Dunyo nikoh to`ylari
Yaponlaming
nikoh marosimlari ham zamonaviy, ham qadimiy an’analami o‘z ichiga olgan.
Yigit bilan qiz
tanishib o'zaro kelishganlaridan keyin yigitning otasi qizning otasi huzuriga
borib qizini o‘g‘liga berishini so‘raydi. Shundan keyin nikoh to‘yiga katta
tayyorgarlik ko‘rila boshlaydi.
Kelinni nikohga
tayyorlash oson ish emas. Nikoh kuni kelinning yuzi oppoq va salgina pushtirang
bo‘lib, sadafdek yarqirab turishi lozim. Kelinga zarbof kimono — nikoh kiyimi
kiygiziladi, boshiga parik kiydiriladi va qo‘liga kumushrang zar bilan tuma
rasmi solingan zontik beriladi. Yigit to‘y kuni yevropacha tikilgan zamonaviy
qora kostum kiyadi.
Yapon
kalendarlarida baxtli kunlar belgilab qo'yiladi. Nikoh to‘yi shu baxtli
kunlardan birida o‘tkaziladi. Baxtli kunlar 1-mart bilan 20-may oralig‘ida,
shuningdek, nikoh to‘ylari ham 1-martdan 20-maygacha o‘tkazilishi maqsadga
mftvofiq hisoblanadi.
Kuyov bilan
kelin nikoh kiyimida ibodatxonaga kelgach, tog‘orachada guruch, baliq,
quritilgan suvo‘tlari va guruchdan qilingan spirtli ichimlik — sake qo‘yilgan
mehrob oldiga boradi. Kohinlardan biri koto chalib duo o‘qiydi, ikkinchisi
yelpig‘ich bilan ins-jinslarni haydab turadi.
Kuyov bilan
kelin bir-birining qo‘liga uzuk taqib bo‘lgach, bir piyoladan sake ichishadi
(bu, endi, yevropacha odat). Sakening qolganini qarindoshlari niyat qilib
ichishadi.
Ibodatxonaga
kelganda eshikdan avval kelin, keyin kuyov kiradi, chiqishda esa avval kuyov,
undan keyin ikki qadam orqada yurib kelin chiqadi.
Yaponlarda
kelin har kuni ertalab qaynota va qaynonasiga tahorat suvi tayyorlaydi,
nonushta tayyorlab beradi, o‘zi esa ulardan keyingina nonushta qiladi. So'ngra
tushki va kechki ovqatlami pishiradi.
Qaynota va
qaynonasi, kuyovning opa-singil va aka-ukalaridan birontasining tobi qochib
qolgudek bo‘lsa, ularni parvarish qilish vazifasi ham kelinning zimmasiga
tushadi. Bemorlar uchun zarur bo‘lgan dorilami ham kelin tayyorlashi lozim, u
dorini awal o‘zi tatib ko‘radi, so‘ngra bemorga ichiradi. Bulardan tashqari kir
yuvish, hovli supurish va idish-tovoq- lami tozalash, qishda qaynota va
qaynonasining xonasini isi- tish, yozda esa salqin saqlash ham kelinning
vazifasi.
Nihoyat, kelin
kechqurun qaynota va qaynonaning o‘mini to‘shab berishi, ular yotgach, birozdan
keyin boshqa xizmat yo‘qmi, deb so‘rashi lozim.
Pokiston
mamlakatining Himolay tog‘lari yonbag‘rida kalash xalqi yashaydi. Pokiston
xalqi musulmon dinida bo‘lsa- da kalashlar musulmon emas. Kalashlarga olib
boriladigan yo‘llami qor bosganligidan, ular olti oy mobaynida tashqi dunyo
bilan aloqa bog‘lay olishmaydi.
Bu xalq nikoh
to‘ylarini Navro‘z bayramida o‘tkazishni afzal ko‘radi. Kuyov bilan kelin
qishloq ibodatxonasiga olib kelinadi. Ular mehrob yoniga, erkaklar esa kohin
atrofini yarimdoira shaklida o‘rab o‘tirishadi va uzun duolar o‘qishadi. Duo о‘qilgan
vaqtda yonib turgan gulxanga non bo‘laklari tashlab turiladi.
Kohin kuyovning
boshiga suv purkaydi. So‘ngra kuyovning qo‘liga pichoq berilib yoniga echki
keltiriladi. Echkining qoni gulxanga otilib turishi uchun kuyov echkini
gulxanga qaratib qo‘yib so‘yadi. Shundan so‘ng nikoh to‘yi boshlab yuboriladi.
