Quyosh yana qancha nur sochib turadi?
Quyosh yadro reaksiyasi
tufayli energiya ajratadi. Bu reaksiya vaqtida vodorod geliyga aylanadi.
Quyosh tarkibidagi vodorod sarflanaverishi natijasida Quyoshning sekin-asta
soviy borishi tabiiy holdir.
Vodorod geliyga
aylangan sari energiyaning Quyosh chekkalariga tarqalishi qiyinlashadi.
Binobarin, energiya Quyoshning markazida to‘planaveradi. Bu esa Quyoshda
haroratning yanada ko‘tarilishiga va energiyaning tobora ko‘proq chiqishiga
sabab bo‘ladi. Shunday qilib, Quyoshdagi vodorod zaxirasi tugashiga yaqin
qolganda Quyosh radiatsiyasi hozirgiga nisbatan 100 barobar ortadi, Yerda
harorat 1000 dan baland ko‘tariladi, okean, dengiz suvlari qaynab ketadi.
Quyoshda yadro
energiyasi manbayi tugagach, Quyoshning hajmi kichraya boshlaydi, chiqadigan
energiya miqdori kamaya boradi. Manba tugab, 5 million yil o‘tgach, Quyosh
chiqaradigan energiya miqdori hozirgi darajasiga tenglashadi. Quyoshning
o‘lchami hozirgi o'lchamidan o‘ndan bir hissa kichik bo‘ladi. Shundan keyin
ko‘p o‘tmay Quyosh so‘na boshlaydi va Yer yuzasida harorat pasayib, 2000° gacha
sovuq bo‘lishi mumkin. Quyosh tobora kichrayib, deyarli Yerdek bo‘lib qoladi va
qorayadi. 10 milliard yildan keyingina shunday bo‘lishi mumkin. Ammo bu
vaqtgacha insoniyatning 100-150 million avlodi almashinadi. Insoniyatning
yuksak rivojlangan aql-idroki ofatdan qutulish vositalarini topadi.
Quyosh, 9 ta yirik
sayyora va ulaming yo‘ldoshlari, o‘n minglab mitti sayyora, ya’ni asteroidlar,
son-sanoqsiz dumli yulduz (kometa)lar va juda ko‘p meteorlardan iborat osmon
jismlari sistemasiga Quyosh
sistemasi deyiladi. Quyosh shu sistemaning markazida joylashgan.
Quyoshning massasi Quyosh sistemasidagi barcha osmon jismlarining umumiy
massasidan taxminan 750 baravar katta. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar
Quyoshning tortish kuchi tufayli harakatlanadi. Barcha yirik sayyoralar:
Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va Pluton Quyosh
atrofida bir xil yo‘nalishda harakatlanadi. Ular ayni vaqtda o‘z o‘qlari
atrofida ham aylanadilar.
Quyosh sistemasidagi
sayyoralar juda tarqoq joylashgan. Bu sayyoralaming kattaligini va ular
orasidagi masofalarni tasawur etish uchun 1:15000000000 (ya’ni 1 millimetrda
15000 kilometr) masshtab bilan ifodalashga urinib ko‘ramiz.
Shu masshtabda olganda
Yerning diametri 1 millimetrga yaqinlashadi, Oyning diametri — 0,25 millimetr,
Quyoshning diametri esa 10 santimetrga tenglashadi.
Quyosh sistemasini qog‘ozda chizma
tarzida tasvirlaydigan bo‘lsak, Quyosh bilan Yeming oralig‘i 10 metr, Yer bilan
Oyning oralig‘i esa 3 santimetr bo‘ladi. Quyosh sistemasida jismlarga,
moddalarga nisbatan bo‘sh joylar ko‘proq ekanligi chizmadan ko‘rinib turadi.
Yer bilan Quyosh oralig‘ida harakatlanadigan Merkuriy sayyorasi Quyoshdan 4
metr uzoqda bo‘lib, diametri mazkur masshtab bo‘yicha 0,33 millimetrga teng.
Diametri 1 millimetrcha keladigan Venera sayyorasi esa Quyoshdan 7 metr uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Marsning diametri chizmada 0,5 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 15 metr. Marsning Yerga har 15 yilda bir marta yaqinlashish masofasini chizmada 4 metr bilan ifodalash mumkin.
Sayyoralaming eng
ulkani — Yupiteming diametri chizmada 1 santimetr, Quyoshdan uzoqligi mazkur
masshtabda 52 metmi, Satumning diametri 8 millimetmi, Quyoshdan uzoqligi 100
metmi tashkil etadi.
Quyosh sistemasining
yettinchi sayyorasi Uranni chizmamizda 3 millimetr kattalikda tasvirlash,
Quyoshdan uzoqligini 196 metr qilib ko‘rsatish mumkin. Neptun sayyorasining
diametri chizmada 3 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 300 metr.
Quyosh sistemasining
eng chekka sayyorasi Pluton chizmada Yerdan biroz kichikroq bo‘lib, Quyoshdan
uzoqligi 400 metmi tashkil etadi. Garchi Pluton Quyosh sistemasining chekka
sayyorasi bo‘lsa-da, uning orbitasi chizmaning chegarasi bo‘la olmaydi.
Chunki Quyosh sistemasida sayyoralardan tashqari kometalar ham uchraydi. Ayrim
kometalaming orbitalari Quyoshga nisbatan yaqin (chizmamizda 12 millimetr
masofada), ayrimlari uzoq joylashgan (chizmada 1700 metmi tashkil etadi).
1:15000000000 masshtabli chizmada Quyosh
sistemasining eni (kengligi) 3,5 kilometmi va maydoni 9 kvadrat kilometmi
tashkil etadi. Shunchalik katta maydonda bizning sayyoramiz, ya’ni Yer atigi 1
millimetr joyni egallaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.