Gepard haqida qiziqarli faktlar… 

6 537

1. Gepard soatiga 110 km tezlikda yugura oladi.
2. Gepard bolalarining aksariyati bir yoshgacha yetmay halok bo’ladi. Bunga qarindoshlar orasidagi jinsiy munosabatlar asosiy sababdir. Buning natijasida gepard bolalarining ko’pchiligi turli mutatsiyalar bilan tug’iladi.
3. X-XII asrlarda sharqdagi hukmdorlar geparddan ov maqsadlarida foydalangan.
4. Tutqundagi gepardlar hech qachon o’zidan ko’paymaydi.
5. 2012-yili Sara laqabli gepard 100 metr masofani atigi 5,95 soniyada bosib o’tib jahon rekordini o’rnatgan.
6. O’tmishda Hindiston hukmdori Akbar saroyida 1000 ta gepard asragan. Ular asosan kiyik ovida faol ishtirok etgan.
7. Sher va yo’lbarsdan farqli o’laroq gepard o’ljasini kutib o’tirmaydi. Ochiqchasiga hujumga o’tadi. Chunki gepardning kuchi tezligida.
8. Eronda gepard milliy jonivor sifatida ardoqlanadi.
9. Hayoti ko’proq faollikdan iborat bo’lsa-da, gepard suvni juda kam ichadi. Kuniga bir yoki ikki marta suv ichsa kifoya qiladi.
10. Gepard o’ljasini tutib o’ldirgach, kamida 30 daqiqa dam olishi kerak. Xuddi shu vaziyatdan boshqa jonivorlar o’z maqsadi yo’lida foydalanib, gepardga tegishli o’ljani olib qochadi. Biladiki, gepard charchagan, ularni quvib yetishga kuchi kamlik qiladi.
11. Sher yo’lidan gepard chiqib qolsa, odatda uni o’ldiradi. Agar o’lishni xohlamasa, gepard qochib ulgurishi lozim. Chunki sher bilan olishishga baribir qurbi yetmaydi.
12. Gepard faqat yangi go’sht yeydi. Boshqa hayvonlardan qolgan go’shtni hech qachon yemaydi.
13. Gepard ovqatsiz 5-6 kun yurishi mumkin. Ammo uchinchi kundan holsizlanishni boshlaydi.
14. Gepard yugurganda har 8 metrga bir marta sakraydi. Shuning uchun u katta tezlikda chopsa, xuddi uchib ketayotgandek tuyuladi.

Olimjon HAYIT tayyorlagan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.