Orollar o‘lkasida 

4 480

Shved etnograf olimi Bengt Danielson Okeaniyaga bir ne­cha bor sayohat qilgan, asarlar yozgan. B. Danielsonning «Polineziya - okeandagi quruqlik» nomli kitobchasidan polineziyaliklarning hayoti va urf-odatlari haqida quyidagi ma’lumotlar bor.

Polineziyada hamisha yoz bo‘lgani uchun yerli xalq yengil- yelpi kiyinadi. 0‘smirlar va erkaklar, odatda, po‘stloqdan qilingan avratpo‘sh taqadi, xotin-qizlar esa po‘stloqdan tayyor­langan kalta yubka kiyadi. Havo salqin paytlarda erkaklar ham, ayollar ham po‘stloqdan qilingan plash kiyib olishadi. Samoa va Maijon orollarida istiqomat qiluvchi xalqlarda o‘simlik tolasidan tayyorlangan yubkalar keng tarqalgan. Ayrim orollar- da raqsga tushgandagina gazlamadan tayyorlangan yubka kiyiladi. Ishdan keyin va bayram kunlari tizzagacha tushadigan peshband tutishadi. Okeaniyada keng tarqalgan bunday kiyim hozir ip gazlamadan tayyorlanmoqda.

Ayollaming ko‘kragini ochib yurishi Polineziyada mutlaqo uyat hisoblanmaydi. Erkaklaming ayollar ko'kragiga unchahk e’tibor bermasligi shundan bo‘lsa kerak. Ammo ayollaming qip-yalang‘och yurishi beodoblik sanaladi. Bu yerda ayollarning qayiqda yurishi taqiqlab qo‘yilgan. Shuning uchun orolga dengizchilar kelganda ayollar kemagacha faqat suzib borishlari mumkin. Po‘stloq yubka suv tegishi bilan ivib ketadi, shu tu­fayli ayollar suvga tushayotganda yubkalarini yechadi yoki suzayotganlarida yubka ivib tushib qoladi. Qip-yalang‘och bo‘lishdan uyalib bo‘lsa kerak, ko‘pchilik ayollar kemaga suzib bormay, sohilda qoladi. Ammo dengizchilar har xil matolar, ko‘zgu va maijon kabi buyumlami ko‘z-ko‘z qihb ularni yo‘ldan urishadi. Natijada ba’zi ayollar taqiqni buzishga maj­bur bo‘lishadi.

Bu yerda oila faqat ota-ona va bolalardangina iborat bo‘lmay, turli yoshdagi boshqa qarindoshlari ham shu oilaning a’zosi hisoblanadi. Odatga ko‘ra yigitlar va qizlar to‘lishganidagina voyaga yetgan hisoblanadi. Badavlat oilalarda tezroq semirish uchun bolalar qorong‘i uyda ovqatlantiriladi va qaddi-qomatiga yoshligidan e’tibor beriladi. Bola voyaga yetganida sarvqomat bo‘lishi uchun bolaligidanoq muskullari rivojlantiriladi, umurtqa pog‘onalari vaqt-vaqti bilan silanadi, oyoqlari cho‘ziladi.

Oilalarda yosh bolalarga chol, kampirlar qarashadi. Iqlim issiq bo‘lgani uchun hamma bolalar 6 yosh- gacha yalang‘och yuradi, keyin peshband tutishadi. Polineziyada bolalarga mazza, chunki bolalar yiqilib tushishi ehtimoli bo‘lgan narvon ham, qo‘lini qisadigan eshik ham, sindirishi mumkin boigan choynak-piyola ham, hayot uchun xavfli elektr simlari, mashinalar ham yo‘q.

Polineziyalik bolalar o‘n yoshidan mustaqillikka ega bo`lishadi. Bolalari bir necha kungacha uyiga kelmasa ham ota-ona xavotir olmaydi, chunki bolalar och qolishmaydi — baliq ovlashadi, meva-cheva terib yeydi, hamma yerda ularga bosh- pana topiladi, juda bolmasa, palma daraxti tagida ham tunab ketishaveradi. Bu olkada qat’iy jadvalli umumiy ta’lim maktablari yo‘q. Gap shundaki, polineziyaliklar farzand ota-onasi- ga taqlid qilishi va ularga ko‘maklashishi kerak, yoshlik yillari hayotiy masalalami o‘rganish va hayotga tayyorlanish davri bolishi kerak, deb hisoblashadi.

Oshiq-ma’shuqlar bir-birlariga shoirona sevgi izhor etishadi. Kattalar sevgi-muhabbatni shunchalik qadrlashadiki, hatto yoshlami o‘z mayllariga qo‘yib berishadi. Polineziyaliklaming fikricha, bolalik va o‘smirlik davri jiddiy hayotga tayyorgarlik ko‘rishning ilk bosqichi hisoblanadi. Kattalar hatto yosh bolalardan maslahat so‘raydi. Bolalar ba’zan muhim masa­lalami ham kattalarsiz, o‘zlaricha hal qilaveradi.
 