Ertasiga ertalab keksa ayollar kelinga
har xil taqinchoqlar bilan bezatilgan to‘q sariq rang kiyim kiygizadilar,
qo‘liga uzuk, bilakuzuk, qulog‘iga zirak, burnining chap tomoniga buloqi
taqadilar va boshiga odmi rang yupqa gazlamadan salla o‘raydilar.
Kuyov kelin
turgan uy oldiga o‘z jo‘ralari bilan yetib keladi. Qurbonlik uchun keltirilgan
echki so‘yilgach, kuyov uning qonini kelinning yuziga surtadi. Kelinning yuziga
eng yaqin kishilari ham echki qonidan suradilar. Shundan so‘ng kelin bilan
kuyov o‘z xonalariga kirib ketadi.
Indoneziyaning
Bali orolidagi aholisiga yigirmanchi asr yangiliklari yetib borgan bo‘lsa-da,
nikoh an’analari hamon eskicha qolgan. Urf-odatga ko‘ra yigit uylanadigan
qizni, albatta, tunda o‘g‘irlab ketishi shart. Qiz buning uchun ilgaridan
hozirlanib, bisotlarini bir bo‘g‘chaga tugib qo‘yadi, hatto nikoh ko‘ylagi —
sarongni ham unutmaydi.
Qiz o‘g‘irlab
ketilgach, ertasi tongda uning otasi dunyoni boshiga ko‘tarib dod-faryod
qiladi. Bu ovozdan uyg‘ongan qo‘shnilar: «Yana bir to‘yona tayyorlash kerak
ekan», — deb dillaridan o‘tkazib qo‘yadilar. Qiz onasining oh-vohi uzoqqa
cho‘zilmaydi: tushga qolmay «qochoqlar» qaytib keladi. Qarindosh-urug‘lari va
do‘stlari darhol yig'ilishib, ikki kishi sig‘adi- gan maxsus zambilni
bezatadilar. Kuyov-kelinni shu zambilga o‘tqazib ibodatxonaga — kohin huzuriga
ko‘tarib boradilar. Ularning kelishi haqida kohin barvaqt xabardor qilib
qo‘yiladi. Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marta ibodatxonaga
zambilda keltiriladi: birinchi marta yigit yoki qiz balog‘atga yetganda,
ikkinchi marta nikoh to‘yida va uchinchi marta birinchi o‘g‘il ko‘rganda.
Kuyov oq ishton
kiyib, kelin esa binafsharang nikoh kiyimi — sarong kiyib, bo‘yinlariga
gulchambarlar osilgan, boshlariga gullar qadalgan holda ibodatxonaga kirib
boradilar. Shu payt nog‘ora chalinib tantana boshlab yuboriladi. Ibodatxona- da
kohinlar kuyov bilan kelinning qoziq tishlarini
egovlay boshlaydilar, egovlash bir necha kun davom etadi. Egovlangan tishdan
tushayotgan kukun ehtiyotkorlik bilan oltin idishga yig‘iladi va kokos
yong‘og‘iga solib ota-bobolar mehrobi yonida kuydiriladi. Shundan keyin kohin
kuyov bilan kelinning bo‘yniga oq gulchambar osadi. Shu bilan nikoh marosimi
tugaydi. Bu oroldagi
diniy qonunlarga ko‘ra kelin erini Ramu tangri qatori hurmat qilishi va unga
sadoqatli bo‘lishi shart.
Hindistonning
Orissa va Andxra shtatlari chegarasida Machkand daryosining shimoli g‘arbida
bondo qabilasi yashaydi. Ularning o‘zlariga xos urf-odatlari va qonun-
qoidalari bor. Bu diyorda uylanadigan bo‘ydoq yigitlar ham, turmushga
chiqadigan qizlar ham maxsus uylarda yashaydilar.
Yigitlar qizlar
(yoki ayollar) uyiga mehmon bo‘lib kelishi mumkin. Ayollar bo‘ydoqlarni o‘choq
atrofiga o‘tqazib sago palmasi sharbati va qovurilgan kalamush go‘shti bilan
mehmon qiladi. Yigitlar o‘tirish tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishlari
shart; qizlar bironta nojo‘ya ish qilib qo‘ygan yigitning ta’zirini
berishadi. Qizlarning qo'llariga taqqan bilakuzuklari tirsak- larigacha yetib
turadi. Bu qo'llar bilan tarsaki tushirilsa bormi, yigit qilmishiga ming-ming
pushaymon yeydi.
