O`qing! Bu qiziq... 

10 835

 1. Xorijiy davlatlar orasida maydonining kattaligiga ko`ra ikkinchi o`rindagi davlat Kanada. Uning janubiy chegarasi Rim kengligiga to`g`ri keladi, Shimoliy arxipelagi orollardan Shimoliy qutbgacha bo`lgan masofa atiga 700 km. Kanada gerbida (tamg`asida) "Dendizdan dengizgacha” deb yozilgan lenta bor, uning bayrog`idagi qizil rangli ikki yoni ham shuning timsolidir. Avstraliya bayrog`dagi moviy rang ham bu materik davlatni o`rab olgan okean timsolidir.

 2. Neft sotishdan keladigan dollarlar hisobiga arab mamlakatlarining boshqaruvchi amaldorlari ayniqsa boyib ketishdi. Chunonchi, Bruniy sultoni, nomini to`liq aytganda Muda Hasanal Bo`lqiyoh Mo`zaddin Vadaullox dunyodagi eng boy kishi hisoblanadi.

 3. Hamkorlikdagi 15 ta mamlakatda davlatning rasmiy boshlig`i deb Buyuk Britaniya qirolichasi hisoblanadi, u mamlakatlardagi general-gubernatorni tayinlaydi. Buyuk Britaniyaning sobiq dominionlari – Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada shunday. Ilgari bu mamlakatlarda "Angliya onasi” iborasidan, shu jumladan "Ey xudo qirolichani saqlagin” degan madhiya foydalanilar edi. Endi Kanada va Avstraliyaning o`z madhiyalari bor. U "Oh, Kanada” va "Olg`a, go`zal Avstraliya” deb boshlanadi.

  4. Har yili noyabr oyida London shahrida eng katta tantana va dabdaba bilan o`tadigan an’anaviy marosimlardan biri – qirolichaning o`z qarorgohi – Bukingem saroyidan parlament binosi – Vestminsterga podshoh nutqini so`zlash uchun ko`chib o`tishidir. Bu tantanada qirolichaning olti juft oq ot qo`shilgan zarhar faytonini o`rta asr libosini kiyib olgan otliq gvardiya eskadroni boshlab boradi; Otliq gvardiya eniga Vaterloo jangi zamonidagi tantanavor harbiy anjom kiyib oladi.

  5. Yaponiyaning davlat tuzumi 1947-yilda konstitutsiya qabul qilinguniga qadar mutlaq monarxiya bo`lib, monarxiya qonunlari imperatorga cheklanmagan hokimiyat berib, ilohiylashtirar edi. 1947-yilda mutloq monarxiya bekor qilindi, biroq mamlakatda saqlanib qolgan an’anaga ko`ra bu yerdagi yil hisob (sana)larning biri navbatdagi imperatorning davlat boshiga kelishidan boshlanadi. Taxtga 1989-yil boshida imperator Akixito kelishi munosabati bilan bog`liq yangi yil hisobi "Xeysey” deb atala boshlanadi. "Xeysey”- "Butun dunyoda, yerda va osmonda tinchlikni barqaror toptirish” demakdir. 
 
  6. O`rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida -50 C sovuq kuzatilgan. Yozi esa juda issiq. Termizda harorat + 50 C, Qoraqumda + 54 C ga yetgani kuzatilgan. 

  7. Yaqinda Amerkalik geograflar kosmik rasmlarni o`rganib quruqlikning 48 mln.km.kv yerida inson xo`jaligi faoliyati ta`sirining hech qanday asari yo`q degan xulosaga keldilar. Shimoliy Amerika hududining 38 % dan, MDHning 34% ida, xorijiy Osiyoda 14 % ida, Xorijiy Yevropada 3%ida inson faoliyati izlari kuzatilmaydi. Antarktidada amalda hamma joyda inson faoliyati ta`sir etmagan.

  8. Kishilar o`rta asrlarda Yer bag`ridan faqat 18 xil kimyoviy element va ularning birikmalarini olgan bo`lsa, XVII asrda 25 ta, XVIII asrda 29 ta, XIX asrda 47 ta, XX asr boshida 54 ta, XX asrning ikkinchi yarimida 80 ta kimyoviy element va uning birikmalarini olib ishlatiladigan bo`ldi.

  9. Cho`llanish jarayoni soatiga 7 km.kv tezlik bilan ro`y bermoqda, ya`ni yiliga 6.9 mln gektar yer cho`lga aylanmoqda. Bundan tashqari cho`l va chalacho`l mintaqalarida har yili 20 mln gektardan ortiq yer holati keskin o`zgarmoqda.

  10. Niderlandiya chuchuk suvni Norvegiyadan, Saudiya Arabistoni Filippindan, Gonkong Xitoydan, Singapur Malayziyadan keltiradi. Suvni suv quvurlari orqali Grenlandiya va Antarktidadan Yevropaga, Amazonka etaklaridan Afrikaga keltirish loyihalari mavjud.
 
