G'aroyib ko'llar 

6 729

  Jazoir davlatidagi Sidibel Abbos shahrining shundoq biqinida suv o‘rnida ko‘m-ko‘k siyoh bilan to‘lgan tabiiy ko‘l bor. Mazkur ko‘lda na baliq, na o‘smlik dunyosi ko‘rinadi, sababi ma'lum - siyoh zaharli! Kerakli tadqiqotlarni o‘tkazib bo‘lgan olimlar «siyoh ko‘li»ning sirini aniqlashdi. Hamma gap ko‘lga quyiladigan ikkita daryo tarkibidagi moddalarda ekan. Jilg‘alarning biri juda ko‘p miqdorda temir moddasiga ega tuzlar eritmasiga, torfga boy botqoqliklar bo‘ylab kelgan, boshqasning tarkibi esa turli organik birikmalarga to‘yingan ekan. Ularning aralashuvidan siyoh miqdori ko‘payaverar ekan. Kimdir ko‘lni shayton vasvasasi, yana birov rahmon ne'mati deydi. Bizningcha, ikkinchi kifr to‘g‘ri, nafaqat mamlakat do‘konlarida, balki Afrika, O‘rta Yer dengizi mamlakatlari, Yaqin va O‘rta Sharqda ham o‘z xaridorlariga ega bu ko‘l Jazoirga mo‘maygina daromad keltiryapti.
 
  Tirinidad orolini dunyoga tanitgan ko‘l esa bundan-da ajoyib. Xoh ishoning, xoh ishonmang, unga kirolmaysiz ham, cho‘milolmaysiz ham. Sababi, sobiq loy vulqoni krateridagi 46 gektarlik ko‘l rosmana asfaltning o‘zginasi. Gap shundaki, vulqon teshigi orqali ancha chuqurlikdan chiqayotgan neft havoda bug‘lanib, o‘zidagi barcha uchadigan moddalardan judo bo‘lgach, asfaltga aylanadi. Bu jarayonning hammasi ko‘l markazidagi kotlovanda sodir bo‘ladi. Suyuq asfaltning yangidan yangi qatlamlari paydo bo‘laveradigan joyni bejizga «Ona ko‘l» deb nomlashmagan. Chunki ko‘ldan yiliga 150 ming tonna asfalt olinsa-da, Tirinidad kamayib qolmaydi. O‘zining tuzi zaharlari bilan shuhrat topgan O‘lik dengiz ham qimmatbaho mum qatlamlariga ega. Bu dengiz suvi haddan ziyod sho‘rligi bois, undan hech kim cho‘kmasligini butun dunyo biladi. O‘lik dengiz suvi tarkibidagi bunday noyob moddani ajratib olish qadim zamonlarda boshlangan. Mazkur mum tibbiyotda, yo‘l qurilishlarida, kemalar yuzasini qoplashda, kimyo sanoatida, xullas, turli sohalarda ishlatiladi. Biroq hamma «o‘lik» dengizlar ham saxovat ko‘rsatavermas ekan.
 
  Sitsiliyada joylashgan haybatli suv havzasi Ajal ko‘lining nafaqat suvi, balki qirg‘og‘ida ham na biror tirik jon, na biror o‘smlik kun ko‘radi. Hatto qushlar ham simob rang suyuqlik yuzasidan uchib o‘tolmaydi Biroq 1999-yilda olimlar o‘tkazgan g‘oyat xatarli tadqiqotlar xulosasi hayratlanarli bo‘ldi: ko‘ldagi konsentrlangan oltingugurt ishqori uning tubidagi ikkita manbadan otilib chiqar ekan.
 
  Rossiyaning oltoy viloyatida joylashgan Bo‘sh ko‘l siri esa shu choqqacha ochilmagan. Chor atrofdagi barcha suv havzalari baliqlaru ko‘l parrandalari bilan to‘planib yotsa-da, Bo‘sh ko‘l qirg‘og‘ida hech vaqo - na o‘t-o‘lan, na baliq, na qush bor. Bo‘sh ko‘lga baliplar bor irmoqlardan ikkitasi quyilsa ham foydasi sezilmaydi. Tadqiqotchilar sirli ko‘lga nabodot va hayvonot dunyosini o‘n martalab olib kirishga harakat qilishdi. Biroq barcha izlanishlar besamar ketdi: baliq va boshqa jonzotlar bir-ikki kunda qirilib, o‘smliklar chirib bitdi. Bo‘sh ko‘l butkul bo‘shligicha qolaverdi. Eng ajablanarlisi, kimyogarlar suv tarkibida zaharli moddalar miqdorini aniqlash maqsadida tashhis o‘tkazganlarida, suvning top toza ekanini isbotlashdilar. Hatto suvning tarkibida zararsiz gazlar borligi bois mayda pufakcha hosil qilib, ko‘rinishi shampan sharobini eslatar ekan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.