Yerdan 40 yorug‘lik yili uzoqlikda bo‘lgan tizimda magmali sayyora aniqlandi 

471

Nyu-Yorkdagi Flatiron instituti astrofiziklari qizg‘ish va o‘ta yuqori haroratgacha bo‘lgan magmali ekzosayyorani aniqlashdi. 

Sayyoraga 55 Cancri e nomi berildi. Olimlar uning orbitasini va tizimdagi boshqa sayyoralarning orbitasini tahlil qilib, uning kelib chiqish tarixini qayta qurishga muvaffaq bo‘lishdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sayyora yulduzdan ancha uzoqroqda shakllangan, lekin asta-sekin unga yaqinlashib, bu jarayonda erib ketgan.

Kopernik tizimi deb nomlanuvchi yulduz tizimi Yerdan 40 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. Tizimning markazida Quyoshdan biroz kichikroq to‘q sariq mitti yulduz joylashgan. 55 Cancri e 18 soat ichida uning atrofida to‘liq aylanadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.