Hayratomuz dalillar 

6 936

1.Dengiz yulduzi oshqozonini tashqariga chiqarishi mumkin.

2.Eng uzoq vaqt suvsiz yura oladigan jonzot – kalamush.

3.Begemotlar suv ostida dunyoga keladi.

4.Orangutanlar yuzaga kelayotgan xavf haqida oldindan xabar beradi.

5.Urg`ochi fillar yangi tug`ilgan "chaqaloq” ni 2 yil ko`tarib yuradi, keyin esa yana 2 yil o`z suti bilan boqadi.

6.Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak bo`ladi.

7.Sherlar galasida o`ljaning 90% ini urg`ochi sherlar topib keladi.

8.Yalqov (hayvon) umrining 75% ini uyquda o`tkazadi.

9.Kolibri yura olmaydi.

10.Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan "Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi g`alati hayvon nima?” deb so`rashgan, ular esa "Kenguru” deya javob berishgan. Bu esa "Tushunmaymiz”, degan ma`noni anglatadi.

11.O`txo`r hayvondan yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yo`li: yirtiqchlarda ko`zlar o`z qurbonini ko`rish uchun yuzning old tominida joylashgan bo`ladi, o`txo`rlarda esa yuzning ikki chetida – o`z dushmanlarini ko`rish uchun.

12.Yerda yashagan barcha hayvonlarninig 99%i qirilib ketgan.

13.Asalari 1 kilogram asal yig`ish uchun 2 milliondan ortiq gulga qo`nishi kerak.

14.Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.

15.Afrikadagi ba`zi qabilalarning tilida "Orangutang” so`zi "junglidan kelgan odam” ma`nosini beradi.

16.Shimpanzelar o`zini ko`zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.

17.Odam va fillar – boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.

18.Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho`ng`ish uchun og`ir toshlarni yutib yuboradi.

19.Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugira oladi.

20.Ginnesning rekordlar kitobi ilk bor 1955-yil sotuvga chiqarilgan.

21.Sahroi Kabirda bir martagina – 1978-yilning 18-fevralida qor yoqqan.

22.Eskimoslar tilida "qor” so`zini ifodalash uchun 20 dan ortiq so`z bor.

23.Kanada so`nggi 5 yil ichida 4 martta BMT tomonidan yashash uchun eng zo`r mamlakat deb e`lon qilindi.

24.Mushukning bosh suyagi tepa va pastga harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa to`rt tarafga harakatlana oladi.

25.Urg`ochi gepardlar kiyikning bolasini tutib kelib, bolalariga ov qilishni o`rgatishda ko`rgazmali qurol sifatida foydalanadi.

26.Afrika tuyaqushininig 15 santimetrlik tuxumi 1,8 kilogramm keladi.

27.Jirafa tug`ilgan zaxoti hayotdan oladigan ilk taassuroti – 2 metr balandlikdan boshi bilan qulash.

28.Tinch okeanidagi Mariana botig`iga Everest cho`qqisi bemalol "sig`adi”.

29.Abxaziya Respublikasining nomi abxazcha "apsin” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, o`zbek tilida bu so`z "qalb o`lkasi” degan ma`noni bildiradi.

30.Ukraina hududi jihatdan Yevropada eng yirik davlatdir. Uning maydoni – 603700 km.kv.

31.Mongoliya davlatining hududi – 1566000 km.kv. Qizig`i shundaki, bu hududning 80%ini o`tloq va yaylovlar egallagan.

32.Avstraliya mamlakatini hech ikkilanmasdan akatsiyalar o`lkasi deb atash ham mumkin. Chunki bu daraxtning 500 dan ortiq turi ushbu mamlakatda o`sadi. 20 mingdan ziyod o`simlik turiga ega bo`lgan Avstraliyaning "yashil qit`a” deb nomlanishini esa ko`pchilik bilsa kerak.

33. Yaqinda arxeologlar qadimgi Troya hududida har biri turlicha davrga xos yettita qishloqni topishdi.

34.Kamalak yerdan turib qaralganda yoy shaklida ko`rinadi. Samalyotdan esa butun doira bo`lib ham ko`rinishi mumkin.

35.Pomirninig eng yuqori nuqtasi bo`lgan Kommunizm cho`qqisi (7495 metr) 1932-yilga qadar Ismoil Somoniy deb atalgan, 1932-yildan 1962-yilgacha esa uning nomi "Stalin cho`qqisi” bo`lgan.

36.1983-yil davomida birorta ham odam tug`ilmagan davlat – Vatikan.

37.Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi mumkin.

38.So`nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi.

39.Dunyodagi eng uzun osma ko`prik bo`lmish Akasi-Kaykyu(Yaponiya) troslari bir-biriga ulansa, Yer sharini yetti martta aylantirib chiqish mumkin.

40.Nil daryosi ikki marta – IX va XI asrlarda muzlagan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.