14-oktabr Butunjahon standartlash kuni 

2 142

1946-yil London shahrida Standartlash to’g’risidagi milliy konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu konferensiyaga 25 davlatdan 65 ishtirokchi taklif qilindi, Ishtirokchilar ichida Rossiyalik qatnashuvchilar ham ro’yxatdan o’tkazildi. Ushbu konferensiyadan so’ng jami ishtirokchilarning so’nggi kelishuvlaridan keyin Xalqaro Standartlash tashkilotini tshkil etish to’g’risidagi qarori qabul qilindi. 1970-yili Xalqaro Standartlar Tashkiloti rahbari janob Farun Suiter dunyo iqtisodiy taraqqiyot davrida standartlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi va 14-oktyabrni "Butunjahon Standartlar kuni” deb e’lon qildi. Shundan keyin har yili ushbu kun bayram qilib nishonlanadi. Standartlash – bu faoliyat jarayonida tartib qoidalarni o’rnatish, texnik xavfsizlikni ta’minlash, barcha manfaatdor shaxslarni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularga davlat tomonidan kerakli qonun-qoidalarni ishlab chiqishdir. Standartlashning muhim omillari bu – normalar, talablar, uslublar, atamalar hamda boshqa ko’p marotaba iste’molda qo’llaniladigan fan va texnikada ishlatiladigan qurilish sohasida, transportda, maishiy-madaniy maskanlarda, sog’liqni saqlash sohasida hamda xalqaro savdo-sotiq aloqasi  sohasida ham standartlash barcha iqtisodni jadal o’sish sur’atlarini rivojlanishiga o’zining salmoqli hissasini qo’shib kelmoqda. Standartlash tadbiq qilingan davlatlarda iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lishiga zamin yaratiladi.

14-oktabr Belorussiyada onalar kuni
Kuz faslining o'rtalarida 14-oktabr kuni Belorusiyada onalar kuni nishonlanadi. Ushbu sanada har bir ona o'zgacha kayfiyatda bo'ladi.Ushbu kunda onalarga izzat ikrom ko'rsatiladi. Shahar o'zga tarzda bezatiladi. Har bir farzand ushbu kunda o'z oanalari uchun turli savg'alar taqdim etadilar.Hayoti davomida butun bor diiqatni, e'tiborni farzandlariga fidokorona sadoqat bilan umrini baxshida qilgani uchun ham onalarga e'tibor va xursandchilik taqdim etiladi. Belorusiyada prezidenti A.Lukashenko onalar uchun hayot davomida turli sohalarda domo turli shart-sharoitlar yaratib beradi. Onalarga katta e'tibor beradi.

14-oktabr Rigada Milliy Zoologiya bog’ining ochilishi kuni
Birinchi zamonaviy hayvonot bog’lari bir necha yuz yillar avval barpo etilgan. 1992-yil noyabrda hayvonot bog’i va akvariumi Yevropa Hayvonot bog’lari Assotsiatsiyalari qatoriga kiritildi. 22-dekabrda Latviya Respublikasi Oliy Kengashi Riga zoologiya bog’iga Milliy Zoologiya bog’i maqomi berilishi haqida qaror qabul qildi. 1993-yilning iyul oyida Zoologiya bog’ining shahardan tashqarida bazasi tashkil etildi. 1997-yilda Zoologiya bog’ida "Kichik gigantlar” nomli harakatlanuvchi ko’rgazma ishlay boshlagan- bunda qimirlovchi qo’g’irchoqlar bir necha bor kattalashtirilgan hasharotlarni talqin etadi. Ko’rgazmada shuningdek, tirik eksponatlar va rivojlantiruvchi o’yinlar mavjud. 1998 yil 13-noyabrda yo’lbarslar uyi ochilgan - Yevropadagi eng katta qurilish inshooti hisoblanib, u firma va qiziquvchi insonlarning hayriyalariga barpo etilgandir. Eng ko’p mablag’ni Latviya atrof-muhitni muhofaza qilish va Master Foods  firmalari jamg’armasi bergan. 1999-yil 15-mayda Qishloq hovlisi ochildi, u yerda Latviyaga tegishli bo’lgan uy hayvonlari haqida ma'lumot olib, tanishish mumkin. 25-may kuni 80 turdagi hayvonlariga ega bo’lgan Riga zoologiya bog’ining tropik uyining eshiklari tashrif buyuruvchilar uchun eshiklarini ochdi. U yerda ham suvda ham quruqlikda yashovchi, sudralib yuruvchi, suyaksiz va tungi hayvonlar bor. Bu Rigadagi eng yirik Zoologiya bog’i hisoblanadi, unda asosan bargxo’r chumolilar to’plami qiziqdir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.