24-may Umberto Nobile ekspeditsiyasi dirijablda shimoliy qutbga yetgan kun. Ibn Sino Venera sayyorasini Quyosh atrofida aylanishini kuzatgan kun. 

141

 24-may Umberto Nobile ekspeditsiyasi dirijablda shimoliy qutbga yetgan kun.
 1928-yilda Umberto Nobile  shimoliy qutbga boradigan, Kingsbedan  boshlangan va qutb orqali  uchib o‘tadigan, "Italiya" dirijablidagi italiyaliklar ekspeditsiyasiga   boshchilik qildi. Dirijabl Ekipaji 18  kishidan iborat bo‘lgan edi. Nobiledan  tashqari dirijabl ekipajiga   o‘n besh italiyalik,  chex fizigi Begounek va shved meteorologi  Malmgrenlar kirishdi. Kemaning komandiri  Nobile edi. Ekspeditsiya  boshlanishi oldida Nobile va uning  yo‘ldoshlarini Vatikanda  Rim papasi Piy XI qabul qildi.Yunalishi bir bo’lgan kuchli shamol yordamida "Italiya" dirijabli 1928-yil 24-mayda  shimoliy qutbga yetib bordi. 100 metr balandlikka tushib, ekspeditsiyada a'zolari muz ustiga uchta bayroq tashlashdi: Norvegiya, Amerika va Italiya bayroqlarini, va yana Rim papasi Piy XI  topshirgan emandan ishlangan katta butni ham. Ekipaj qutb ustida 2,5 soat bo’lib,  havodan atrof xududni o’rganishdi. Undan keyin balandlikka ko’tarilib Alyaska tomon  jo‘nashdi. Lekin Nobile  rejalar  jadvali  amalga oshmadi. 25-mayda  dirijabl Barens dengizi  ustida   halokatga uchradi.  Nobileni  qutqarish uchun  bir necha ekspeditsiya  tashkil etilgan edi - Italiyada, Norvegiyada va boshqa mamlakatlarda.  Amundsen samolyotda fransuz ekipaji bilan  18-iyunda Norvegiyaning Tromsyo shahridan uchib chiqdi,  lekin uning tayyorasi  Barens  dengizi  ustida  jabrlandi. 23-iyunda  Nobile lageri  joylashgan katta muz bo’lagiga, Shvetsiya harbiy xavo kuchlari uchuvchisi  Eynar Lundborg  qo’na oldi. Samolyotda faqat bitta yo‘lovchi joy bo‘lgan edi. Nobile birinchi bo‘lib oyogi  singan mexanik   Chechone olib ketishni  qat'iy talab qildi, lekin  Lundborg Nobiledan boshqa   birorta  odamni olishdan  bosh tortdi  - ehtimol, u boshliqlari buyrug’ini bajargandir. Nobile muzlikni samoletda tark etdi. Ekspeditsiyaning  boshqa tirik  qolgan a'zolarini   "Krasin" nomli muzyorari dengizchilari qutqarishdi.  Masofasi 5300 kilometr bo’lgan Kengsbeydan Tellerga  dirijablda Muz okeanining qadam yetmagan kengliklari ustidan  uchib o‘tish  havoda uchish  tarixida  eng yirik yutuqlardan  biri  bo’ldi.

24-may Abu Ali Ibn Sino Venera sayyorasini Quyosh atrofida aylanishini kuzatgan kun.
  Abu Ali Ibn Sino (980.8, Afshona qishlog’i-1037.18.6, Hamadon shahar; Eron)-jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgano’rtaosiyolik buyuk qomusiy olim. G’arbda Avitsenna nomi bilan mashhur. Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va buqiziqish umrining oxirigacha saqlangan. U 8ta mustaqil risola hamda "Kitob ash-shifo” va "Donishnoma” ning riyoziyotqismlarida astronomiyaga alohida boblarini bag’ishlagan. Ibn Sino astronomiyadagi juda kam uchraydigan ko’rinishni Venerani Quyosh gardishi atrofida aylanishini kuzatdi va tafsiflab berdi.  Astronomlar uning  yozib qoldirgan ishlariga faqatgina 1980 yilda  Ibn Sino tavallud topgan kunining 1000 yilligini nishonlash arafasida  e'tibor berishdi. Bungacha "quyosh reyd”ini 1639-yilda Yevropaliklar kuzatgan deb o’ylashgan. Ma'lumotlarga qaraganda, Ibn Sinoning "Zarringizga noma...” asarida qator astronomik kashfiyotlar jamlangan. Biroq, bu asar hozirgi kunga qadar yetib kelmagan. Oy haroratini belgilashdagi yutuqlari haqida Beruniy: "Amaliy jihatdan Ibn Sinoning uslubi Oyning tez harakatlanishi tufayli murakkab, ammo nazariy jihatdan eng to’g’ri yo’l” deb yozgan edi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash