Yaponiyalik qariya karate yordamida ayiq hujumini qaytardi
Yaponiyalik pensioner erkak jang san`ati usullarini qo`llagan holda ayiq hujumidan qutulib qoldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, o`zining tomorqasida ishlayotgan 68 yoshli erkakga ulkan ayiq hujum qilgan.
Erkak mahalliy maktablardan birida yoshlarga jang san`atini o`rgatish bilan shug`ullanib kelgan. U jang san`ati usullarini qo`llagan holda ayiqqa zarba berdi. Ayiq qochib ketganiga qaramay, erkakga engil tan jarohati etkazishga ulgurdi.
