Yuklanmoqda...

Obonato


Obonato  Inson shaxsini o'rganadigan olim-antropolog. Afrika qabilalaridan biridagi bolakaylarga bir o'yin uynashni taklif qilibdi. O`yin shartiga ko`ra ma’lum masofaga ajoyib mevalar to'ldirilgan savat qo'yib-usha savatga kim birinchi bolib yetib borsa-shirin mevalardan bahramand bo`lishi mumkinligini tushuntiribdi. O`yin boshlanganini ishora qilishi bilan hamma bolakaylar bir-birlarini qo`llarini mahkam ushlab yugurib borishibdi va mevalarni davrada-birgalikda baham ko`ra boshlabdilar. Shunda xayron bo'lgan olim-nima uchun hammalari qo`l ushlashib yugurishganlarini axir har bir bolakay bir o`zi birinchi bo`lib borib hamma mevalarga ega bo`lishi mumkinligi haqida so`rabdi. Bolalar "Obonato"-deb javob qaytarishibdi. "Axir o`zgalar g`amgin bo`lsa, men baxtli bo`la olarmidim” degan javob olgan ekan.
 "Obonato"-afrikaliklar tilida "Men boshqalar mavjudligi uchun mavjudman" degan ma’noni anglatadi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar