Eng uzun daryo
Ko‘pincha,
Nil daryosi Viktoriya ko`lidan boshlanadi, deb hisoblaniladi. Bu - noto‘g‘ri
fikr. Aniqrog‘i, Nil daryosi Viktoriya ko‘lidan oqib o‘tadi. Nil daryosi
Viktoriya ko‘liga quyiladigan Kagera daryosidan boshlanib, 0‘rtayer dengiziga
quyiladi. Nil daryosining uzunligi 6671 kilometr. U Yer sharidagi eng uzun
daryodir. Nil daryosining boshlanish joyida qayiqqa o‘tirgan kishi har kuni 100
kilometr yo‘l bosib o‘tsa, daryoning deltasiga — Qohiraga ikki oydan keyingina
yetib keladi.
Nil
daryosi suvidan, asosan, Misrning shimolida yashovchi kishilargina bahramand
bo‘ladilar. Eramizdan oldingi V asrda yashagan yunon olimi Geradot: «Misr
Nilning sovg‘asidir»,— degan. Darvoqe, qadimgi madaniyat markazlaridan biri —
Misr Nil daryosi tufayligina vujudga kelgan.
Har
yili kuzda, ya’ni oktabr — noyabr oylarida Nil daryosi 40 kun toshadi.
Toshqin paytida qishloqlarni suv bosmasligi uchun ular nisbatan balandroq
joylarga qurilgan. Toshqin vaqtida qishloqlardagi aholi bir-birlari bilan
qayiqlar yordamida aloqa bog‘laydi. Shunga qaramay Nil daryosining toshishidan aholi faqat xursand bo‘ladi, chunki suv qancha ko‘p toshsa, ekin hosili
shuncha mo‘l bo‘ladi. Suv qaytgandan keyin yerlarda unumli loyqa qatlami
qoladi, dehqon (fallax)lar ekin ekishga kirishadilar. Bahorda hosil
yig‘ishtirib olingandan keyin yerlar yoz bo‘yi yana qaqrab yotaveradi.
Viktoriya
ko`lidan oqib chiquvchi daryo Viktoriya - Nil daryosi deyilib, Kioga koiiga
quyiladi. Kioga koiidan oqib o‘tgach, 40-50 metrcha balandlikdan tushib
Myorchison sharsharasini vujudga keltiradi, keyin Albert koiiga quyiladi.
Sharshara
suvi pastga tushayotganda changdek mayda zarralarga boiinib ketadi. Bu suv
zarralari quyosh nurida rang-barang tovlanib, chiroyli kamalak hosil qiladi.
Albert
koiidan Albert-Nil daryosi oqib chiqadi. Bu daryo togiar orasidan o‘tib ostona
va daralar hosil qilganligi uchun Bahril Jabal, ya’ni «Tog‘ daryosi» deb
yuritiladi. Bahril Jabal daryosiga o‘ng tomondan Habashiston togidan Sobat
daryosi kelib qo‘shilgandan keyin daryo Oq Nil — Bahril Abyod nomi bilan atala
boshlaydi. Bahril Abyod sohillarida kiyiklar, tuyaqushlar, fillar, begemot,
hatto sher ham uchraydi. Yowoyi hayvonlar ba’zan qishloq, hatto shahar
aholisini ham bezovta qilib turadi.
Oq
Nilning Tana koiidan oqib chiqqan Ko‘k Nil (Bahril Azrok) bilan qo‘shilishidan
haqiqiy Nil daryosi hosil boiadi. Xartum shahridan Asvongacha Nil daryosi 6 ta
ostona hosil qilib oqadi.
Odatdagi
daryolaming suvi quyiladigan joyigacha ko‘payib boraveradi. Nil daryosining
suvi esa aksincha, kamayib boradi. Chunki Xartum shahridan keyin daryoga
biron-bir irmoq qo‘shilmaydi; buning ustiga daryo suvi kuchli bugianib va yerga
shimilib kamaya boradi.
Nil daryosi
0‘rtayer dengiziga quyilish joyida katta delta hosil qiladi. Delta 24 ming
kvadrat kilometr maydonni egallagan. Misming ekin ekiladigan maydonining 3/5 qismi ana shu deltada joylashgan. Deltada ko`llar ham bor. Ularni
0‘rtayer dengizidan tor, ensiz quruqlik — kokillar ajratib turadi.
Nilning deltasi kuzda bizdan uchib ketgan qushlaming qishki manzilgohi
hisoblanadi. Uzoq shimoldan kelgan qushlar butun qish bo‘yi va erta bahorda bu
yerni «obod» qiladilar. Bu vaqtda 0‘rtayer dengizi sohili yaqinidagi sayoz
koilar, ayniqsa, gavjum boiadi. Yevropadan uchib kelgan son-sanoqsiz
o‘rdaklar ko‘karib ketgan suvlarda g‘ujg‘on o‘ynaydilar, yovvoyi g‘ozlar ovozi
uzoq-uzoqlargacha taraladi, osmonda dengiz qaldirg‘ochlari, oqqushlar galasi, burgut
va qirgiylar parvoz qilishadi; burgut va qirgiylar o‘zlariga olja qidirib ko‘p
ham ovora boimaydilar, chunki ularning oljasi uchishni xayoliga ham
keltirmaydigan qushlar olamida xohlagancha topiladi.
