Braziliyalik tabiatshunoslar ikki boshli ko`rshapalakni topishdi
Braziliyalik tabiatshunoslar juda kam uchraydigan ikki boshli ko`rshapalakni topishdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur siam egizaklariga o`xshash ko`rshapalak olimlarning qanday holatlarda ikki boshli ko`rshapalaklar tug`ilishi mumkinligi haqidagi savollariga javob topib beradi.
"Bu topilmadan juda ham hayratga tushdim. Butun kareram davomida turli xil ko`rshapalaklarni uchratdim, lekin ularning birortasi mazkur "siam egizaklari”ga o`xshamaydi”, dedi Rio-de-Janeyro universiteti olimi Marselo Nogeyra (Marcelo Nogueira).
