Tabiatdagi ajoyib hodisa 

4 106

Okean va dengizlarning qirg`oqlarida ajoyib hodisaning guvohi bo’lish mumkin. Dengiz suvi kuniga ikki mahal muayyan vaqtda sirroza yopirilib ko’tariladi, keyin yana orqaga chekinadi. Bu hol esa suv ko’tarilishi va qaytishi deb yuritiladi.

Sohillarda yashovchi halqlarga suvning ko’tarilishi va qaytishi qadimdan ma’lum. Suv qayttan vaqtda qirgoq yonidagi dengiz tubi bir necha o’nlab, hatto, yuzlab metrgacha ochilib qoladi. Shunda suv tubidagi turli mayda jonivorlarni, qum va toshlarni ko’rish mumkin. Suv qaytgan vaqtda qushlar tosh va qumlar orasidagi turli jonivorlarni, baliqlarni qidirib kezib yuradilar.

Suvning ko’tarilishi va qaytishi butun okeanda ro’y beradi, lekin uni faqat qirg`oqda kuzatish mumkin. Tor qo’ltiqlarda suv juda tez ko’tariladi. Masalan, Oq dengizning ba’zi joylarida suvning ko’tarilish tezligi soatiga 15 km ga yetadi. Suv qaytgan vaqtda ochilib qolgan dengiz tubidagi jonivorlar bilan qiziqib uzoqda ketib qolish ancha xavfli, chunki suv yana ko’tarilgan vaqtda dengiz to’lqini ostida qolib ketish ehtimoli bor.

Suv ko’tarilishi va kamayishini bir sayyoh bunday tasvirlaydi:
«Men sohilga chiqqanimda kech kiraboshlagan edi. Shu payt suv qaytib, qirg`oqdan bir kilometr chamasi uzoqlashdi. Suv ostida qoyalar va qoyalarga yopishib turgan suv o’tlari ochilib qoldi. Atrofdagi kishilar dengiz tubidan «hosil» yig`ishtirishga kirishdilar. Oyoq yalang bolalar qum orasidan nimalarnidir qidirar, bir chol bilan qizcha qisqichbaqalarni tutar, ayollar suv o’tlarini yig`ishtirib bir joyga to’plar, erkaklar esa to’plangan o’tlarni aravalarda qirg`oqqa olib chiqardi. Ular suv o’tlarini quritib o’g`it sifatida yerga soladi, mollarga beradi; ulardan dori-darmon tayyorlash ham mumkin. Hamma shu tarzda o’z ishi bilan band edi, shu vaqt suv ko’tarilib qirg`oqqa tomon yopirila boshladi. Hamma shoshib-pishib qirg`oq tomon yugurishdi va qirg`oqdan ancha uzoqda ketib qolishdi. Men bitga o’zim qirg`oqdagi qoyaga o’girganimcha qoldim. Ko’tarilayotgan dengiz suvi toshlarga urilib, qirg`oq tomon intildi. Ochilib yotgan dengiz tubi yana suv ostida qoldi. Dengiz suvi tik qirg`oqqa kelib urilib, men o’tirgan qoya tagida dengiz tulqinlari mavj ura boshladi. Suv qirg`oqqa urilgan hamono ko’piklanib yuqori ko’tarilar, bo’m-bo’sh qirg`oqda tanho o’tirganimdan go’yo  g`azablanayotgandek yuzimga sachrar edi»

Suvning ko’tarilish va qaytish sabablari uzoq vaqtlargacha sir bo’lib kelgan. Suv ko’tarilish xodisasini dastlab bevosita sinab ko’rganlardan biri Iskandar Zulqarnayn bo’lgan deyishadi. Iskandar Zulqarnayn Hindistonning shimoli-g`arbiy qismini zabt etganidan keyin kemalarda Hind daryosi bo’ylab janubga tomon yo’l olgan. Okeanda suv ko’tarilish natijasida vujudga kelgan oqim daryoning qo’yi qismida suvni orqaga burib, kemalarni turli tomonga tarqatib yuborgan. Iskandar nafasini rostlab olganidan keyin dengiz yuzasi qanday holatdaligini aniqlash uchun daryoning quyilish tomoniga bitta otliqni yuborgan. Suvning tong paytida ko’tarilishini aniqdab olgach, u kemalarni tartibga solib, yarim tunda okeanga chiqqan, suv ko’tarilishi paytida vujudga kelgan oqim yordamida okeandan daryoga kirib olgan.

Iskandar Zulqarnayndan uch asr keyin Strabon o’zining «Geografiya» degan asarida, okean suvining harakati osmon yoritgichlarining aylanma harakatiga mos keladi, degan; bunda u ko’proq Oyning tortish kuchini nazarda tutgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.