Yoshlar balog‘atga yetgani harnon turmush quradi. Ajrashgan er-xotinlar, tul erkak va beva xotinlar ham vaqtni o‘tkazmay qaytadan oilali bo‘lib olishadi. Yigit yoki qizning qachon turmush qurishini, ya’ni to‘y o‘tkaziladigan vaqtni ota-ona belgilaydi. Biron yirik qabila boshlig‘ining o‘g‘li yoki qizi tur­mush quradigan bo‘lsa, bu masala ko‘p kishilik kengashda muhokama qilinadi. Muhokama ba’zan bir necha kunga cho‘- zilishi mumkin.

Aslzodalr o‘z farzandlarini yoshligidan unashib qo‘yadi. Ularda yoshlaming oila qurishida ota-ona hal qiluvchi rol o‘ynaganidan yigit qizdan unga turmushga chiqishga rozimi-yo‘qmi ekanligini so'ramaydi, balki qizlari bilan turmush qurishga rozilik berishlarini ota-onasidan so‘raydi; ota-onasining roziligi bilan qizning uyiga baliq, qovurilgan cho‘chqa bolasi kabi yegulik sovg‘a olib keladi-da, gapning dangalini aytib qo‘ya qoladi. Qizning ota-onasi esa ko‘pincha qizi bilan maslahatlashib o‘tirmay, javob berib yuboraveradi.

Polineziyada er-xotin juda osonlik bilan ajrashib ketishi mumkin. Qo‘ydi-chiqdilarga ko‘pincha o‘zaro vafosizlik va dag‘al muomala sabab bo‘ladi. Muomala to‘g‘ri kelmay qolsa, er-xotinlar darrov ajralishadi, mol-mulk va bolalar bo‘lib oli­nadi. Odatda, ayol qiz bolalami va chaqaloqni, er esa kattaroq yoshdagi o‘g‘il bolalami oladi. Polineziyaliklar urf-odatiga ko‘ra beva ayol olgan erining aka- ukalaridan biriga turmushga chi­qishi kerak. Bu hoi ayol uchun erish tuyulmaydi, albatta. Poli- neziyaning ko‘pgina orollarida bir erkakka bir necha ayol nikohlanadi. Faqat Markiz orollaridagina bir ayol bir necha erkak bilan nikohlanishi mumkin; bunga sabab — bu oroli arda erkaklar Polineziyaning boshqa joylariga qaraganda ayollardan ancha ko‘pligidir. Bir ayolning uch-to‘rtta eri bolsa-da, oilaga ayol emas, balki erkaklardan biri boshchilik qiladi. Qolgan erlar xotinining boshqa erlaridan boigan bolalariga ham otalik qila­di. Uy-joylar katta o‘g‘ilga meros qoladi. Merosxo‘r qiz bo‘lsa, meros noiloj qizning nomiga oladi.

Polineziyada ta`qiqni buzish jinoyat hisoblanadi. Masalan, Markiz orollarida ayol yoki bola biror buyum ustidan hatlab olsa, bu buyumni ishlatish mumkin emas. Buni ham qo‘yavering. Agar shu buyum avval erkak kishining boshi tepasida turgan bolsa, buyum egasi taqiqni buzgan ayol yoki bolani oldirishi lozim. Shu bilangina u o‘z gunohini yuvadi. Agar ayol erining tovogldagi ovqatni yesa, qattiq jazoga mahkum etiladi. Yerli xalq kasallik, olim, jarohatlanish, jangda halok bolishning hammasiga taqiqni buzishlar sababchi deb bilib, shunga ishonishadi. Ayollarga порок mavjudot deb qaralganligidan xotinning eri bilan bir xil ovqat yeyishi va birga ovqatlanishi taqiqlab qo‘yilgan. Har bir oilada er va xotin uchun alohida-alohida oshxona, ovqatlanadigan xona boiadi. Bun­day taqiqdan ko‘pincha ayollar ozor chekadi. Mabodo eri xotinining biror narsasiga tegib ketsa, xotin bu narsani boshqa ishlata olmaydi, eri esa undan bemalol foydalanaveradi. Cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunes baligl, tovuq faqat erkak­lar taomi hisoblanadi, ayollaming bu taomlami iste’mol qilishi man etilgan.

Polineziyaliklar kiyimini yuvmaydi, chunki daraxt po‘stlog`ldan tayyorlangan material suvda ivib ketadi. Shu boisdan iflos kiyimni tashlab, yangisini kiyib olishaveradi. Ular idish-tovoqni ham yuvmaydi, ularning tovogl — barglar; yuqorida aytilganidek, ovqatni katta-katta barglarga suzib, qolda yeyishaveradi.

Polineziyada mehnat erkak va ayollar biologiyasiga asos- lanib taqsimlanadi. Ayollar yengilroq, erkaklar esa oglrroq ishlarni bajaradi. Bu yerda vaqt hisobi olib borilmaydi, qachon va qanday ishlashni har kim o‘zi belgilaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.