Yangi Zelandiya sohilida eng yirik pingvin qoldiqlari topildi
Grinvichdagi (AQSH) Bryus muzeyi olimlari eng katta pingvinning toshga aylangan qoldiqlarini topishdi: hayvonning og‘irligi 154 kilogramm bo‘lgan va 50 million yil avval Yangi Zelandiya yaqinidagi suvlarda yashagan. Topilmaning tadqiqot natijalari “Journal of Paleontology” ilmiy jurnalida chop etilgan.
“Yangi Zelandiyadagi yaqinda topilgan qazilma topilmalar pingvinlar jamoasida hayratlanarli xilma-xillikni ochib berdi. Eng katta namuna yangi turdagi “Kumimanu fordycein” ekanligi aniqlandi. Bu pingvin Yerda yashagan eng kattasi hisoblanadi”,– deyiladi hisobotda.
Yangi Zelandiya plyajida boshqa pingvin turlarining qoldiqlari bilan birga “Kumimanu fordycein” nomini olgan yangi turning deyarli to‘liq skeleti ham topilgan. Tadqiqotchilar tomonidan ushbu ulkan qush vazni 154 kilogrammga baholandi. Bu uni hozirgi kungacha ma’lum bo‘lgan eng katta pingvinga aylantiradi.
Qayd etilishicha, avvalgi eng katta pingvin “Palaeeudyptes klekowskii” hisoblangan, u taxminan 37 million yil oldin Antarktidada yashagan va og‘irligi 116 kgni tashkil etgan.
Topilma mualliflarining fikricha, “Kumimanu fordycein” isbatan ibtidoiy qanot suyaklariga ega bo‘lgan, ular ucha olmagan, lekin ushbu turga mansub pingvinlar zamonaviylariga qaraganda ko‘proq uchuvchi qushlarga o‘xshab ketar edi. Shuningdek, olimlar “K.fordycein”ning ulkan hajmi gigantizmning eng qadimgi pingvinlarda rivojlanganligini ko‘rsatadi, deya hisoblashadi. Katta tana hajmi, ehtimol, qushlarga haroratni samaraliroq ushlab turishga va yaxshiroq sho‘ng‘ishga yordam bergan bo‘lishi mumkin.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.