  11. O`rtacha kattalikdagi aysberglarni (uzunligi 1000 m, eni 600 m, balandligi 300 m) tortib olib kelishning texnik loyihalari ishlab chiqilgan. Buninig uchun 5-6 ta shatakchi kema kerak bo`ladi. Aysberglar ustuni qayishqoq material bilan o`rash ularni erib ketishdan saqlaydi. Tortib olib kelayotganda aysberg erib ancha qismini yo`qotsa ham baribir iqtisodiy jihatdan o`zini oqlar ekan. Aysberglar olib boriladigan joylarda ularning erishi taxminan bir yilcha davom etishi mumkin.
 
 12. O`rta asrlarda yelkanli bitta harbiy kema yasash uchun 400 dan ortiq eman daraxtini kesish kerak edi. XV asrda yengilmas harbiy dengiz flotini Ispaniya yarim milliondan ortiq eman daraxtini kesish evaziga bunyod etgan. XIX asr o`rtalarida yog`ochdan 4,5-5 ming xil mahsulot olingan, hozir esa yog`ochdan 20 ming xildan ortiq mahsulot ishlanadi.
       
 13. 80-yillarda har yili 11 mln.gektardan ortiq tropik o`rmon qirqilgan va 4,5 mln.gektar yerda daraxtlar tanlab kesilgan. Har daqiqada tropik o`rmonlardan 14-15 gektari qirqilib bormoqda.
       
  14. Yerdagi har bir kishi uchun o`rta hisobda taxminan 270 mln.m.kub dengiz suvi to`g`ri keladi. Buncha suv Moskva daryosidagi Mojayiskaya dengizi kabi suv omborlarining 7 tasiga to`g`ri keladi.
 
 15. 70-80-yillarda fidoyi ishbilarmonlar eng yangi texnika yordamida Florida bo`g`ozida Ispaniyaning 1622-yilda cho`kkan "Atoga” va "Santa-Margaritta” kemalarining qoldiqlarini topishdi. Ulardan juda ko`p miqdorda quyma oltin va kumush, tangalar va yoqutlar chiqarib olishdi.

 16. Dunyo okeani tagidagi temir marganes qotishmalari XIX asrining 70-yillaridayoq inglizlarning "Chellenjer” ilmiy tadqiqot kemasida aniqlangan. Temir marganes qotishmalari hamma okeanlarda tekshirildi, lekin ular Tinch okeanida eng katta (16 mln.km.kv) maydonni egallagan. Ularniung umumiy zaxirasi 3 trln.tonna olish mumkin bo`lgani esa 0,5 trln. tonna. Qotishmalarni qazib olish dastlabki tajribasi AQSH tomonidan Gavayi orollari yaqinida o`tkazildi.

 17. Dunyo okeanida kit ovlash kasbi 1868-yilda paydo bo`lgan va hozirga qadar hamma tur kitlardan 2 mln.dan ortig`i ov qilingan. 1962-yili kit ovlashda eng samarador yil bo`ldi – 66 ming kit ovlandi. Tabiiy tiklanishdan ortib ketadigan bunday ov kitlar sonining keskin kamayishiga olib keldi. Faqat kit ovlash bo`yicha Xalqaro komissiya joriy etilgan kit ovlashni qattiq chegaralash ancha oqilona xo`jalik yuritishga imkon berdi. Kit ovlash dastlab chegaralandi va 1982-yildan boshlab amalda man etildi.

  18. Dunyoda 2,5 ming dan oritq yirik qo`riqxonalar,rezervadlar,tabiiy va milliy bog`lar bor,ularning maydoni 4 mln. km. kv dan ortiq,yerning 2,7 %  maydonini egallagan. Maydoniga ko`ra eng yirik milliy bog`lar Grenlandiya,Botsvana,Kanada va Mo`g`iliston va Alyaskada joylashgan.

  19. 1273-yil Angliya qiroli Eduard I e`lon qilgan edikt (qonun)ni tabiatni muhofaza qilishdagi birinchi qonun deb hisoblash mumkin. Bu qonunda Londonda turar joylarda toshko`mirdan foydalanish man etilgan. O`sha vaqtdagi odatga ko`ra bu qonunni buzganlarga o`lim jazosi joriy qilingan. 1338-yili Eduard III qirolligi vaqtida parlament axlatni Temza daryosiga tashlashni man etgan qonunni qabul qilgan. XV asrda Fransiya qiroli ham Sena daryosiga axlat tashlashni man etgan farmon chiqargan. Pyotr I farmoniga ko`ra Neva daryosiga axlat tashlagan har bir kishi jazolangan.

  20. Amerika olimlari 80-yillarning boshida Tinch okeanining faqat shimoliy qismida millionlab plastik xaltachalar, 35 mln. va 70 mln. shisha butilkalar, plastmassadan yasalgan turli buyumlar, 5 mln. turli eski poyabzallar suzib yurganini aniqlashgan.
       
