8-sentyabr Xalqaro savodxonlik kuni 

2 834

Xalqaro savodxonlik kuni (International Literacy Day) - Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida nishonlanuvchi xalqlar aro kunlardan biridir. Ushbu kun YUNESKO tomonidan 1966-yil "Savodsizlikka barham berish ta'lim vazirlari xalqaro konferensiyasi”da joriy etilgan bo’lib, yig’ilish 1965-yil Tegeranda bo’lib o’tgan. 8-sentyabr kuni esa konferensiyaning tantanali ochilish marosimi bo’lgan. Ushbu kunning asosiy maqsadi - savodxonlikni jamiyatda keng faollashtirish bo’lib, YUNESKO faoliyatining asosiy vazifalaridandir. Savodxonlik - insoniyat uchunҳaqiqiy bayramdir, zero, dunyo bo’ylab savodxonlar soni 4 milliardgacha yetganligi bizni quvontirishi turgan hol. Biroq savodxonlik bolalar, yoshlar hamda balog’at yoshidagilar orasida kutilarli naijalarga yetmagan. Ko’pgina davlatlarda erishilgan yutuqlarga qaramay, 860 milliondan ziyod voyaga yetgan savodsiz, 100 milliondan ko’p bolalarning maktabga bormasligini hisobga olgan holda savodsizlik insoniyat uchun achinarli holdir. Sifatli bilim olish imkoniyati chegaralangan qiz va bolalar uchun maxsus o’quv dasturlari ishlab chiqilgan. Har yili savodxonlik kuni ma'lum mavzuga bag’ishlanadi. Shular qatorida: "Ayollar uchun savodxonlikning o’rni”, "Savodxonlik shaxsiy imkoniyatlarni kenggaytiradi”, "Savodxonlik va sog’lik”, "Savodxonlik turg’un rivojlanishni ta'minlaydi” va boshqa mavzularni ko’rish mumkin.

8-sentyabr Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.
Jurnalistlar Xalqaro Birdamlik kuni (International Day of Journalists’ Solidarity) 1958-yili Buxarestda bo’lib o’tgan Xalqaro jurnalistlar tashkilotining to’rtinchi  kongressida qabul qilingan qarorga binoan har yili 8 sentyabrda nishonlanadi. Anjuman ishtirokchilarining fikricha, shu kuni butun jahondagi jurnalist va noshirlar o’z birdamliklarini, ayniqsa o’z ҳuquqlari himoyasi yo’lidagi jipsliklarini  namoyish etishlari kerak. Bu qarorni BMT ham qo’llab quvvatladi. 1943 yilning 8 sentyabr kuni Germaniyada chexoslovakiyalik jurnalist, yozuvchi Yulius Fuchik (Julius Fuchik) fashistlar tomonidan qatl etiladi. U 1942-yilning 24-aprelida ozodlik harakatining olti nafar a'zosi bilan gestapo tomonidan xibsga olingan edi. Yulius Fuchik o’zining Praga qamoqxonasida yozilgan "Dor tagidan reportaj” kitobi bilan mashhur. Uningo’limidan keyin bu asar jahonning 70 dan ortiq tiliga tarjima qilingan. Fuchik keyinchalik Xalqaro Tinchlik mukofotiga sazovor bo’ldi. 1958-yildan boshlab jurnalist qatl etilgan kun Jurnalistlar Xalqaro Birdamlik kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Bu kun nafaqat jurnalistlarning navbatdagi kasb bayrami, balki ularning hamkorlik va jipslashuvining yorqin namoyishi sifatida ko’riladi. An`anaga ko’ra 8-sentyabrda butun dunyoda ommaviy axborot vositalarining vakillari bayram tadbirlari doirasida turli anjumanlar o’tkazadilar. Bu tadbirlarda nafaqat tajriba almashiniladi, balki xavfli kasb egalariga turli mukofotlar topshiriladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.