Ilonlar
Kishi ilon
ko‘rishi bilan seskanib tushadi. Darhaqiqat, ilon turqi sovuq maxluqdir.
Taxminiy hisoblarga ko‘ra har yili yer sharida 500 ming kishini ilon chaqadi.
Janubiy Amerikada yiliga taxminan 3-4 ming kishi, Afrikada 1000 kishi ilon
zahridan halok bo‘ladi.
1948-yili Braziliyaning
Abun qal’asida: «Dengiz qirg‘og‘idagi qumloqda nihoyatda katta ilon yotibdi.
Uzunligi 35 metr keladigan bu ilonni pulemyotdan o‘qqa tutib arang
o‘ldirishdi...» — degan vahimali xabar tarqalgan edi.
1964-yili ham
ba’zi bir gazetalarda Vyetnam Demokratik Respublikasining changalzor
o‘rmonlaridan birida uzunligi 36 metr keladigan ilon o‘qqa tutib
o‘ldirilganligi haqidagi xabar bosilib chiqdi. Bu xabarlaming ikkalasi ham
uydirma gaplar.
Nyu-York
hayvonot bog‘i o‘n metrdan uzun anakonda (ilon)ni tutib kelgan kishiga o‘n ming
dollar mukofot va’da qilgan. Bu mukofotga hali hech kim sazovor bo‘lganicha
yo‘q.
Kolumbiyada bir
zoolog uzunligi 11 metr 50 santimetr keladigan ilonni — anakondani o‘ldirgani
aniq.
San-Diyego (AQSH) hayvonot bog‘ida
uzunligi 8 metr 55 santimetr, og‘irligi 115 kilogramm keladigan anakonda bor.
Borneo orolida uzunligi 9 metr-u 85 santimetr keladigan bo‘g‘ma ilon tutilgan.
Ilon o‘zidan ikki-uch hissa yo‘g‘on
jonivorlarni yuta oladi. Lekin ot va sigirlami yutgan ilonlar haqidagi
rivoyatlarning turgan-bitgani uydirma. Uzunligi 10 metr keladigan anakonda
qo‘y, buzoq, cho‘chqa, kiyik, hatto puma (sherga o‘xshash yirtqich hayvon)ni
yutishi mumkin. Ilonlaming og‘zi rezina singari cho‘ziluvchan bo‘ladi.
U
o‘ljasini bir amallab og‘ziga sig‘dirsa, bas. 0‘lja katta bo‘lmasa yoki
unchalik qarshilik ko'rsatmasa, ilon uni tiriklayin yutadi. Katta va jiddiy
qarshilik ko‘rsatuvchi o‘ljasini awalo bo‘g‘ib o‘ldiradi, shundan keyingina
yutadi.
Ilon
qurt, chuvalchang, har xil hasharot, kemiruvchilar, tuyoqli jonivorlar,
qushlar, tuxumlarni ham yeydi, u ovqat tanlamaydi. Ilon och qolganida hayvon
o‘laksalaridan ham qaytmaydi. Ayrim ilonlar tuxumxo‘r bo‘ladi. Uzunligi 75-80
santimetr keladigan ilonlar tovuq tuxumini bemalol yutadi, po‘chog‘ini ezib
chiqarib tashlaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.