  21. Norvegiyalik mashhur olim va sayyoh Tur Xeyerdal 1947-yilda "Kon-Tiki” solida Tinch okeani orqali suzganda o`z yo`lida hech qanday ifloslovchi modda ko`rmagan. 1969-yilda "Ra” nomli yelkanli qayiqda Atlantika okeanini suzib o`tganda okeanning hatto o`rta qismida 1400 mil masofada suv yuzasida neft pardasini ko`rganini aytadi. Neft o`tkir xid tarqatib yotardi.
 
  22. Afina Akropoli keyingi o`n yilliklarda oldingi ming yilliklarga qaraganda ko`proq buzildi. Bu gap Misrdan Londonga yuz yil olib kelingan malika Kleopatra yodgorligiga ham tegishlidir. Kyoln sobori keyingi o`n yilliklarda qurilgandan keyingi yuz yilliklardagiga qaraganda ko`proq zararlandi.
       
  23. Hozirgi vaqtda dunyoda aholi ro`yxati o`tkazilmagan (Omon bilan Qatarni istisno qilganda) mamlakat qolmagan. 1975-1984-yillarda (bu yillarni BMT aholi ro`yxati o`tkaziladigan o`n yillik deb e`lon qilingan) 191 mamlakat va hududda kamida bir marta aholi ro`yxati o`tkazildi: bunda dunyo aholisining 95%i qamrab olindi. 
     
 24. Demograf-ma`lumotchilar hisobiga ko`ra, butun insoniyat tarixi davomida 80 mlrd.dan ortiq odam tug`ilgan. Shu jumladan miloddan avvalgi 40 ming yilda 4 mlrd.kishi, milod boshidan 1750-yilgacha 61 mlrd.kishi va 1750-yildan 1990-yilgacha 15 mlrd.dan ortiq odam dunyoga kelgan.

 25. Dunyoda har yili 140 mln.bola tug`iladi. Binobarn, har sekuntda 3 bola, har daqiqada 175 bola, har soatda 10,4 ming bola, bir kecha kunduzda 250 ming bola tug`iladi. Bu Andijon va Namangandan salgina kichik shahar aholisiga teng. Har 9 kunda yangi Toshkent qo`shiladi deyish mumkin. Har yili dunyo aholisiga Avstraliya yoki Tunis kabi davlaat aholisi qo`shiladi.

  26. Rossiyada ham XX asr boshigacha ko`p bolalik an'anasi mavjud bo`lgan. Mashhur hakim N.I.Pirogov oiladi 13-bola, buyuk kimyogar D.I.Mendeleev esa 17-farzand bo`lishgan. Lev Tolstoyning 13 ta bolasi bo`lgan.

 27. Demografik ma`lumotlarga ko`ra, 80-yillarda dunyodagi eng ko`p bolali ona Chililik ayollardan biri bo`lgan. Bu ayol hammasi bo`lib 55 ta bola tuqqan, u har gal egizak yoki uchtadan farzand ko`rgan.

 28. GFRda bolalar salmog`i dunyo bo`yicha eng kam – 15%, Keniyada eng katta – 51%ni tashkil etadi. Qariyalar soni Shveysariyada eng ko`p (24%) va Quvaytda eng kam (2%)dir. Mutloq soniga ko`ra bolalar Xitoyda (330 mln.) va Hindistonda (290 mln.) eng ko`p.

 29. Hind-Yevropa oilasiga mansub tillardan ingliz tili eng keng tarqalgan. Bu tilda 425 mln. kishi, hind tilida 350 mln., ispan tilida 340 mln., rus tilida 290 mln., bengal tilida 185 mln. va portugal tilida 175 mln., nemis va fransuz tillarida 120 mln. dan kishi so`zlashadi. Asosiy xalqaro aloqalar vazifasini hozirda ingliz(qadimda lotin) tili bajaradi, dunyodagi har yettita odamning bittasi bu tilni ozmi-ko`pmi biladi.

 30. Dunyoda bir qancha mamlakatlardagina (Boliviya, Meksika, Peru, Efiopiya, Afg`oniston) aholining ko`pchiligi 1000 m dan balandda yashaydi. Faqat Boliviya, Peru va Xitoyda (Tibet) aholi yashaydigan joylar chegarasi 5000 m dan ham baland ko`tariladi.
     
 31. XIX asrda aholi eng ko`p ko`chib ketadigan mamlakat – Irlandiya bo`lgan. Bu  mamlakat aholi 40-yillardagi buyuk qahatchilik davrida ikki barobar kamaygan. Bu mamlakat emigratsiya salmog`iga ko`ra 1-o`rinni egallagan. Hozir ham Irlandiyada irlandlarning faqat yarmi yashaydi.
  AQSHda irlandlardan tarqagan 40 mln. kishi yashaydi. Bu Irlandiya aholisidan 12 barobar ko`p.

 32. Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi Avstraliya tarixining ilk bosqichida surgun qilinadigan o`lka sifatida foydalanilgan. Surgun qilinganlar tushirilgan dastlabki o`n bir yelkanli kema 8 oy suzgandan keyin 1788-yilda materikning janubi-sharqiy qirg`og`iga yetib kelgan. Bu yerda keyinchalik o`sha vaqtlardagi mustamlakalar vaziri nomi bilan Sidney deb nomlangan shaharga asos solingan. 1988-yili Avstraliyaning 200 yilligi bayram qilinganda inglizlar "dastlabki flot” yo`lini aniq takrorlashdi. Hozirgi Avstraliya ko`plab immigrantlar keladigan mamlakatligicha qolib kelmoqda. Bu yerga har yili 100–150 kishi ko`chib keladi.

 33. Ba`zi bir mamlakatlarda poytaxt vazifasini ikkita shahar bajaradigan bo`lib tarixiy tarkib topgan. Niderlandiyada qirol saroyi Amsterdamda, parlament bilan hukumat esa Gaagada joylashgan. Janubiy Afrika Respublikasida siyosiy hokimiyat markazi Pretoriya, parlament esa Keyptaunda joylashgan. Boliviyada Konstitutsiyaga binoan mamlakat poytaxti (hukumat qarorgohi ham) La-Pasda joylashgan.

 34. Ba`zi bir shaharlar faqat poytaxt vazifasini bajarish uchun qurilgan. Bunday shaharlarga Avstraliya poytaxti Kanberra yaqqol misol bo`ldi. Bu shahar poytaxtlikka da`vogar bo`lgan Sidney va Melburn shaharlari jamoalari o`rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish uchun maxsus tanlangan joyga XX asrda qurilgan. Kanada poytaxti Ottava va AQSH poytaxti Vashington ham bunday shaharlarga misol bo`ladi.

 35. Hamma davlatlarda "shahar” tushunchasi har xil tushuniladi. Masalan, Daniya, Shvetsiya, Finlyandiyada 200 kishidan oritq, Kanada va Avstraliyada 1 ming kishidan ortiq, AQSH va Meksikada 2,5 mingdan ortiq, Avstriya, Hindiston, Eron, Madagaskarda 5 mingdan ortiq, Shveysariya,Malayziyada 10 mingdan ortiq, Niderlandiyada 20 mingdan, Yaponiyada 30 mingdan, Janubiy Koreyada 40 mingdan ortiq aholisi bo`lgan aholi punktlari shahar deb ataladi.

 36. Dunyodagi eng baland binolardan biri Chikagodagi "Seris Tauer” osmono`par binosi bo`lib, u 110 qavat, balandligi 443 m. 

 37. Avstraliya fermalaridagi kishilar bir-birlaridan juda uzoqda yashaydi. Ular qo`shnilari va umuman tashqi dunyo bilan telefon yoki radio orqali gaplashadi. Vrach radio orqali maslahat beradi va zarur bo`lib qolgandagina kasalga borish uchun taklif qabul qiladi. Fermerlarning bolalari 15 yoshgacha radio orqali o`qitiladi. Har bir o`quvchining o`z radiostansiyasi bo`ladi, u mashg`ulotni bajarayotganda ana shu radiostansiya yordamida o`qituvchisiga, boshqa o`quvchilarga murojaat qiladi.

  38. Dunyodagi barcha shaharlar har yili atrof muhitga 3 mlrd. tonnagacha qattiq sanoat va uy-ro`zg`or chiqindilari, 500 km.kubdan ortiq sanoat va uy-ro`zg`or ifloslangan suvlari va 1 mlrd tonnagayaqin har xil aerozollar chiqarib tashlaydi.

  39. Fotorasm olish tamoili kashf qilinganda birinchi fotorasm olungungacha 102 yil (1727-1829), birinchi radio implusi o`tkazilgandan muntazam radio eshittirishi boshlanguncha 80 yil (1840-1920) o`tgan. XX asr o`rtalariga kelib ilmiy kashfiyotlarni amalga joriy etish keskin qisqargan. Masalan, lazer 5 yilda (1956-1961) joriy etilgan.

  40. Yuk ko`tarish quvvati 550 ming t bo`lgan tankerning uzunligi 480 m, kengligi 63 m ga yaqin, yuk ortilganda suvga botishi 30 m ga yaqin. Bunday tankerning parragi 3 qavatli bino balandligiga teng, palubasi maydoniga 2,5 ga bo`ladi.

  41. Dastlabki elektron soatlar 50-yillarda tayyor bo`ldi, ularni yoppasiga ishlab chiqarish esa 60-yillarda boshlandi. 70-yillarda elektron soatlar ishlab chiqarish umumiy soat ishlab chiqarishdagi salmog`i 3-4 % ni, 80-yillar o`rtalarida esa 50% ni tashkil etdi. Jahonda soat ishlab chiqarishda asosan, elektron soat ishlab chiqaruvchi Yaponiya Shveysariyani ortda qoldirib, 1-o`ringa chiqib oldi.

  42. Avtomobillarga qo`yiladigan mikroprotsessor yo`llarda tezlikni boshqaradi va biror joygacha bo`lgan bo`lgan masofani avtomatik aniqlaydi, haydovchini noto`g`ri harakat qilganda ogohlantiradi, tezlikni almashtiradi, tormoz beradi.

