Unashish
Unashish
marosimi turli xalqlarda turlicha o‘tkaziladi. Ayrim xalqlarda yigitni
uylantirish uchun qiz tomonga qalin — pul, mol, ov mahsulotlari, qisqasi, o‘sha
xalqda asosiy boylik hisoblangan buyumlarni berish lozim bo‘lsa, boshqa xalqlarda
esa qizni katta mol-mulk bilan uzatish shart qilib qo‘yilgan.
Papuas xalqlarida
unashish ancha murakkab va qiyin marosim hisoblangan. Shunga qaramay, Yangi
Gvineyadagi ayrim qabilalar unashishni juda oson tarzda o‘tkazadi. Ular bitta
sigara chekilib bo‘lmasidanoq «fotiha» qilib qo‘yishadi.
Uylanmoqchi
bo‘lgan papuas yigiti sochining bir tolasini tamaki bargi orasiga qo‘yib sigara
tayyorlaydi. Sigarani yarmigacha chekib onasiga uzatadi, onasi esa sigarani
qizga uzatadi. Qizning sigarani chekishi rozilik belgisidir. Shunda ikkala
tomon kelishgan, nikoh fotihasi o‘qilgan hisoblanadi.
Polineziyaning
Samoa orollarida yashovchi xalqlar odatiga ko‘ra yigit jangovar kiyimda bir
guruh qizlar huzuriga kelib harbiycha o‘yinga tushadi. Bu o‘yin farazan
dushmaniga hujum qilish, go‘yo qo‘lidagi cho‘qmor bilan dushman boshiga zarb
tushirish, nayza sanchish kabi harakatlardan iborat.
bo‘ladi. Bu
o‘yinda qizlar yigitdan ko‘z uzmay, uning kimga muhabbat izhor qilishini
kuzatadilar. Birozdan so‘ng yigit ashula ayta boshlaydi. Yigitning do‘stlari
unga jo‘r bo‘lib, ashula orasida qizning ismini tilga oladilar. Nomi tilga
olingan qiz tortinib, uyalib turadi. Yigit uni o‘rtaga, o‘yinga tortadi. Qiz
nazokat bilan, yigitni urgandek, sochlarini burdalagandek bo‘lib awaliga
raddiya bildiradi. Yana jozibaliroq o‘yin boshlanadi. Yigit qizga astoydil ta’zim
qilib muhabbat izhor etadi. Qiz undan shubhalanayotgandek nazar tashlaydi,
so‘ngra uning qasamlariga xayrixohlik bildira boshlaydi.
Ertasiga
kechqurun yigit bilan qiz uchrashadi. Buning uchun ular ota-onalari roziligini
ilgaridan olib qo‘yishgan bo‘ladi. Ota-onalar roziligi olingach, to‘y taraddudi
boshlanadi. Ota-onasi rozilik bermasa-chi? Ertasiga ertalab yigit bilan
qizning g‘oyib bo‘lganligi haqidagi xabar tarqaladi. Kuyovning jo‘ralari
kelinning uyi yoniga kelib baravariga: «Avanga, avanga, avanga!» («Ular
qochib ketibdi») deb baqiradi.
Keksalar bu voqeadan iztirobga tushadi,
nobakor qizning gunohini kechirmasliklarini aytadi. Hamqishloqlar ham norozi.
Ular qizni topib keltirishga jazm qiladilar va bu ishni nonushtadan keyinga
qoldiradilar. Lekin boshqa zarurroq ishlari chiqib qolib, qizni axtarish yana
kechiktiriladi.
Hafta ketidan
hafta o‘tadi. Nihoyat, ota-ona qizi huzuriga oq bo‘yra yuboradi. Bu — afV etish
belgisidir. Shundan keyin qochoqlar qaytib keladi, ularni tantana bilan kutib olishadi.
Kelinni sotib olish uchun «oliq-soliq» boshlanadi. Bu — to‘y yaqinlashdi
degani.
Afrika
janubidagi suto xalqlarida nikohlash juda uzoq davom etadigan murakkab
marosimdir. Qizni yigitning o‘zi tanlasa-da, nikohlash masalasini yigit bilan
qiz hal etolmaydi.
Qizni yigit
tanlaydi-yu, lekin qiz yigitning taklifini rad etishga haqli. Qizning
roziligini olgach, yigit otasini xabardor qiladi. Yigitning otasi qizning uyiga
sovchi bo‘lib boradi. Ko‘p o‘tmay qizning uyiga ikkinchi sovchi yuboriladi. Bu
sovchi «qizning onasi» deb yuritiladi. Holbuki, sovchilikka qizning onasi ham,
boshqa ayol ham bormaydi, erkak kishi boradi. Sovchi qizning uyiga kirgach:
«Men burunaki uchun tamaki so‘rab keldim», — deydi. Uydagi ayollar darhol
tamaki yanchib burunaki tayyorlaydi. Burunaki nosqovoqqa 'to‘ldirilib kuyovga
yuboriladi. Nosqovoqni kuyovning faqat pochchasi ochishi lozim. Dastlab
kuyovning pochchasi burunaki tortadi, keyin nosqovoqni boshqalarga uzatadi.
Burunaki tugaguncha nos-qovoq qo‘ldan qo‘lga o‘tadi, bo‘shagan nosqovoq qizning
uyiga qaytariladi. Qiz nosqovoqni marvarid bilan bezaydi va eng qimmatbaho
taqinchoq sifatida marosimlarda bo‘yniga osadi. Demak, taklif qabul etildi,
fotiha o‘qiladi.
Shundan keyin
kelinning uyiga kuyovdan mollar (sigir, qo‘y, echki) keltiriladi. Dastlabki
mollami keltirgan kishi kelinning uyiga kirib quduqdan suv olish uchun chelak
so‘raydi. Kelinning qarindoshlari bu elchiga idishga to‘ldirib ilgaridan
tayyorlab qo‘yilgan ichimlikni berishadi. Idishdagi ichimlik olti kun davom
etadigan bayramga yetadigan miqdorda bo‘ladi. Ikkinchi marta mol olib
kelinguncha ziyofat davom etadi. Keyingi marta mollami eng yaqin do‘sti bilan
kuyovning o‘zi haydab keladi. Kuyov qolib ketib kelinning uyida ikki-uch oy
birga yashaydi. Kelin-kuyov oila ishlarida bemalol ishtirok etaveradilar. Qalin
uchun va’da qilingan mol podasining hammasi kelin uyiga olib kelib bo‘lingach,
nikoh to‘yi boshlanadi.
Hindistonda
nikohlash boshqa xalqlamikidan keskin farq qiladi. An’anaga ko‘ra Hindistonda
kuyov tomon emas, qiz tomon kuyov qidiradi.
Qiz tomon maxsus sovchi belgilaydi.
Sovchi qilib qarindoshini yoki mahallaning mo‘tabar kishisini belgilash
mumkin.
Nikohlash
vaqtida munajjim ham ishtirok etishi lozim. Yigit bilan qizning yulduzi
bir-biriga mos kelish-kelmasligini munajjim aniqlab beradi.
Kuyov va kelin tanlashda ularning
qanday tabaqaga mansubligiga katta e’tibor beriladi. 0‘z tabaqasidan boshqa
tabaqa bilan nikohlanish oila, qarindosh-urug‘, tanish-bilish, nihoyat, din
oldida katta gunoh hisoblanadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.