Robinzon oroli 

4 008

«Robinzon Kruzo» romanini o‘qimagan kishi kam topiladi. Shu nomli kinofilmni ham ko‘rgandirsiz.

Ingliz adibi Daniel Defo 400 dan ortiq badiiy asarlar yaratgan bo‘lsa-da, uning qabr toshiga Daniel Defo, «Robinzon Kruzo» muallifi. 1731-yil 24-aprelda 70 yoshida vafot etgan» deb yozib qo‘yilgan. Haqiqatan ham shu asar Defo shuhratini butun dunyoga tanitdi. Buning sababi bor, albatta.

Defo yashagan davrda biror bir gunoh qilgan matrosni kimsasiz orollarda yolg‘iz qoldirib ketish odat bo‘lgan. Ana shunday jazoga Angliyaga qarashli «5-port» nomli kemaning shturmani, 28 yoshli shotland Aleksandr Selkirk ham mahkum etilgan. U kapitan bilan aytishgani uchun («Kema eskirgan, suzish xavfli», desa ham kapitan unga quloq solmagan. Selkirk haq bo‘lib chiqdi, ko‘p o‘tmay kema g‘arq bo‘ldi) Mas-a-Terra oroliga tushirib qoldirilgan. Selkirk xilvat orolda yakka o‘zi echki ovlab, toshbaqa go‘shti yeb, teriga o‘ralib to‘rt yil-u to‘rt oy yashaydi. 1709-yildagina boshqa bir o‘tkinchi kema uni qutqarib qolgan. Hatto yangi kemada yana matroslik va kapi­tan yordamchisi vazifasida ishlagan.

Defo, shubhasiz, o‘z asarining qahramoniga Selkirkning sarguzashtini asos qilib olgan.
Xo‘sh, Selkirk, ya’ni Robinzon Kruzo yashagan orol hozir ham bormi? Bor. U Janubiy Amerikaning Tinch okean tomonida, Chili qirg‘oqlaridan 600 kilometr g‘arbda Xuan- Femandes orollari tarkibida. Mas-a-Terra orolchasini ko‘pchilik «Robinzon oroli» ham deb atashadi. Boshqa bir orolchaga Aleksandr Selkirk nomi berilgan. 0‘sha orolga borib kelgan sayyohlaming tasvirlashicha, orol qarovsiz qolgan, u yerda endi xushmanzara o‘rmon va qimmatbaho daraxtlar yo‘q. Hammayoq toshloq, jarlik, o‘nqir-cho‘nqir. Ammo bir qoyatoshga Selkirk xotirasiga yodgorlik taxtasi o‘matilgan.

Xuan-Fernandes orolida majburan qo‘nib qolgan boshqa robinzonlar ham bo‘lgan: 1563-yih bu orolga birinchi bo‘lib ispan dengizchisi Xuan-Fernandes kelgan va bir necha yil shu yerda hayot kechirgan. Keyinchalik uch-to‘rt kishi birgalashib yashashgan. Demak, orolni «Robinzonlar oroli» desa ham bo‘lar ekan.

Markaziy Amerikadagi Tobago orolining aholisi o‘z mehmonlariga, Robinzon Kruzo bizning orolda yashagan, deb maqtanishni xush ko‘radilar. Hatto «Tobago Robinzon Kru­zo» tamg‘asi tushirilgan yodgorliklar ham sotiladi. Nachora, «Robinzon» nomi shu qadar mashhur bo‘lib ketganki, dunyo­ning boshqa joylarida ham unga da’vogarlar topilaveradi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.