JARda sayyohlarga jonivorlar bilan muloqotni taqiqlashmoqchi 

3 261

Janubiy Afrika Respublikasi Sayyohlik uyushmasining yangi rahbari Sisa Ntshona jonivorlar bilan muloqotdan iborat sayyohlik xizmatini taqiqlamoqchi, chunki uni "ekspluatatsiya va tahqirlash” deb hisoblaydi. Bu haqda "TASS” xabar berdi.

Mamlakatning ko‘plab tabiat bog‘lari tashrifchilarga olti oylikkacha bo‘lgan sher, pantera va leopard bolalarini silash va ular bilan birga suratga tushish, zanjirga bog‘langan gepard bilan sayr qilish, shuningdek, fil minishni taklif qiladi.

"JARdagi sayyohlik hayvonlar bilan muloqot, yovoyi mushuklarni silash, fillarni minish, gepardlar bilan sayrni ma’qullamaydi. Bunday amaliyotni tag-tomiri bilan yo‘q qilish kerak. Biz faqat yovvoyi tabiatdagi turizmni taklif etishimiz kerak”, — dedi Ntshona, u insonlar bilan bu tarzdagi muloqot jonivorlarga shikast yetkazadi deb hisoblaydi.

Uning niyatlarini yovvoyi tabiat himoyachilari qo‘llab-quvvatladi, ular tabiat bog‘lari egalarini "dahshatli amaliyot”ni bas qilishga chaqirdi.

Biroq Ntshonaning rejalari bunday biznesdan katta daromad ko‘ruvchi bog‘ egalarini ogoh qilib qo‘ydi. Ekspertlar bog‘lar xo‘jayinlari bunga rozi bo‘lmasligi va jonivorlar bilan muloqotning butunlay bekor qilinishiga qarshi kurashishini aytmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.