Bo’g’ma ilon haqida qiziqarli faktlar…
1. Bo’g’ma ilon boshqa qarindoshlaridan kelajak avlodlarni tuxum qo’yish emas, balki mushuk va boshqa jonivorlar kabi homiladorlik davrini boshdan kechirgan holda dunyoga keltirishi bilan keskin farqlanadi.
2. Braziliya bo’g’ma iloni faqat quruqlikda, daraxtlar ustida yashashni ma’qul ko’radi. U o’ljasini ham faqat quruqlikdan qidiradi.
3. Oddiy bo’g’ma ilon esa odamlar yashaydigan joyga yaqin manzilda umrguzaronlik qiladi. Odamlarning ko’pchiligi bo’g’ma ilonni atayin boqadi. Chunki u sichqon va kalamushlarning dodini beradi. Odamlarga jiddiy xavf tug’ilmagan taqdirda hech qachon hujum qilmaydi.
4. Bo’yi o’sib borgan sari bo’g’ma ilon tez-tez po’st tashlash harakatiga tushadi. Buning uchun yerga ishqalanib, po’stining ma’lum qismlarini tanadan ko’chirib oladi.
5. Bo’g’ma ilon qorong’ilikda ham ov qila oladi. Bunga ko’zlari va burni oralig’idagi hid bilish reseptorlari yordam beradi.
6. Bo’g’ma ilonning faolligi ob-havo bilan bog’liq. Havo harorati qancha yuqori bo’lsa, shuncha faollashadi.
7. U o’ljasining ko’krak qafasiga o’ralib oladi-yu, yanada qattiqroq qisa boshlaydi. Shu jarayonda o’lja bir necha marta nafas chiqaradi va o’pkasida havo qolmaydi. Bo’g’ma ilon esa tobora qattiqroq bo’g’ib, o’lja to o’lmaguncha qo’yib yubormaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.