Kelinlar yarmarkasi
Sanoat
mahsulotlari yarmarkasi, kiyim-kechaklar yarmarkasi, kitob yarmarkasi, boshqa
ko‘p xil yarmarkalar bo‘lishi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin kelinlar yarmarkasi
bo‘lishi kishining tushiga ham kirmagan.
Marokashning
Atlas tog‘lari etagida joylashgan Imilxil degan so‘lim qishloqda har yili kech
kuzda kelinlarning uch kunlik yarmarkasi o‘tkaziladi. Mamlakatning turli
burchaklari- dan yo‘lga chiqqan suluv qizlar va oila qurish ishtiyoqida yurgan
yigitlar tuyada, otda, aravada, hatto piyoda yurib Imilxil qishlog‘idagi maxsus
maydonga yig‘ilishadi. Yarmarka ochil- gach, yigitlar qizlami bamaylixotir
sinchiklab tomosha qilib, kuzatib yurishadi. Shu tariqa o‘zlariga munosib
qalliq tanlaydilar.
Tengi
bilan topishgan har bir yigit 20 dirhamdan pul to‘lab nikoh qog‘ozi oladi.
Viloyat boshlig‘i kelib hamma kelin-kuyovni biryo‘la nikohlaydi. Shundan
keyin kelinlarning ismi- shariflari maxsus daftarda qayd qilinadi. Nikohning
rasmiy qismi tugagach, o‘yin-kulgi, nikoh bazmi boshlanadi. Nikoh bazmidan
so‘ng kelin shu yerdan to‘p- pa-to‘g‘ri kuyovnikiga yo‘l oladi.
Kuyovto‘ra
tuya yoki otda, jufti haloli — kelinposhsha esa uning ortidan piyoda yo‘lga
ravona bo‘ladilar.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.