Tabiatdagi ajoyib hodisa
Okean va
dengizlarning qirg`oqlarida ajoyib hodisaning guvohi bo’lish mumkin. Dengiz suvi kuniga ikki mahal muayyan vaqtda sirroza yopirilib
ko’tariladi, keyin yana orqaga chekinadi. Bu hol esa suv ko’tarilishi va qaytishi
deb yuritiladi.
Sohillarda yashovchi halqlarga suvning
ko’tarilishi va qaytishi qadimdan ma’lum. Suv qayttan vaqtda qirgoq yonidagi dengiz
tubi bir necha o’nlab, hatto, yuzlab metrgacha ochilib qoladi. Shunda suv tubidagi
turli mayda jonivorlarni, qum va toshlarni ko’rish mumkin. Suv qaytgan vaqtda qushlar
tosh va qumlar orasidagi turli jonivorlarni, baliqlarni qidirib kezib yuradilar.
Suvning ko’tarilishi va qaytishi butun
okeanda ro’y beradi, lekin uni faqat qirg`oqda kuzatish mumkin. Tor qo’ltiqlarda
suv juda tez ko’tariladi. Masalan, Oq dengizning ba’zi joylarida suvning ko’tarilish
tezligi soatiga 15 km ga yetadi. Suv qaytgan vaqtda ochilib qolgan dengiz tubidagi
jonivorlar bilan qiziqib uzoqda ketib qolish ancha xavfli, chunki suv yana ko’tarilgan
vaqtda dengiz to’lqini ostida qolib ketish ehtimoli bor.
Suv ko’tarilishi va kamayishini bir
sayyoh bunday tasvirlaydi:
«Men sohilga chiqqanimda kech kiraboshlagan
edi. Shu payt suv qaytib, qirg`oqdan bir kilometr chamasi uzoqlashdi. Suv ostida
qoyalar va qoyalarga yopishib turgan suv o’tlari ochilib qoldi. Atrofdagi kishilar
dengiz tubidan «hosil» yig`ishtirishga kirishdilar. Oyoq yalang bolalar qum orasidan
nimalarnidir qidirar, bir chol bilan qizcha qisqichbaqalarni tutar, ayollar suv
o’tlarini yig`ishtirib bir joyga to’plar, erkaklar esa to’plangan o’tlarni aravalarda
qirg`oqqa olib chiqardi. Ular suv o’tlarini quritib o’g`it sifatida yerga soladi,
mollarga beradi; ulardan dori-darmon tayyorlash ham mumkin. Hamma shu tarzda o’z
ishi bilan band edi, shu vaqt suv ko’tarilib qirg`oqqa tomon yopirila boshladi.
Hamma shoshib-pishib qirg`oq tomon yugurishdi va qirg`oqdan ancha uzoqda ketib qolishdi.
Men bitga o’zim qirg`oqdagi qoyaga o’girganimcha qoldim. Ko’tarilayotgan dengiz
suvi toshlarga urilib, qirg`oq tomon intildi. Ochilib yotgan dengiz tubi yana suv
ostida qoldi. Dengiz suvi tik qirg`oqqa kelib urilib, men o’tirgan qoya tagida dengiz
tulqinlari mavj ura boshladi. Suv qirg`oqqa urilgan hamono ko’piklanib yuqori ko’tarilar,
bo’m-bo’sh qirg`oqda tanho o’tirganimdan go’yo g`azablanayotgandek yuzimga
sachrar edi»
Suvning ko’tarilish va qaytish sabablari
uzoq vaqtlargacha sir bo’lib kelgan. Suv ko’tarilish xodisasini dastlab bevosita
sinab ko’rganlardan biri Iskandar Zulqarnayn bo’lgan deyishadi. Iskandar Zulqarnayn
Hindistonning shimoli-g`arbiy qismini zabt etganidan keyin kemalarda Hind daryosi
bo’ylab janubga tomon yo’l olgan. Okeanda suv ko’tarilish natijasida vujudga kelgan
oqim daryoning qo’yi qismida suvni orqaga burib, kemalarni turli tomonga tarqatib
yuborgan. Iskandar nafasini rostlab olganidan keyin dengiz yuzasi qanday holatdaligini
aniqlash uchun daryoning quyilish tomoniga bitta otliqni yuborgan. Suvning tong
paytida ko’tarilishini aniqdab olgach, u kemalarni tartibga solib, yarim tunda okeanga
chiqqan, suv ko’tarilishi paytida vujudga kelgan oqim yordamida okeandan daryoga
kirib olgan.
Iskandar Zulqarnayndan uch asr keyin
Strabon o’zining «Geografiya» degan asarida, okean suvining harakati osmon yoritgichlarining
aylanma harakatiga mos keladi, degan; bunda u ko’proq Oyning tortish kuchini nazarda
tutgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.