21-may Ispan dengizchi-sayyohi Juan da Nova Muqaddas Yelena orolini ochgan kun


1502-yil 21-may ispan dengizchi-sayyohi Juan da Nova Muqaddas Yelena orolini ochdi.  Portugaliya  1143-yildan beri davlat sifatida  bo`lsada, har doim  dengizga yuzlangan. Azaldan bu yerda baliq ovlash va savdo kemalarning dengizda yurishi muhim tirikchilik vositasi bo`lgan. Tadqiqotlarga qiziqish dengizda kemalar yurishi  texnologiyalari rivojlanishi bilan birgalikda  Portugaliyaning   ekspansiyasini va buyuk geografik kashfiyotlarni yuzaga keltirdi. Birinchi yangi yerlarni ochuvchi sayyohlardan biri portugallarda xizmat qiluvchi  ispan dengiz sayyohi  Juan ha Nova edi.  1501-yilda Portugaliyadan  Hindistonga qatnovchi 4 ta kemadan iborat flotga boshchilik qilgan. Juan da Nova, Atlantika okeanida Vozneseniya orolini,  qaytishda  esa  -yana bir unchalik katta bo`lmagan orolni ochdi. Bu orolni  Da Nova janubiy  Atlantikada  1502-yil 21-mayda  Muqaddas Yelena kunida ochgan, shuning uchun orolning  nomi shunday atalgan. Muqaddas Yelena oroli - Atlantika okeanining janubiy qismidagi vulqonga oid orol bo`lib,  Janubiy Afrikadan 1900 km g`arbda joylashgan va maydoni 122 kv.km bo`lgan. Orol uzoqdagi  boshqa yevropaliklarga noma'lum bo`lgan. 1588-yilda  ingliz kapitani  Kavendish yer sharini kemada aylanib qaytayotganda unga tashrif buyurdi. Insonning orolda doimiy yashashi esa keyinroq  boshlandi. Faqat XVII asrlar o`rtasida, qachon gollandlar shu yerda birinchi mustamlakaga asos solishdi. Ma'lumotlarga  qaraganda, Muqaddas Yelena oroli  yevropaning janubiy yarim shardagi birinchi mustamlakasi bo`lgan. Bu orol strategik nufuzli obyekti bo`lgan, chunki  bu joy  dengiz kemalarini Hindistonga boorish yo`lida  suv va oziq-ovqat bilan  ta'minlashga xizmat qilgan.  XVII asrda orolga ozgina  vaqt gollandlar ega bo`lishgan, lekin  orolga egalik uchun  kurashda Angliya  g`alaba qilagan va  1659-yilda orol Ost-Ind  kompaniyasi qaramog`iga  o`tdi va 1834-yilga  qadar egalik qildi, keyin  orol Buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylandi. Lekin Muqaddas Yelena oroli ayniqsa, 1815-1821-yillarda Napoleon  Bonapart  surgun qilingan joyligi bilan mashhur,  Angliya  hukumati  shu yerda uni  asirlikda saqlagan, shu yerda  u 1821-yilda olamdan o`tgan. Endi orol bevosita ingliz tojiga  tegishli. 1967-yil Konstitutsiyasiga  binoan MuqaddasYelena oroli  cheklangan o`zini o`zi idora qilish huquqini oldi. Boshqaruvni ingliz gubernatori olib boradi, u qonun chiqaruvchi va ijro kengashlar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Qonun chiqaruvchi Kengash tarkibiga gubernatordan tashqari  hukumat kotibi   va xazinachi tayinlanadi, Kengashning  12 ta a'zolarini aholi tarafidan  saylanadi. Ijro Kengashi  hukumat  funksiyasini bajaradi.  Orol aholisining  asosiy mashg`uloti - qishloq xo`jalik va baliq ovlashdan iboratdir. Tashqi savdo faqat Buyuk Britaniya  va AQSH bilan olib borilmoqda. Muqaddas Yelena oroliga metropoliya  tomonidan  ancha moliyaviy yordam beriladi. Orol aholisi 6 ming  kishi, asosan bu habashlar.

21-may Yaponiyada "Ibodatxona namoyishi” kuni
21-mayda  Tokioda  eng  mashhur, eng  shovqinli  ko‘pchilikning  bayrami -Sandzya yoki "Ibodatxona bayrami” o‘tkaziladi. Yaponiyaning  hamma  bayramlari  singari  Sandzya   matsuri  ham  o‘zining  rang  barangligi bilan  ajralib  turadi va 2 milnga  yaqin odamlar  qatnashadilar.  Nima  uchun  "Ibodatxona  namoyishi”deb  atashadi,  chunki  yig‘ilganlar  guruhlarga  bo‘linib,  har  biri  220  kgli ibodatxonalarni  kichraytirilgan  nusxasini  (yaponcha  mikosi)  ko‘tarib  chiqadilar.  Mikosi  deyarli   har  bir  yapon ibodatxonalarida  bor bo‘lib,  ular  hammani  ko‘rishi  uchun har  yilgi  o‘tkaziladigan  bayramda  olib  chiqiladi. Bu  bayramni  o‘ziga  xosligi  shundaki,  bir vaqtning  o‘zida  Yaponiyaning  turli  ibodatxonalaridan  yuzga yaqin mikosi  ishtirok  etadi.    Olomonda  adashib  ketmaslik  uchun    har bir  guruh  o‘zining  mahaliy    milliy  liboslarida  bo‘lishadi.   Bayram  Tokioni  okrugi   Asakusada  ertalab soat 8 da  boshlanib, kechqurun soat  8  da shu  yerga tugaydi. Bu  jarayonni boshida Sensodzi  ibodatxonasi  vakillari  baraban  va  musiqa  sadolari  ostida borishadi.  Musiqachilar  aynan shu kunga  atab  yozilgan  kuylarni  chalishadi.  Ishtirokchilar  esa gimnlarni  aytib   jo‘r  bo‘lishadi. Sandzya   matsurini  yapon  milliy  liboslari  bayrami  deb ham atasa  bo‘ladi.  Bu  kun  ko‘chalarda  musiqachilar, raqqosalar,  bolalar hattoki  itlarni  ham milliy  kiyimlarda  ko‘rish  mumkin. Turistik  yo‘l  ko‘rsatuvchilar  bu  Sandzya matsurini  yaponlar  bilan,  hamda Yaponiyaning  o‘rta  asrlar  madaniyatini  tanishtirish  bilan  bog‘laydilar.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing!

Sharhlar

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив