O`qituvchi ta`lim jarayonida albatta, geografik joy nomlarini maktabda o`rganishda o`quvchilarning nomlarini to`g`ri yozilishlari va to`g`ri talaffuz qilishlariga erishishi lozim, chunki geografik nomlarni to`g`ri talaffuz qilish orqali nutq madaniyati o`stiriladi. Joy nomlarini darsdan tashqari qo`shimcha mashg`ulotlar, geografik kechalar, o`yinlar, viktorinalar, krossvordlar, rebuslar va qiziqarli savol-javoblar tariqasida o`rganish mumkin.
Quyida bularga misollar keltiramiz:
1. Ranglar nomi bilan ataladigan dengizlarni ayting?
Toshbaqa orollari, Janubiy Amerika yaqinidagi Galapagos orollari; Ayiq ko`li - Shimoliy Amerikada; Kenguru oroli - Avstraliyada; Ilon kechigi - Jizzax viloyati yaqinidagi Ilonutti kechigi; Kirkiy oroli - Azor, It orollari – Kanar, Echki oroli – Kapri, Bo’qa tog`lari –Turkiyadagi Tavr tog`lari.
3. "Yangi shahar” ma’nosini anglatuvchi shaharlardan 5 ta ayting?
O’lik dengiz quruqlikdagi eng chuqur botiq (-402 m), Isroilda joylashgan, eng sho’r dengiz, shuning uchun deyarli tirik organizmlar yashamaydi. O’lim (Ajal) vodiysi Shimoliy Amerikada bu vodiy ham botiqda joylashgan (-86 m), oltin izlovchilarning bir guruhi qaytib kelishmagan, shuning uchun shu nom bilan ataladi.
6. Nima uchun Shimoliy va Janubiy Amerika oralig`idagi orollar Vest-Indiya deb ataladi?
Xristafor Kolumb Yevropadan Hindistonga boriladigan dengiz yo’lini ochish maqsadida adashib shu orolga kelib qolgan va bu yerlarni Hindiston deb o’ylab ,”Vest – Indiya”– g`arbiy Hindiston deb atagan.
Shimoliy va Janubiy orollar – Yangi Zelandiyada, Severnaya Zemlya- Shimoliy Mo’z okeanida, Shimoliy dengiz –Yevropada, Janubiy Xitoy, Sharqiy Xitoy dengizlari, Sharqiy Sibir dengizi – Shimoliy Muz okeanida g`arbiy Sibir tekisligi va O’rta Sibir yassi tog`ligi Rossiyada, Xakkaydo ("shimoliy orol”)–Yaponiyada)–qit’alar o’rtasidagi dengiz va h.k.
14. Davlatlar nomi bilan atalgan dengizlarni bilasizmi?
Everest (Jomolungma)–dunyodagi eng baland cho’qqi, ingliz geodezist polkovnik J.Everest nomiga qo’yilgan; Mak-Kinli cho’qqisi – Shimoliy Amerikaning eng baland cho’qqisi (6194 m ). AQSh prezidenti Mak-Kinli sharafiga qo’yilgan: Ismoil Somoniy cho’qqisi (Pomirda, 7495 m) – Somoniylar davlatining asoschisi nomiga shunday atalgan.
Yuqoridagi savol–javoblardan tashqari shaharlarning nomlarini o’rganish uchun "shaharlar zanjiri” o’yinini o’tkazish mumkin.
Bu o’yin muayyan sinfda ma’lum bir hududdagi (davlatdagi) shaharlarga, dunyo shaharlariga bag`ishlangan bo’lishi mumkin. Bu o’yinni o’tkazish tartibi quyidagicha: birinchi partada o’tirgan o’quvchi bir shahar nomini aytadi, ikkinchi o’quvchi birinchi o’quvchi aytgan shaharning oxirgi harfidan boshlanadigan shahar nomini aytadi, so’ngra uchinchi o’quvchi ... va h.k shu tartibda davom etadi. Masalan: Toshkent –Tibilisi – Irkutsk – Kishinyov – Vilnyus – Santyago - Oslo – Ottava – Andijon..................