Turmushga
chiqishni orzu qilayotgan qizlarning sochlari taqir qilib qirilgan, bo‘yinlari
turli taqinchoqlar bilan to‘la bo‘ladi. Bondo qizlari, odatda, o‘zlaridan
olti-yetti yosh kichik bo‘lgan yigitlarga turmushga chiqadi. Agar xotini eridan
yosh bo‘lsa, eriga bo‘ysunishi kerak bo‘ladi. Bu qabilada hamma vaqt yoshi
kattaning so‘ziga quloq solinadi. Demak, xotin eridan katta bo‘lganligidan
erining ixtiyori xotini qo‘lida bo‘ladi. Yosh erga tegishning yana bir sababi
shuki, xotini qariganda eri unga nisbatan yosh va baquwat bo‘lganligidan dala
ishlarini bajarib, ovchilik qilib ro‘zg‘orni tebratib turadi.
Er katta yoshdagi xotini ustiga yoshroq
ayolga uylanishi ham mumkin. Bunda er ham, yosh kundosh ham katta xotinga
itoat etadi. Biror sabab bilan xotin erdan ajralsa, boshqa erga tegishga
haqlidir. Erga tegish uchun bu xotin yana o‘sha kulbada — turmushga
chiquvchilar maxsus uyida istiqomat qila boshlaydi.
Hindiston
xalqining nikoh to‘ylari ham boshqa xalqlarnikidan farq qiladi. Awalo eng
yaxshi, ezgu ishlarning homiysi Ganesh tangriga sig‘inish lozim. Hindular
Ganesh tangri hamma joyda, barcha tantanalarda hozir-u nozir deb ishonadi.
Kuyov bilan kelin guruch, qand, kokos yong‘og‘i keltirib, Ganesh tangri haykali
yoniga qo‘yadi va haykal ustidan suv quyadi. Shundan so‘ng kuyov bilan kelinni
alohida-alohida xonaga olib kiradilar. Ular oilaviy turmushga qadam qo'yishdan oldin bu xonalarda nafaslarini rostlashlari lozim. Ertasi kuni kelinga
nikoh ko‘ylagi kiydiriladi. Bezaklari, taqinchoqlari bilan birga bu kiyimning
og‘irligi 15 kilogrammcha keladi. Nikohdan bir kun oldin oqshom paytida kelin
«mehndi» marosimida ishtirok etadi. Bu marosim kelinning oyoq-qo‘liga juda
murakkab naqsh-gul solishdan iborat. «Mehndi» marosimidan keyin kelinning
kaftlariga xina qo‘yish marosimi o‘tkaziladi.
Nikoh kuni
kuyov filga minib, bashang mulozimlar qurshovida kelin huzuriga keladi. Kelin
kuyov kelishini shiyponda kutib o‘tiradi. Dugonalari kelinni qurshab olib
unga yoqimli
ashulalar aytadilar, qulog‘iga
quvonchli so‘zlar shivirlaydilar, yuz-quloqlariga xushbo‘y atir-upalar
suradilar.
Qaynona kuyovni
ayollar xonasiga olib kiradi. Shu xonada kuyov boshdan oyoq nikoh pardasiga
o‘ralgan, harir ro‘mollar ichidagi kelinga birinchi bor nazar tashlash
sharafiga muyassar bo‘ladi. Kuyov bilan kelin oldiga katta kumush idishda suv
qo‘yadilar. Idishga nikoh uzugi tashlanib, suv ustiga nilufar yaproqlari
yopiladi. Kuyov bilan kelin suv ostidagi uzukni qidi- rar ekan, birinchi bor
qo‘llari qo‘lga tegadi. Uzuk topilgach, ular er-xotin hisoblanadi. Nikoh to‘yi
esa bir hafta davom etadi.