  43. Yaponiyada okean ostida 6000 m gacha chuqurlikda ishlay oladigan robot – geolog; notani "o`qib”, gitara chaladigan robot – mashshoq; Avstraliyda qo`y yungini qirquvchi robot yaratilgan. AQSHda robotlar g`ovvoslar o`rnini bosyapti. GFRda robotlar "politsiya”da ishlaydi, ularga avtomashinalarda portlovchi moddalar bor deb topilganda ularni o`chish buyuriladi. Robot – o`qituvchi, robot – afitsiant, robot – idish tovoq yuvuvchi, robot – farrosh, robot – xizmatchi va hakazolar bor.

 44. Dunyoda temir yo`lda bug` maashinasi birinchi marta Angliyada 1825-yilda qo`llanilgan edi. Birinchi temir yo`l 1830-yilda AQSHda, Fransiyada 1832-yilda, Belgiya va Germaniyada 1835-yilda, Avstraliyada 1837-yilda ishga tushirildi. Rossiyada birinchi temir yo`l Petrograd bilan Sarskoe selo oralig`ida 1837-yilda ishga tushgan.

  45. Dunyodagi birinchi metropoliten yo`li Londonda 1863-yili, ikkinchisi Nyu-Yorkda 1868-yili qurilgan. Hozirgi paytda dunyoning 70 ta shahrida metropoliten mavjud. London, Nyu-York, Parij, Moskva metropletin yo`llari eng uzun yo`llardir. Yo`lovchini ko`p tashishda Moskva metropoliteni ( yiliga 3 mlrd. kishi ) 1-o`rinda turadi.

  46. Robot yasovchi to`liq avtomatlashtirilgan zavod Yaponiyada qurilgan. Zavod mukammal ishlab chiqrish tizimi bilan jihozlangan, hamma ishni robotlar bajaradi. Zavod kecha-kunduz ishlaydi, ozgina usta mutaxasislar boshqarib turishadi. Tunda robotlar ishini birgina operator kuzatib turadi.
   
  47. 90-yillar oxirlarida 100 ga yaqin mamlakat materik sayozligida neft va gaz konlarini qidirish va o`rganish ishlarini olib bordi va deyarli 50 ga yaqini qazib chiqardi. 2 ming dan ortiq neft va gaz konlari ochildi hamda ishga tushirildi, dengiz ostida 40 mingdan ortiq burg` qudug`i qazildi.

 48. Dengiz burg` platformasining po`lat "oyoqlari” poylog`idan minorasi tepasigacha osmono`par binolarga teng keladi. Bunday platformalardan eng kattasining og`irligi 500-800 ming tonna, unda 300-500 kishi xizmat qiladi. 
     
 49. Yaponiya, AQSH va G`arbiy Yevropa firmalari Koreya Respublikasi, Gonkong, Singapur, Malayziya, Filippin, Tayvan va boshqa mamlakatlarda televizor, magnitafon va boshqa uy-ro`zg`or elektr texnikasini ishlab chiqarishni tashkil etishgan. Huddi shunday Shveysariyaning mashhur "Omega” soat firmasi o`z kapitalining bir qismini Gonkong bilan Singapurga ko`chirdi. Gollandiyaning "Philips” firmasi Tayvanda dunyodagi eng katta ( yiliga 4 mln. dona ) kineskop zavodini qurdi.
     
50. Qiziqarli ma`lumotlar. BMT ma`lumotiga ko`ra, GFRda 2 kishi, Yaponiya va Shveysariyadagi 3 kishi, Meksika va Kubadagi 10 kishi, Xitoydagi 16, Hindistondagi 53 va Nepaldagi 1072 kishi qancha energiya sarf qilsa, AQSHdagi 1 kishi shuncha energiya sarf qiladi.
 
51. Singapur shahar-davlatining maydoni 620 km.kv bo`lib, Moskva shahari maydonining 2/3 qismini egallaydi, aholisi esa 2,8 mln kishi. Bu davlat maydoni uzunasiga 42 km ga, eniga 22 km ga teng. Hududining bir qismi dengizdan ajratib olingan bo`lib Xalqaro Changi aeroporti ham shu qismida joylashgan.

52. Xorijiy Osiyoda Malayziya monarxligi mavjud. Bu yerda qirol mamlakatning 9 ta sultonlari orasida har 5 yilda saylanadi. Monarxning to`liq unvoni mana bunday deyiladi: Duli Yang Maxa Mulia Shri Paduka Baginda Yang Di Pertuan Agung. Buni malay tilidan tarjima qilsak "Oliy hukmron janobi oliyalari” demakdir.

53. Butun dunyoda topilgan 30 ta neft konining 15 tasi Fors qo`ltig`i havzasidadir. Hatto ular orasida ham o`ta ulkan – Saudiya Arabistonidagi Gavar koni(zaxirasi 12 mlrd.t.neft) va Kuvaytdagi al-Burhon koni (zaxirasi 8-9 mlrd. t. neft) alohida ajralib turadi. Fors qo`ltig`idagi neft qudug`laridan neft fontan bo`lib otilib chiqadi: ularning sutkalik hajmi 1-2 ming tonnaga to`g`ri keladi.

