Kelinlar yarmarkasi 

3 418

Sanoat mahsulotlari yarmarkasi, kiyim-kechaklar yarmarkasi, kitob yarmarkasi, boshqa ko‘p xil yarmarkalar bo‘lishi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin kelinlar yarmarkasi bo‘lishi kishi­ning tushiga ham kirmagan.

Marokashning Atlas tog‘lari etagida joylashgan Imilxil de­gan so‘lim qishloqda har yili kech kuzda kelinlarning uch kunlik yarmarkasi o‘tkaziladi. Mamlakatning turli burchaklari- dan yo‘lga chiqqan suluv qizlar va oila qurish ishtiyoqida yur­gan yigitlar tuyada, otda, aravada, hatto piyoda yurib Imilxil qishlog‘idagi maxsus maydonga yig‘ilishadi. Yarmarka ochil- gach, yigitlar qizlami bamaylixotir sinchiklab tomosha qilib, kuzatib yurishadi. Shu tariqa o‘zlariga munosib qalliq tanlaydilar.

Tengi bilan topishgan har bir yigit 20 dirhamdan pul to‘lab nikoh qog‘ozi oladi. Viloyat boshlig‘i kelib hamma kelin-kuyovni biryo‘la nikohlaydi. Shun­dan keyin kelinlarning ismi- shariflari maxsus daftarda qayd qilinadi. Nikohning rasmiy qismi tugagach, o‘yin-kulgi, nikoh bazmi boshlanadi. Nikoh bazmidan so‘ng kelin shu yerdan to‘p- pa-to‘g‘ri kuyovnikiga yo‘l oladi.

Kuyovto‘ra tuya yoki otda, jufti haloli — kelinposhsha esa uning ortidan piyoda yo‘lga ravona bo‘ladilar.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.