadi, balandligi 4-7 metr, sovuqqa chidamsiz, uzoq yashaydi. Mevasi (iste`mol qilinadi) sariq turda, o`g`irligi 3-6 kilogramm, uzunligi 30 sm, qovunga o`xshaydi (nomi shundan).

Konfet daraxti to`g`risida eshitganmisiz? Eshitmagan bo`lsangiz, quloq tuting. Uning vatani – Yaponiya. Bunday daraxt Koreyada yovvoyi holda o`sadi, shuningdek, Qrim, Kavkaz va O`rta Osiyoda o`stiriladi. Haqiqatan ham chilonjiydalar oilasiga mansub bo`lgan bu mevali daraxtning etli etli meva bandiga shirinlik sifatida 20-23 foiz, quritilganida 47 foizgacha qand bor. Guli serasal. Shuningdek, daraxt yog`ochi mebel va musiqa asboblarini tayyorlashda ishlatiladi. 

Olimlarning ta`ridlashicha, Tinch okeani kelajakda ikkiga bo`linishi mumkin. Okeanning litosfera qatlamida ro`y berayotgan tektonik jarayonlarni kuzatish natijasida so`nggi yetti million yil ichida bu qatlam ikkiga bo`lingani aniqlangan. Tinch okeani tubiga uni ikki qismga ajratishga qodir tog` tizmasi hosil bo`lgan.
XX asrda sanoatning gurkirab rivojlanishi va chuchuk suvning me`yoridan ortiq ishlatilishi, uning sanoat chiqindilari va ovqatlar bilan ifloslanishi, o`tmishdagiga nisbatan suvdan suvdan oltmish barobar ko`proq foydalanilishi ichimlik suvi yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Aytaylik, sellyuloza sanoatiga bir tonna qog`oz tayyorlashga 250 tonna suv kerak bo`larkan. Ammo suv zahirasi chagaralangan. Olimlar hisobiga ko`ra, barcha suvning 2,8 foizigina chuchuk, uning 2,15 miqdori muzliklar hamda 0,635 qismi daryo, ko`l va yer osti suvlaridir.

Qog`oz daraxti  Sharqiy Osiyoda va Polineziyada o`sadi. Bu daraxtning vatani Yaponiya va Xitoy. Bo`yi 5-16 metrgacha, asosan qog`oz tayyorlashda ishlatiladi. Po`stlog`idan a`lo sifatli qog`oz (qog`oz pullar, qimmatli qog`ozlar va boshqalar) ishlab chiqariladi. Mahalliy xalq undan esa kiyim-kechak va arqon tayyorlaydi. Qrim, Kavkaz va O`rta Osiyoda ham o`stiriladi. 
Afrika qit`asi o`rtasida Kongo daryosi yuqori oqimining o`ng irmoqlari havzasida dunyodagi eng mitti kishilar – pigmeylar hayot kechiradilar. Ularning bo`ylari 120-145 sm.ga teng. Bu mitti kishilarning vatani tropic o`rmonlardir. Pigmeylar ovchilik hamda yeyish uchun yaroqli o`simliklarni yig`ish bilan shug`ullanadilar. Ular ajoyib ovchilar ham. O`z mahoratlarini qo`shni xalqlarga ham o`rgatadilar. Ular ovga jamoa bo`lib chiqadilar. Qurollari nayza va to`r. To`rlarining uzunligi 100 metrgacha boradi. Pigmeylar ko`pchilik bo`lib Afrikani yirik hayvoni fillarni ham ovlaydilar.
Har yili Yer sharida 20 mln. gektarga yaqin yerlarni qumli sahrolar egallab olmoqda, chuchuk suv zahirasi esa sayyoramizda shu darajada kamki, u har 100 litr umumiy suv zahirasidan bor-yog`i 3 litrni tashkil qiladi, xolos. 
Agarda insonlar uchun oziq-ovqat, chorva mollari uchun esa ozuqa sifatida okean va dengiz o`simliklaridan foydalanilsa, ular bemalol 290 mlrd. Kishiga yetishi mumkin. 
Muzning harorati hamma joyda bir xilda emas ekan. "O`ta sovuq” muzlar (harorati taxminan -60 daraja atrofida) Antarkida muzliklari hisoblanadi. Grenlandiya orolidagi muzliklar "sovuq” (-28 daraja atrofida) iliq muzlar (taxminan 0 daraja atrofida) Alp va Skandinaviya tog`larida joylashgan muzlarning suvoqligiga qarab ularni iqlimning isishiga niqbatan bardoshli yoki bardoshsiz deya tavsiflanadi va atrof-muhit o`zgarishi bashoratlanadi. 
Shimoliy qutb janubiy qutbga qaraganda iliqroq ekan. Chunki shimoliy qutb janubiy qutbga nisbatan bir hafta ko`proq quyosh nuridan bahramand bo`ladi. Undan tashqari, shimoliy qutb barcha tomondan materiklar bilan o`ralganligi uchun ham yoz oylarida ulardan anchagina issiqlik o`tib turadi. Yana shimoliy qutb dengiz sathida tursa, janubiy qutb esa dengiz sathidan 3 km balandlikkacha ko`tarilib boradi. Shimoliy qutbga iliq Golfstrim oqimining bir qismi yetib keladi.
Shimoliy Amerikada bir suveren davlat bor. AQSh o`sha davlatning ma`lum bir qismini muddatsiz ijaraga olgan. Shu bois mamlakatning o`sha hududiga AQSh prezidenti tomonidan gubernator saylanadi. Ma`muriy markazi – Bal`bao-Xayts shahri. Bu qaysi davlat?
- Bu Panama davlati. AQSh – Panama shartomasiga binoan Panama kanali o`tgan qismini ijaraga olgan. Siyosiy, iqtisodiy va harbiy nazorat o`rnatgan. 

1982-yil Xitoyda e`lon qilingan xabar, na iqtisodiyotga, na fanga, na madaniyatga katta naf keltirdi. Ammo bir zumda bu olam-shumul voqea dunyoga tarqaldi. Bu qanday xushxabar edi?
- 1982-yil 16-aprel kuni Xitoy aholisi soni 1 milliardga etdi. 


"Maktabda geografiya" jurnalidan olindi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1