54. 1921-yil revolutsiyasi arafasida Mongoliyada 1800 dan ortiq xilma-xil cherkov va Lamachilikning(lamachilik – buddizmning bir turi) 750 ta monstri bor edi. Bu monstrlarga bolalarni 6-8 yoshidan deyarli majburan berishar edi, bu degani so`z, mamlakatdagi har ikki bolaning biri monstrga berilardi. Natijada lamachi monaxlar va dindorlar barcha erkak aholining 40% ini tashkil etar edi. Ular nikohga kirishdan mahrum ekanligidan aholining tabiiy o`sishiga juda salbiy ta`sir ko`rsatdi. Demograflarning hisobiga ko`ra agar Mongoliyada lamachilik bo`lmaganda uning aholi hozirgidaek 2 mln. emas, balki 10 mln. bo`lardi.

55. Butun dunyo musulmonlarining muqaddas shahari bo`lmish Makkaga ("Makkai Munavvara” ga, bu yerdagi Masjidi jome hovlisida muqaddas KA`BA joylashgan) va payg`ambarimiz – janobi Rasululloh Muhammad alayhissalom dafn etilgan shahar Madinaga("Madinai Mukarrama”ga) yiliga 1-2 mln. kishi hajga boradi. Boshqa dinga etiqod qiluvchilarning bu shaharlarga kirishi man etilgan. Xristianlarning muhim ziyoratgoh markazi esa – Quddus shaharidir.

56. Saudiya Arabistonining – Ar-Riyod dunyodagi eng tadrijiy rivojlanayotgan shaharlardan biridir. Uning aholisi 1960-yilda 160 ming kishi edi, 1990-yilda esa 2 mln. dan ortib ketdi. Vazirliklar, banklar, mehmonxonalar ajralib turadi. Ko`chalari chetiga yashil o`simliklar ko`p ekilgan, sanoat korxonalari esa shahar tashqarisida qurilgan.

57. Birlashgan Arab Amirliklarida har bir mahalliy aholi to`rt nafar xorijiy ishchini o`z xizmatiga olish huquqiga ega. Moskva jurnalistlaridan biri mamlakat poytaxti Abu-Dabini quydagicha tavsiflagan edi: "Omonliklarning rang-barang yopinchig`I, sikxlarning tyurbanlari(o`ziga xos liboslari) tovlanadi. Bu yerda pokistonliklar ham, koreyslar ham, malayziyaliklar ham, arab mamlakarlaridan kelgan muxojirlarni ham uchratamiz. Dam olish kunlari dengiz sohillari bo`ylab go`yo butun Sharq xalqlari saf-saf bo`lib sayr qilayotgandek bo`lib tuyiladi.” Tub joy aholi mamlakat aholisining 1/6 qismini tashkil qiladi. Biroq ular – katta imtiyozlarga ega kamchilikdan iborat.

58. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoning har bir aholisi yiliga o`rta hisobda 100-300 kg guruch istemol qiladi. Ularning oziq-ovqat ratsionida guruchga barcha kaloriyanining ¾ qismi to`g`ri keladi. Bu demak, kuniga ertalabki ham, peshinda ham, kechqurun ham asosiy taom guruch taomi yoki guruch qo`shib ishlatilgan taom bo`lib barcha xil taomlar go`yo qo`shimcha, xolos.

59. Tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan faol siyosat, tozalash inshootlari qurish, tozalikni saqlash yuzasidan juda qat`iy choralar ko`rilishi (ko`chaga tashlangan sigaret qoldig`i uchun 500 singapur dollari hisobida jarima undiriladi) tufayli Singapur Xorijiy Osiyoda ekologik jihatdan eng toza mamlakat bo`lib qoldi.

60. Xitoyning Sichuan muzofotida 100 mln.dan ortiq, Shandun,Xenan muzofotlarining har birida 80 mln. aholi yashaydi. Mabodo Sichuan alohida davlat bo`lganida edi, u aholi soniga ko`ra 9-mamlakat bo`lar edi.

61. Xitoy ieroglif yozuvida 50 mingdan ortiq belgi bo`lib, uning 7 mingtasi eng ko`p ishlatiladi. Boshlang`ich maktabni bitiruvchi 3,5 mingg ieroglifni bilishi lozim; ularning har biridagi chiziqchalar soni 30 taga borishi mumkin. Xitoy tilidagi har bir ieroglif ma`lum musiqa ohangida talaffuz etiladi. Bunda bir tovush bilan talaffuz qilinadigan ko`p so`zlar musiqa ohangiga qarab turlicha ma`noni anglatishi mumkin.

62. Xitoy tilida o`zbekcha "yemoq” so`ziga ikkita so`z – "chi fan” to`g`ri keladi va u aynan tarjima qilganda "guruch yemoq”dir. Xitoycha – ertalabki ovqatlanish "tszao fan”, ya`ni "naxorgi guruch”, peshingi ovqat – "u fan” yoki "tushki guruch”, kechqurungi ovqat esa – "van fan” ya`ni "kechki guruch” deyiladi.

