Magnit maydoni Quyoshnikidan 10 trillion marta kuchliroq neytron yulduz aniqlandi 

2 885

Niderlandiyadagi Amsterdam universiteti olimlari juda kuchli magnit maydoniga ega bo’lishiga qaramasdan, relyativistik plazma oqimlarini chiqarib yuboruvchi noyob neytron yulduzni aniqlashdi. Zamonaviy nazariy modellarga ko’ra, jetlar zaif magnit maydoniga ega yulduzlarda paydo bo’lishi mumkin. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Neytron yulduzi Yerdan 24 ming yorug`lik yili uzoqlikdagi Swift J0243.6+6124 qo’shaloq sistemada joylashgan. Kompakt ob’ekt yonida joylashgan yirik yulduzdan modda akkretsion diskni hosil qilib, so’nggisiga o’tadi. Neytron yulduzning qutblaridan yondosh yorug`lik tezliklariga erishuvchi ionlashgan zarralar oqimi chiqariladi.

Jetlar qora tuynuklar, oq mittilar va boshqa neytron yulduzlarni o’z ichiga tortib oluvchi, kompanon moddalarni singdiruvchi ko’plab ob’ektlarda aniqlangan. Shu bilan birga, ular kuchli magnit maydoniga ega yulduzlarda kuzatilmagan va u oqimlarning shakllanishiga to’sqinlik qiladi, deb hisoblangan.

Olimlar Swift J0243.6+6124’dan radionurlanishni qayd etishdi, u boshqa o’ziga o’xshash jismlardan 100 barobar kuchsizroq bo’lgan jetlar mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, neytron yulduzning magnit maydoni Quyoshnikidan 10 trillion marta kuchliroq. Bu esa, kuchli maydon diskni itarishi haqidagi, relyativistik oqimlarning magnitli bostirilishi bo’yicha gipotezani rad etadi. U neytron yulduzga yetarlicha yaqin bo’lishi lozim, shunda jet shakllanishi mumkin. Olimlarning fikricha, Swift J0243.6+6124 bilan bog`liq holatda oqimlar diskning katta aylanish energiyasi tufayli shakllanadi, ammo bu taxminni tekshirish kerak.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.