Indoneziya qirg`oqlarida noma`lum maxluqning jasadi paydo bo`ldi
Indoneziya qirg`oqlariga to`lqin ulkan noma`lum dengiz maxluqining jasadini chiqarib tashladi, deb xabar berdi tjournal.ru nashri.
Indoneziyaning Maluku viloyatida yashovchi baliqchilar 15 metrli noma`lum maxluqning fotosuratlari va videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdi. Avvaliga mahalliy aholi maxluqning jasadini qirg`oqda turgan qayiq, deb o`ylashdi.
Baliqchilarning aytishicha, mahluq ulkan kalmar yoki kashalotga o`xshar ekan. Ular mahulliy hukumatga jasadni suvdan chiqarishni so`rab, murojaat qilishdi. Chunki ayniy boshlagan jasad suvni qizg`ish tusga kiritgan.
Maxluqning qaysi hayvon turiga mansubligini aniqlash uchun okeanshunos olimlar etib kelgan. Ular jasad qirg`oqda uch kundan beri yotganligini aniqlashdi.
Qishloq xo`jalik munisipial boshqarmasi vakili (Cagdianao Municipal Agriculture Office)ning ma`lumot berishicha, mazkur jasad suv sigiri yoki o`sha joyda yashovchi bukri kitga tegishli. Taxminlarga ko`ra, uning og`irligi 35 tonnani tashkil etadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.