63. Yaponlarning o`zlari qadimda o`z mamlakatlarini Nippon(yoki Nixon) deb ataganlar. Bu so`z ikki ieroglifcha belgidan tarkib topgan bo`lib, birinchisi – "quyosh”, ikkinchisi esa - "asos” degan ma`noni anglatadi. Shuning uchun ham Yaponiya "Quyosh chiqadigan mamlakat” deb talqin qilinadi. Yaponiyaning bayrog`idagi Quyoshning qizil gardishi va davlat ramzidagi dumaloq xrizantema guli ham quyoshning balqib chiqishini ifoda etadi.

64. Sintoizm (sinto so`zi – "xudo yo`li” demakdir) diniy-maishiy urf-odatlar, avvalo to`y tantanalariga xizmat qiladi; bunday to`ylar har doim sintoistik ibodatxonalarda o`tkaziladi. Buddizm esa, aksincha, marhumlar marosimini o`tkazishga xizmat qiladi.

65. Yaponiyada yiliga 40 dan ortiq turli-tuman festivallar o`tkaziladi. Ulardan biri Xokkaydoning "oq orolida” – o`tkaziladigan mashhur qor festivalidir. U fevralning boshida o`tadi. Festival kunlari shaharning shoh ko`chasi – Sapporoda qordan yasalgan 300 dan ortiq inshoot qad ko`taradi. Bular ertak personajlari va adabiy asarlarning qahramonlari, mashhur yodgorliklar hamda arxetiktura inshootlarining maketlaridir.

66. Yaponlar baliq va boshqa xil dengiz mahsulotlari – osminoglar, kalmarlar, mollyuskalar, yirik qisqichbaqalarni odatda xom(kamdan-kam holatda esa so`litib) yeyishni afzal ko`radilar; vaxolanki, yapon pazandachiligida ularni qaynatib, qovurib yoki boshqa xil pishirib tayyorlash usullari ko`p.

67. "Sinkansen” ("Yangi temir yo`l”) magistralining umumiy uzunligi 1100 km. Undan poezdlar soatiga o`rtacha 200 km va undan ko`proq tezlikda "uchib” o`tadilar. Bu yo`lning uzunligi 515 km li Tokio – Osaka qismida harakati ayniqsa kattadir.

68. "Seykan” tonnelini 1970-yildan to 1985-yilgacha davom etdi. U Tsugaru bo`g`ozi suvining tagida 100 m chuqurlikdan o`tgan bo`lib, Xonsyu va Xokkaydo orollari o`zaro tutashtiradi. Tonnelning uzunligi 54 km bo`lib, uning 23 km li qismi suv ostidan o`tgan. Tonnel Tokio-Sapporo temir yo`lidagi harakati ancha tezlashadi.

69. Hind statistik-demograflarining hisoblariga ko`ra, Hindiston aholisi kamida soatiga 1,9 ming kishiga, sutkasiga 46 ming kishiga, yiliga esa 17 mln. ga ko`paymoqda.

70. Hindistonda nikohlarning 9/10 qismi ota-onalar tomonidan "uyushtiriladi”. Bunda maxsus nikoh e`lonlaridan keng foydalaniladi, bu e`lonlarni barcha gazetalar yakshanba sonida bosib chiqaradilar. Gazetaga yozilgan e`longa yuzlab javoblarni olgan bolaning otasi yoki qizning onasi ularga eng munosib nomzodlarni, so`ngra esa ulardan ham bittasini tanlaydi. Bu ishlar odatda yoshlarning ishtrokisiz bo`lib o`tadi. Shunday hollar ham bo`ladiki, kuyov va kelin bir-birlarini to`y vaqtida ko`radilar.

71. AQSH hududi 5 soat mintaqasida joylashgan bo`lib, ular g`arbdan sharqqa tomon Tinch okeani, Markaziy, Sharqiy va Atlantika nomi bilan ataluvchi soat mintaqalarining ajratilishini belgilaydi. Samolyotning butun mamlakat hududi bo`ylab okeandan okeangacha( ya`ni g`arb-sharq yo`nalishida) uchib o`tish uchun 5-5,5 soat vaqt ketadi.

72. AQSHning federativ davlat tuzumi mamlakatning davlat bayrog`ida aks etgan bo`lib, bu bayroq mamlakat mustaqilligi e`lon qilingandan salgina keyin 1776-yil tasdiqlangan. Bayrog`ning chap yuqori burchagida besh qirrali oq yulduzchalar tushirilgan havorang to`g`ri burchak joylashgan, bundagi yulduzchalar soni federatsiyaga kiruvchi shtatlar soniga to`g`ri keladi. Yulduzchalar soni shtatlar soni o`zgarishiga qarab doimo o`zgarib borgan.

73. Shtatlarning ramziy belgilari odatda ularning tarixiy yoki tabiiy xususiyatlari bilan bog`liq. Masalan, Nyu-York shtatini "imperiya shtati” deb atashadi, bunga sabab shuki, AQSH mustaqil davlat deb e`lon qilingach, u 13 ta shtat ichida eng kattasi edi; uning bog`dorchilik shtatlaridan biri sifatidagi ramziy belgisi yana olmadir. Delaver shtati ham "birinchi shtat”, chunki u Konstitutsiyani birinchi bo`lib tasdiqlagan. Subtropik tabiatli Floridani – "quyoshli shtat”, XIX asrda oltin topilgan Kaliforniyani – "oltin shtat” , Arizona – "Katta kanon shtati”, Kanzas – "kungaboqar shatati”, Missisipi – "magnoliya shtati” deyiladi.

74. AQSHga Yevropadan ko`plab yevropaliklardan  tashqari Yevropa shaharlarning nomi kirib borgan. AQSH xaritasida Afina, Kembridj va Oksford aholi punktlari 13 marta, Berlin nomi 9 marta, Varshava – 8, Parij, Lissabon, Moskva – 7, Neapol – 6, Rim – 5, Madrid va London nomlari 4 marta uchraydi.

75. AQSHda 260 ta har xil cherkovlar qayd qilingan bo`lib, shulardan 86 tasiga 50 mingdan ortiq odam yig`iladi. Amerikaliklarning qaysi dinga e`tiqod qilishi, odatda ularning kelib chiqishiga bog`liq: Italiya, Ispaniya, Polshadan kelib chiqqanlarning avlodlari odatda katoliklar, Buyuk Britaniya va Skandinaviya davlatlaridan kelib chiqqanlarning avlodlari protestantlar, Rossiya va Gretsiyadan borganlarning avlodlari esa – pravoslavlardir.

76. Alyaskada neft II Jahon urushidan keyin topilgan, biroq uning konlari uncha katta emas. 60-yillarda neft yana qidirila boshladi va umumiy zaxirasi 2 mlrd. t dan ortadigan juda katta "Pradko-Bey” koni topilgan.

77. 1896-yilda Detroyt shaharining atrofidagi Dirbornda o`zi yetishgan mexanik Genri Ford o`zi yasagan avtomobilni sinovdan o`tkazdi. Shundan so`ng AQSHda birinchi bo`lib yengil avtomobillarni seryali ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Bu avtomobillar "Temir Lizzi” nomini oldi. Shundan beri "Ford Motors Company” eng yirik sanoat komplekslaridan biriga aylandi.

78. Chikago shaharida 30 ta temir yo`l kesishib, bu shahardan bir-kecha kunduzda 2 ming poezd o`tadi, to`qqista eng muxum va o`nlab kichikroq magistrallar, 24 quvur transporti o`tadi. O’Xeyr aeroporti yiliga 60 mln. yo`lovchi qabul qiladi va jo`natadi.

79. Amerika gazetalari hajmining kattaligiga bilan ajralib turadi. Hatto kichikroq shaharlaridagi kundalik gazetalarning ham 3 – 4 seksiyasi bo`ladi(siyosiy, biznes, sport, turli xil ko`ngilocharlar materiallar va boshqalar), bu seksiyalarning har biri 20 va undan ortiq polosadan iborat. Yirik shaharlarda gazetalar 80 – 120 polosa bo`lib bo`lib chiqadi. Yakshanba kunlari esa bundan ham katta hajmga ega bo`ladi. Bunday gazeta reklama ilovalari bilan birga 2 – 3 kg keladi.

80. Nyu-Yorkda puerto-rikoliklar San-Xuandagidan, irlandlar Dublindagidan, yahudiylar esa Tel-Avivliklardan ko`p. Nyu-York shahari kelib chiqishiga ko`ra negrlarga mansub aholinig soniga ko`ra ham AQSH shaharlari orasida ham birinchi o`rinni egallaydi. Manxattanning shimoliy qismida 110- va 115- ko`chalari oralig`ida negrlar yashaydigan eng katta rayon – Garlem joylashgan.

81. AQSH prezidentining qarorgohi (rezedensiyasi) – Oq uy shaharning 1792-yilda asos solingan ko`hna binosidir. 1812–1814 yillardagi Angliya-Amerika urushida inglizlar desanti Vashingtonni egallagan va bundan prezident qarorgohi ham zararlangan. Bino tiklangach, oppoq qilib oqlangan. "Oq uy” nomi mana shundan kelib chiqqan.

82. Ilgari Atlantani mashhur qilgan narsa shu bo`lganki, shu yerlik aptekachi XIX asr oxirida saqin ichimlik – Koka-kolani ixtro qilgan. Bu uddaburon korparatsiyaning hozirgi kunda ham Atlantada o`z shtab-kvartirasi bor. Keyingi vaqtda Atlanta osmono`par binolar, ko`plab kongresslar va festivallar shahriga aylandi. Atlanta aeroporti yo`lovchilar soniga ko`ra dunyoda oldingi o`rinlardan birida turadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.