Polineziya orollar o‘lkasida
Shved etnograf olimi Bengt Danielson Okeaniyaga bir necha bor sayohat qilgan, asarlar yozgan. B.Danielsonning «Polineziya—okeandagi quruqlik» nomli kitobchasidan polineziyaliklaming hayoti va urf-odatlari haqida quyidagi ma’lumotlar bor.
Polineziyada hamisha yoz bo‘lgani uchun yerli xalq yengil-yelpi kiyinadi. O‘smirlar va erkaklar, odatda po‘stloqdan qilingan avratpo‘sh taqadi, xotin-qizlar esa po‘stloqdan tayyorlangan kalta yubka kiyadi. Havo salqin paytlarda erkaklar ham, ayollar ham po‘stloqdan qilingan plash kiyib olishadi. Samoa va Maijon orollarida istiqomat qiluvchi xalqlarda o‘simlik tolasidan tayyorlangan yubkalar keng tarqalgan. Ayrim orollarda raqsga tushgandagina gazlamadan tayyorlangan yubka kiyiladi. Ishdan keyin va bayram kunlari tizzagacha tushadigan peshband tutishadi. Okeaniyada keng tarqalgan bunday kiyim hozir ip gazlamadan tayyorlanmoqda.
Ayollarning ko‘kragini ochib yurishi Polineziyada mutlaqo uyat hisoblanmaydi. Erkaklarning ayollar ko‘kragiga unchalik e’tibor bermasligi shundan bo‘lsa kerak. Ammo ayollarning qip-yalang‘och yurishi beodoblik sanaladi. Bu yerda ayollarning qayiqda yurishi taqiqlab qo‘yilgan. Shuning uchun orolga dengizchilar kelganda ayollar kemagacha faqat suzib borishlari mumkin. Po‘stloq yubka suv tegishi bilan ivib ketadi, shu tufayli ayollar suvga tushayotganda yubkalarini yechadi yoki suzayotganlarida yubka ivib tushib qoladi. Qip-yalang‘och bo‘lishdan uyalib bo‘lsa kerak, ko‘pchilik ayollar kemaga suzib bormay, sohilda qoladi. Ammo dengizchilar har xil matolar, ko‘zgu va maijon kabi buyumlarni ko‘z-ko‘z qilib ulami yo‘ldan urishadi. Natijada ba’zi ayollar taqiqni buzishga majbur bo‘lishadi.
Bu yerda oila faqat ota-ona va bolalardangina iborat bo‘lmay, turli yoshdagi boshqa qarindoshlari ham shu oilaning a’zosi hisoblanadi. Odatga ko‘ra, yigitlar va qizlar to‘lishgandagina voyaga yetgan hisoblanadi. Badavlat oilalarda tezroq semirish uchun bolalar qorong‘i uyda ovqatlantiriladi va qaddi-qomatiga yoshligidan e’tibor beriladi. Bola voyaga yetganida sarv-qomat bo‘lishi uchun bolaligidanoq muskullari rivojlantiriladi, umurtqa pog‘onalari vaqt-vaqti bilan silanadi, oyoqlari cho‘ziladi.
Oilalarda yosh bolalarga chol, kampirlar qarashadi. Iqlim issiq bo`lgani uchun hamma bolalar 6 yoshgacha yalang‘och yuradi, keyin peshband tutishadi. Polineziyada bolalarga maza, chunki bolalar yiqilib tushishi ehtimoli bo‘lgan narvon ham, qo`lini qisadigan eshik ham, sindirishi mumkin bo‘lgan choynak-piyola ham, hayot uchun xavfli elektr simlari, mashinalar ham yo‘q.
Polineziyalik bolalar o‘n yoshidan mustaqillikka ega bo`lishadi. Bolalari bir necha kungacha uyiga kelmasa ham ota-ona xavotir olmaydi, chunki bolalar och qolishmaydi - baliq ovlashadi, meva-cheva terib yeydi, hamma yerda ularga boshpana topiladi, juda bo‘lmasa, palma daraxti tagida ham tunab ketishaveradi. Bu o‘lkada qat’iy jadvalli umumiy ta’lim maktablari yo‘q. Gap shundaki, polineziyaliklar farzand ota-onasiga taqlid qilishi va ularga ko‘maklashishi kerak, yoshlik yillari hayotiy masalalarni o‘rganish va hayotga tayyorlanish davri bo‘lishi kerak, deb hisoblashadi.
Oshiq-ma’shuqlar bir-birlariga shoirona sevgi izhor etishadi. Kattalar sevgi-muhabbatni shunchalik qadrlashadiki, hatto yoshlarni o‘z mayllariga qo‘yib berishadi. Polineziyaliklarning fikricha, bolalik va o‘smirlik davri jiddiy hayotga tayyorgarlik ko‘rishning ilk bosqichi hisoblanadi. Kattalar hatto yosh bolalardan maslahat so‘raydi. Bolalar ba’zan muhim masalalarni ham kattalarsiz, o‘zlaricha hal qilaveradi.
