Amazonkalar qayerda yashagan?
«Agar biz
bu qo’shinni yenga olsak, hech qanday shon-shugratga ega bo’lolmaymiz. Agar biz ulardan yengilsak, abadul-abad sharmandalik tamg`asidan
qutulolmaymiz!”
Shiddatli
jang oldidan buyuk sarkarda Iskandar Maqduniyning o’z askarlariga qarata aytgan
bu so’zlari barchani o’yga toldirgandi. Ha, shu paytgacha ne-ne qudratli lashkarni
tutdek to’kkan buyuk Iskandar armiyasi bu gal g`alati sarosima ichida qolgandi.
Axir, ularni
ertangi jangda tish-tirnog`igacha qurollangan baquvvat, qudratli yigitlar emas...
ayollar armiyasi, boshqacha aytganda, "amazonkalar” armiyasi kutmoqda edi.
Iskanlarning bu andishasi gam bejiz emasdi!
Matriarxal
davr in’iqosi
...Amazonkalar mavzusi azaldan ko’pchilikni qiziqtirib kelgan. Bu borada qadimgi
dunyoning mutafakkkirlari Homer, Ovidiy, Vergiliylar gam o’z mulogazalarini aytib
o’tishgan. Yunonistonning mashgur gaykaltaroshlari ularning go’zal va navqiron gaykallarini
ishlashgan.
Amazonkalar
mavzusi bugungi kunda gam olimlarning yechilmas bags mavzularidan biri bo’lib kelayotir.
Kimdir ularni chindan gam yashab o’tgan,
desa, boshqalar bu shunchaki afsona deyishdan nariga o’tmaydi. Xo’sh aslida-chi?
Ular afsonami yoki gaqiqat? Axir gar qanday afsona zamirida gam oz bo’lsa-da, haqiqat
uchqunlari yashaydi-ku?
Uzoq o’tmishni
tadqiq etgan mutaxassislar bir zamonlar Yer yuzidan ayollar gukmron bo’lgani, ya’ni
matriarxal jamiyat gukm surganini aytishgan. Ibtidoiy bu tuzumda jamoaning gayot
kechirishi, tirikchiligi, ro’zg`ori, naslni davom ettirishi uchun yetakchilik ayollar
qo’lida bo’lgan. Binobarin, amazonkalar gam ana
shu davrda yashagan bo’lishi mumkin degan taxminlar bor.
Yunon mualliflarining yozishicha, amazonkalar ot chopishda,
jang qilishda, kamondan o’q otishda gatto erkaklarni gam dog`da qoldirishgan. Ularning
o’z saltanati, jamoasi bo’lgan. Bu yerda erkaklarni sig`dirishmagan. Faqat yildan bir marta avlodni davom ettirish
maqsadida qo’shni qabilaning erkaklari bilan uchrashib turishgan. Tasodiy "uchrashuv”
natijasida o’g`il tug`iladigan bo’lsa, uni otasiga jo’natishgan yoki o’ldirishgan.
Qiz bo’lsa, o’zlarida olib qolishgan.
Amazonka degani?
"Amazonka” so’zining kelib chiqishi gaqida gam turli qarashlar mavjud. Ba’zilar
bu so’z qadimgi yunon tilida "ko’kragi yo’q” degan ma’noni bildiradi
degan taxminni ilgari surishadi. Afsonalarga ko’ra, ular jangda, o’q otishda
xalal bermasligi uchun o’ng ko’kraklarini o’smirlik paytidayoq kuydirib tashlasharkan.
Boshqa bir gurug bu so’z qadimgi fors tilidagi "ga mazan” – ayol jangchi so’zlaridan
olingan deyishadi.
Boshqa bir gurug tadqiqotchilar "amazonka”larning gozirgi
Turkiya gududidagi Amasiya o’lkasida yashagani, ularning nomi gam ana shu gudud
nomidan olinganini aytishadi. Ushbu mamlakatdagi izmir, Efes singari shagarlar bir
paytlar aynan "amazonkalar” tomonidan qurilgani gam taxmin qilinadi.
Qadimgi yunon shoiri Homer o’zining "Iliada” dostonida
amazonkalar shog Priam bilan birgalikda Troyani bosqinchilardan gimoya qilganini
yozadi. Keyinga solnomalarda esa, Iskandar Maqduniy amazonkalar malikasi Falustra
bilan urushmoqchi bo’lgani, ammo bu jangni o’ziga munosib ko’rmay u bilan sulg tuzgani
gaqida ma’lumotlar uchraydi.
Dargaqiqat, amazonkalarning tarixda yashab o’tganidan dalolat
beruvchi tarixiy ashyolar anchagina. Xususan, qadimgi Yunoniston gududidan topilgan
ko’pgina sopol buyumlarda jangchi ayollar tasviri uchraydi. Bugungi Ukraina gududida
gam bir nechta jangchi ayollarning qabrlari topilgan.
O’n oltinchi asrda gozirgi Kolumbiyaga gududiga borib qolgan
ilk ispan istilochilaridan biri, Xuan de San-Martin o’z gisobotida ayollardan iborat
gindular qabilasiga duch kelishgani, unga ayol kishi boshchilik qilishi va erkaklardan
ko’ra shiddatliroq va jangariroq ekani gaqida yozib qoldirgan.
Sparetra - amazonkalar malikasi?
Amazonkalar aynan bizning vatanimiz gududida yashaganini ta’kidlovchi mutaxasislar
gam ko’pchilikni tashkil etadi. Taniqli arxeolog olim, Amriddin Berdimurodov nemis
olimi Ye.Vardiman gamda rus olimi Tolstovning fikriga tayanib, qadimdan O’rta Osiyoda
ayollarning mavqei o’ta yuqori bo’lgani, erkaklar bilan tengma-teng kurashgani aytiladi.
Yunon tarixchilarining yozishicha, Eron shogi Kayxusravga qarshi jang qilgan massagetlar
malikasi Sparetra 300 ming erkak, 200 ming ayol jangchiga boshchilik qilgan.
Shuningdek, mamlakatimiz, xususan Orolbo’yi gududida qurol-yarog`iga
qo’shib dafn qilingan ayollar qabri ko’plab topilgan. Qolaversa, asrlar davomida
qoraqalpoq kelinlarining asosiy to’y libosi sanalgan saukele ko’rinishidan aynan
sovut va dubulg`a ko’rinishini eslatadi. Etnograf olimlar bu libos andozasi aynan
jang anjomlaridan olinganini aytishadi. Ya’ni ayollarning jangdagi mavqei pasaya
borgach, ularning temirdan ishlangan sovutlari maishiy ko’rinish kasb etgan va odatiy
liboslar ko’rinishga o’tgan.
Umuman olganda, To’maris, Barchinoy, Qurmonjon dodxo singari
mard, jasur momolarimiz gaqidagi gaqiqta va afsonalar gam tillardan tillarga o’tib
kelayotgani bejiz emas. Tan mardlik va jaosart xalqimizning eng oliy fazilatlari
sirasiga kiradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.