Joy nomlarini o`rganamiz. “Toponomika” 

15 121

  O`qituvchi ta’lim jarayonida albatta, geografik joy nomlarini maktabda o`rganishda o`quvchilarning nomlarni to`g`ri yozilishlari va to`g`ri talaffuz qilishlariga erishishi lozim. Chunki geografik nomlarni to`g`ri talaffuz qilish orqali nutq madaniyati o`stiriladi. Joy nomlarini darsdan tashqari fakultativ mashg`ulotlar, geografik kechalar, o`yinlar, viktorinalar, krossvordlar, rebuslar, qiziqarli savol-javoblar tariqasida o`rganish mumkin.
Quyida bularga misollar keltiramiz:
1. Ranglar nomi bilan ataladigan dengizlarni toping-chi?
Javob: (Qora, Oq, Sariq, Qizil dengizlar).

2. Toshbaqa orollari, Ayiq ko`li, Kenguru oroli, Ilon kechigi, Kirkiy orollari, It orollari , Echki oroli, Buqa tog`lari qayerda?
Javob: Toshbaqa orollari, Janubiy Amerika yaqinidagi Galapagos orollari: Ayiq ko`li - Shimoliy Amerikada: Kenguru oroli -Avstraliyada: Ilon kechigi-Jizzax viloyati yaqinidagi Ilono`tti kechigi: Kirkiy oroli-Azor, It orollari - Kanar, Echki oroli - Kapri, Buqa tog`lari -Turkiyadagi Tavr tog`lari.

3. "Yangi shahar” ma’nosini anglatuvchi shaharlardan 5 ta ayting?
Javob: Novgorod, Nyu-York, Novogrudok, Neapol, Niigata

4. Osiyoning eng chekka shimoliy va sharqiy nuqtalari kimlarning nomlari bilan ataladi?
Javob: S.Chelyuskin va S. Dejnev.

5. O`lik dengiz, O`lim (Ajal) vodiysi qayerda va nima uchun shunday atalgan?
Javob: O`lik dengiz quruqlikdagi eng chuqur botiq (-402 m ), Isroilda joylashgan, eng sho`r dengiz, shuning uchun deyarli tirik organizmalar yashamaydi: O`lim (Ajal) vodiysi Shimoliy Amerikada bu vodiy ham botiqda joylashgan (-86 m), oltin izlovchilarning bir guruhi qaytib kelishmagan, shuning uchun shu nom bilan ataladi.

6. Nima uchun Shimoliy va Janubiy Amerika oralig`idagi orollar Vest-Indiya deb ataladi?
Javob: Xristofor Kolumb Yevropadan Hindistonga boriladigan dengiz yo`lini ochish maqsadida adashib shu orolga kelib qolgan va bu yerlarni Hindiston deb o`ylab ,”Vest - Indiya”- g`arbiy Hindiston deb atagan.

7. "Uch ming orol mamlakati” qaysi?
Javob: Indoneziya; aslida orollari soni 13,5 mingga yetadi, shulardan 6 mingtasini nomi bor, 992 tasida odam yashaydi,-xolos.

8. Bosh kiyim nomi bilan atalgan davlat qaysi?  Javob: Panama.

9. Yarim orollar nomi bilan ataladigan dengizlarni toping?  Javob: Arabiston dengizi, Chukotka dengizi.

10. Orol nomi bilan ataladigan dengizlarni ayting?
Javob: Grenlandiya dengizi, Fidji dengizi, Filippin dengizi, Tasmaniya dengizi, Ionika dengizi, Yava dengizi, Sulavesi dengizi, Yapon dengizi, Timor dengizi va h.k.

11. Jasur sayyohlar, dengizchilar, kashfiyotchilar nomi bilan atalgan qanday dengizlarni bilasiz?
Javob: Bering, Tasman, Filippin, Barens, Baffin, Bofort, Laptevlar, Bellinsgauzen, Lazerov, Uedell va h.k).

12. Kishilarning ismi-famiyalari bilan bog`liq orollarni bilasizmi?
Javob: Frans-Iosif Yeri, Vrangel, Baffin Yeri, Tasmaniya, Kuk, Avliyo Yelena va h.k).

13. Ufq (gorizont) tomonlarini ko`rsatuvchi toponimlarni bilasizmi?
Javob: Shimoliy va Janubiy orollar - Yangi Zelandiyada, Severnaya Zemlya- Shimoliy Muz okeanida, Shimoliy dengiz -Yevropada, Janubiy Xitoy, Sharqiy Xitoy dengizlari, Sharqiy Sibir dengizi - Shimoliy Muz okeanida g`arbiy Sibir tekisligi va O`rta Sibir yassi tog`ligi Rossiyada, Xokkaydo ("shimoliy orol”)-Yaponiyada)-qit’alar o`rtasidagi dengiz va h.k).

14. Davlatlar nomi bilan atalgan dengizlarni bilasizmi?
Javob: Norvegiya dengizi, Yapon dengizi, Janubiy va Sharqiy Xitoy dengizlari, Arabiston dengizi.
15. Daryo nomlari bilan atalgan mamlakatlarni ayting?
Javob: Niger, Senegal, Kongo, Gambiya, Paragvay, Urugvay.

16. Qaysi shaharlar kishi ismlari bilan bog`liq?
Javob: Vashington, Xoshimin, Brazzavil, Pretoriya, Yekaterinburg, Suxo-Bator, Xabarovsk, Yaraslavl, Navoiy, Beruniy va h.k.

17. Qaysi yarim orol o`zining katta-kichikligidan "so`zlaydi”?
Javob: Yamal yarim oroli, Rossiyada, "Ya-mal” ya’ni tugridan tugri tarjima kilinganda "man kichkinaman” degan ma’noni beradi.

18. Qaysi orol o`zining "sport kiyimi” ekanligidan "so`zlaydi”?
Javob: Yamayka, tarjima qilib ko`ring: Yamayka.

19. O`simliklar bilan bog`liq nomlarni bilasizmi?
Javob: Karaganda - "karakan” tikanli bo`ta, Bukovina -buk daraxti, g`arbiy Yevropadagi Shvarsvald - "qora o`rmon”, Afrikadagi Drakon (Ajdaho) tog`lari, o`simlik, Florida -"ko`klamzor” va h.k.

20. Qaysi nomlar foydali qazilmalar bilan bog`liq?
Javob: Argentina - "argentum” - "kumush” degani. And tog`lari - "mis”, Marmar dengizi, Qirg`izistondagi Toshko`mir va Moylisuv, Qozigistondagi Jezkazgan, Turkmanistondagi Nebitdog` (neft koni ) va h.k

21. Xalq, urug`-qabilalar bilan bog`liq qanday joylarni bilasiz?
Javob: Appalachi, Eri, Guron, Ayova, Karib dengizi, Shvetsiya, Daniya, Ispaniya, O`zbekiston, Qozog`iston, Baliqchi, Mang`it, Sergeli, Chimboy, Qurama va h.k). '

22. Dunyodagi qaysi cho`qqilar mashhur shaxslar nomiga qo`yilgan?
Javob: Everest (Jomolungma)-dunyodagi eng baland cho`qqi, ingliz geodezist polkovnik J.Everest nomiga qo`yilgan: Mak-Kinli cho`qqisi - Shimoliy Amerikaning eng baland cho`qqisi (6194 m). AQSH prezidenti Mak-Kinli sharafiga qo`yilgan: Ismoil Somoniy cho`qqisi (Pomirda, 7495 m) Somoniylar davlatining asoschisi nomiga shunday atalgan?
 
 
Yuqoridagi savol-javoblardan tashqari shaharlarning nomlarini o`rganish uchun "shaharlar zanjiri” o`yinini o`tkazish mumkin.

Bu o`yin muayyan sinfda ma’lum bir hududdagi (davlatdagi) shaharlarga, dunyo shaharlariga bag`ishlangan bo`lishi mumkin. Bu o`yinni o`tkazish tartibi quyidagicha: birinchi partada o`tirgan o`quvchi bir shahar nomini aytadi, ikkinchi o`quvchi birinchi o`quvchi aytgan shaharning oxirgi harfidan boshlanadigan shahar nomini aytadi, so`ngra uchinchi o`quvchi ... va h.k shu tartibda davom etadi. Masalan: Toshkent –Tibilisi, Irkutsk-Kishinyov-Vilnyus-Santyago-Oslo-Ottava - Andijon.........

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.