Yoshlar balog‘atga yetgani hamon turmush quradi. Ajrashgan er-xotinlar, tul erkak va beva xotinlar ham vaqtni o‘tkazmay qaytadan oilali bo‘lib olishadi. Yigit yoki qizning qachon turmush qurishini, ya’ni to‘y o‘tkaziladigan vaqtni ota-ona belgilaydi. Biron yirik: qabila boshlig‘ining o‘g‘li yoki qizi turmush quradigan bo`lsa, bu masala ko‘p kishilik kengashda muhokama qilinadi. Muhokama ba’zan bir necha kunga cho‘zilishi mumkin.
Aslzodalar o‘z farzandlarini yoshligidan unashib qo‘yadi. Ularda yoshlarning oila qurishida ota-ona hal qiluvchi rol o‘ynaganidan yigit qizdan unga turmushga chiqishga rozimi-yo‘qmi ekanligini so‘ramaydi, balkiqizlari bilan turmush qurishga rozilik berishlarini ota-onasidan so‘raydi; ota-onasining roziligi bilan qizning uyiga baliq, qovurilgan cho‘chqa bolasi kabi yegulik sovg‘a olib keladi-da, gapning dangalini aytib qo‘ya qoladi. Qizning ota-onasi esa, ko‘pincha, qizi bilan maslahatlashib o'tirmay, javob berib yuboraveradi.
Polineziyada er-xotin juda osonlik bilan ajrashib ketishi mumkin. Qo‘ydi-chiqdilarga, ko‘pincha, o‘zaro vafosizlik va dag‘al muomala sabab bo‘ladi. Muomala to‘g‘ri kelmay qolsa, er-xotinlar darrov ajralishadi, mol-mulk va bolalar bo‘lib olinadi. Odatda, ayol qiz bolalarni va chaqaloqni, er esa kattaroq yoshdagi o‘g‘il bolalarni oladi. Polineziyaliklar urf-odatiga ko‘ra, beva ayol o`lgan erining aka-ukalaridan biriga turmushga chiqishi kerak. Bu hol ayol uchun erish tuyulmaydi, albatta. Polineziyaning ko‘pgina orollarida bir erkakka bir necha ayol nikohlanadi. Faqat Markiz orollaridagina bir ayol bir necha erkak bilan nikohlanishi mumkin; bunga sabab - bu orollarda erkaklar Polineziyaning boshqa joylariga qaraganda ayollardan ancha ko‘pligidir. Bir ayolning uch-to‘rtta eri bo`lsa-da, oilaga ayol emas, balki erkaklardan biri boshchilik qiladi. Qolgan erlar bosh erga itoat etadi. Bosh er o`zidan bo`lgan bolalarga ham, xotinining boshqa erlaridan bo‘lgan bolalariga ham otalik qiladi. Uy-joylar katta o‘g‘ilga meros qoladi. Merosxo‘r qiz bo‘lsa meros, noiloj, qizning nomiga o‘tadi.
Pohneziyada taqiqni buzish jinoyat hisoblanadi. Masalan, Markiz orollarida ayol yoki bola biror buyum ustidan hatlab o‘tsa, bu buyumni ishlatish mumkin emas. Buni ham qo‘yavering. Agar shu buyum avval erkak kishining boshi tepasida turgan bo‘lsa, buyum egasi taqiqni buzgan ayol yoki bolani o‘ldirishi lozim, shu bilangina u o‘z gunohini yuvadi. Agar ayol erining tovog‘idagi ovqatni yesa, qattiq jazoga mahkum etiladi. Yerli xalq kasallik, o‘lim, jarohatlanish, jangda halok bo‘lishning hammasiga taqiqni buzishlar sababchi deb bilib, shunga ishonishadi. Ayollarga nоpоk mavjudot deb qaralganligidan xotinning eri bilan bir xil ovqat yeyishi va birga ovqatlanishi taqiqlab qo‘yilgan. Har bir oilada er va xotin uchun alohida-alohida oshxona, ovqatlanadigan xona bo‘ladi. Bunday taqiqdan ko‘pincha ayollar ozor chekadi. Mabodo eri xotinining biror narsasiga tegib ketsa, xotin bu narsani boshqa ishlata olmaydi, eri esa undan bemalol foydalanaveradi. Cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunes balig‘i, tovuq faqat erkaklar taomi hisoblanadi, ayollaming bu taomlami iste’mol qilishi man etilgan.
Polineziyaliklar kiyimini yuvmaydi, chunki daraxt po‘stlog‘idan tayyorlangan material suvda ivib ketadi. Shu boisdan iflos kiyimni tashlab, yangisini kiyib olishaveradi. Ular idish-tovoqni ham yuvmaydi, ularning tovog‘i — barglar; yuqorida aytilganidek, ovqatni katta-katta barglarga suzib, qo‘lda yeyishaveradi.
Polineziyada mehnat erkak va ayollar biologiyasiga asos-lanib taqsimlanadi. Ayollar yengilroq, erkaklar esa og‘irroq ishlami bajaradi. Bu yerda vaqt hisobi olib borilmaydi, qachon va qanday ishlashni har kim o‘zi belgilaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.