«Biz habashlar
to‘yiga tasodifan duch kelib qoldik, — deb hikoya qiladi shu o‘lkada bo‘lgan
sayyoh. — Ularda to‘y, odatda, bir necha hafta davom etar ekan. Yoshlarning
boshini biriktirib qo‘yish masalasini ota-ona hal qiladi. Bo‘lg‘usi kelin-kuyov ko‘pincha bir-birini mutlaqo tanimaydi. Oila boshlig‘i ma’lum qarorga
kelgach, qarindoshlari bilan maslahatlashib, qizning uyiga bir yoki ikki kishini
sovchi qilib yuboradi. Ishning qolganini sovchilar bitiradi. Sovchilar qizning
uyida awaliga har to‘g‘rida suhbatlashib o'tirishadi, keyin nima maqsadda
kelishganini shama qilib qo‘yishadi. Agar ularning niyatini qiz tomon ma’qul
topmasa, ko‘ngilni qoldirmaslik uchun turli bahonalar topishadi. Qizimiz hali
yosh yoki boshqa yigitga unashib qo‘yganmiz, deydi va hokazo. Agar har ikkala
tomon rozi bo‘Isa, unashish kuni belgilanadi. Shu kuni yigit otasi va
qarindoshlari bilan birga sovg‘a-salomlar ko‘tarib qizning uyiga boradi. Erkak
qudalar yangi oila uchun har ikkala tomondan qancha yer-suv, mol va boshqa
narsalar ajratilishini muhokama qiladilar. Shundan keyin guvohlar oldida to‘y
kuni belgilanadi. Agar qiz yosh bo‘lsa, to‘y bir necha yil kechiktirilishi ham
mumkin.
Kuyovni
bir xilda kiyingan qizlar kutib oladi. Ular orasida kelin ham bo'ladi, lekin
kuyov qizni hali biron marta ko‘rmagan, shuning uchun uning qizlar orasidan
kelinni topishi oson bo‘lmaydi. Qizlar parda orqasiga bekinadi. Kuyov bilan
kelganlardan biri yo‘lini qilib kelinni dugonalari orasidan tanib olishga
harakat qiladi. Kelin tanib olingandan keyin kuyov huzuriga qo‘lda ko‘tarib
olib chiqiladi. Bu yerdagi qisqa mud- datli tantanadan keyin hamma kuyovning
uyiga mehmondorchilikka boradi. Biz ana shu mehmondorchilik ustidan chiqib
qolgan ekanmiz».
Shunisi
qiziqki, habashlarda turmush qurgandan keyin xotinga katta erkinlik beriladi.
Ularda sadoqat tushunchasi boshqa xalqlamikidan mutlaqo boshqacha. Bu xalqda
eng obro‘-e’tiborli xotin ham eri uzoq safarga ketganda istagan erkakni o‘ziga
jalb qilishi mumkin.
Bu
o‘rinda er tashabbuskor bo‘lib, uyda o‘z o‘miga ishonchli xizmatkomi qoldirib
ketgan. Bu — qadimdan qolgan odat. Erkaklar uzoq safarga chiqayotganlarida
xotinlarini birga olib yurib charchatib qo‘ymaslik uchun safarga boshqa ayolni
olib ketishar ekan.
Habashistonda
erga tegish barcha huquqlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Ayol turmushga
chiqqanini bildirish uchun eri sovg‘a qilgan turli taqinchoqlami taqib yuradi.
Bular sochga taqiladigan lenta, oyoqqa taqiladigan bilaguzuk yoki ko‘zgu,
soyabon, shoyi ko'ylak bo‘lishi mumkin. Erkaklar uchun esa uylanish — voyaga
yetish demakdir. Odatda, kuyovga ota-onasi miltiq va boshqa qurollar sovg‘a
qilishadi.
Bu
yerda to‘y qilishning boshqa tartiblari ham bor. Ba’zan yigit qizning uyiga
kelib uning otasi qo‘l ostida ishlab yuradi. Qiz voyaga yetgandan keyin to‘y
qilishadi. Ko‘pincha kam
bag‘al
oiladan chiqqan yigitlargina shunday yo‘l bilan uylanadi. Negaki, kambag‘al
ota-ona kerakli miqdorda qalin, yer-suv, mol va boshqa narsalar berolmaydi.
Kelinning aka-ukasi va otasiga qarashadigan boshqa kishisi bo‘lmagan hollarda
ham kuyov shu tarzda qaynotasiga xo‘jalik ishlarida ko‘maklashishi mumkin.
Habash
xalqida er-xotin rozi bo‘lsa, ajrab ketishi ham mumkin. Bunday hollarda kelin
ham, kuyov ham o‘z ota-onasi bergan narsalami qaytarib olib ketadi. Birgalikda
yashagan vaqtda to‘plangan mulklar o‘rtada halol bo'linadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.