Ayrim joylarda oppoq soqaqushlar, qizgish-pusht rang flamingo, ola-bula
chibislar galasidan suv yuzi ham, botqoqlik ham ko‘rinmaydi. Oqqushlaming katta
guruhlari suv chekkalarida xuddi ulkan nilufar guliga o‘xshab yotadi.
Daraxtlar, butalar, o‘tlar orasida ham turli qushlami uchratish mumkin. To‘rg‘aylar
va boshqa rang-barang qushlar xonishi har tomondan eshitiladi.
Ikkinchi
Nil «tug‘ilishi» mumkinmi? Bu savolga «ha»
deb javob berish mumkin. Nil daryosi bepoyon Sahroyi Kabirning kichik bir
qismini suv bilan ta’minlaydi, xolos. Sahroning katta qismi hozirda ham suvsiz
qaqrab yotibdi; lekin fan va texnika jadal rivojlanayotgan asrimizda Sahroyi
Kabirga suv chiqarish masalasini hal etish mumkin.
Sahroyi Kabimi suv bilan ta’minlash va sug‘orish masalasiga doir bir
necha loyiha tuzilgan. Shunday loyihalardan biri — Kongo daryosi yordamida
«ikkinchi Nil» barpo etish loyihasidir. 1935-yilda nemis muhandisi G. Zergel
Afrikadagi eng katta va sersuv Kongo daryosining yo‘nalishini o‘zgartirish loyihasini tuzdi. Bu loyihaga muvoflq Sahroyi Kabimi, shuningdek, butun Afrika
tabiatini o‘zgartirish mumkin.
Kongo (Zair) daryosi sersuvligi jihatidan dunyoda Amazonka daryosidan
keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bu daryoning suvi Volga daryosi suvidan 5
baravar ko‘p. Kongo havzasining o‘rta qismi soylik, tevarak-atrofi esa togiar
bilan o‘ralgan. Kongo daryosi okeanga yaqin joyda ancha torayib, eni ikki
kilometrga yetar-yetmas Stenli sharsharasini vujudga keltiradi. Darada esa 26
kilometr masofada 96 metr balandlikdan oqib tushib 32 ta sharshara hosil
qiladi. Loyihada ana shu daraga katta to‘g‘on qurish ko‘zda tutilgan.
Qarabsizki, tropik changalzorlardan iborat ulkan soylik — Kongo havzasi bir
necha yildan keyin chuchuk suvli katta dengizga aylanadi qoladi. Bolajak Kongo
dengizining maydoni Angliya maydonidan 3 baravar, Niderlandiya davlati
maydonidan 21,5 baravar katta boiadi. Bu dengiz suvining bir qismi diametri
7-10 metr keladigan tonnellar orqali Atlantika okeaniga chiqariladi. Tonnellardan chiquvchi suvlar elektr stansiyalarning kuchli turbinalarini aylantiradi.
Boiajak Stenli GESida 200 ta generator ishlaydi; GES yiliga 240 milliard
kilovatt - soat elektr energiya beradigan boiadi. Bu butun Yevropaning shu kungi
ehtiyojini qondiroladigan energiya miqdoriga teng boiib, Kongo havzasiga
yondosh hududni dunyodagi eng yirik industrial o‘lkalardan biriga aylantirish
imkoniyatini beradi.
Kongo
dengizidagi suvning ko'proq qismi Chad havzasiga yo‘naltiriladi. Muayyan vaqt
o‘tgach, kattaligi Baltika dengizi, Qora dengiz, Kaspiy dengizi, Oq dengiz va
Azov dengizining jami maydoniga teng keladigan ulkan Chad dengizi hosil boiadi.
Chad dengizi suv bilan toigach, uning suvi qush uchsa qanoti, odam yursa oyogi
kuyadigan ulkan Sahroyi Kabir tomon yo‘l oladi. Sahroning g‘arbiy qismida
sun’iy yo‘l bilan yaratilgan bu yangi daryo Tunis yonida 0‘rtayer dengiziga
quyiladi. Uni ikkinchi Nil deb atasa bo`ladi. Hozirgi Nil daryosi Misr uchun
qanday ahamiyatga ega bo`lsa, ikkinchi Nil ham Chad, Niger, Jazoir, Tunis va
Liviya mamlakatlari uchun shunday ahamiyatga ega boiadi.
Ikkinchi
Nil tug‘ilgach, Sahroyi Kabirning, umuman, Afrikaning iqlimi, tabiati tubdan
o‘zgaradi. Jazirama issiqning shashti qaytadi, iqlim ancha yumshaydi.
Sahroyi
Kabirdagi qaqragan cho`llar o‘mida katta-katta vohalar, soya-salqin bog`lar,
ekinzorlar paydo bo`ladi, shahar va qishloqlar barpo etiladi, turli sanoat
korxonalari qad ko‘taradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.