Dunyoning eng zaharli ilonlari 

5 530

Bizning sayyoramizda 2 500 xil ilonlar turi mavjud. Ularni har yerda uchratish mumkin, faqat Antarktida va bazi orollardan tashqari, bular Yangi Zelandiya va Irlandiya, shuningdek Atlantika va Tinch okeani kichik orollarida ilonlar uchramaydi. Biroq ilonlar turlari orasida faqat 10% zaharli hisoblanadi.

Taypanlar

Taypanlar - juda zaharli avstraliyalik ilonlar aspidlar oilasiga mansub bo’lib, ularni ikki xil ko’rinishi bor: shafqatsiz ilon va taypan. Bu yetarli darajada katta ilon. Ularni chaqishi juda xavfli hisoblanadi, hatto dunyodagi zamonaviy ilonlardan ham xatarliroqdir. Hali zaharga qarshi dori o’ylab topilmagan paytda bu ilon chaqishidan 90% odamlar halok bo’lishgan.

Shafqatsiz ilon uzunligi 1,9 m gacha bo’lishi mumkin. Uni quruq tekislik maydonlarida Avstraliya markazida u qurbaqalarga hujum qiladigan joyda uchratish mumkin. Shafqatsiz ilon zahri 100 kishini o’ldirishga yetadi. Taqqoslaganda uning zahri ko’braning zahridan 180 marttda kuchli ekan.

Taypan yoki qirg’oq taypani – bu katta aspidlar vakili yomon fe’li bilan o’tmishdoshidan ajralib turadi va eng agressiv ilonlardan hisoblanadi. Ko’pincha taypan ter tashlayotganda va ko’payish vaqti kelganda xavfli hisoblanadi. Ko’pincha Avstraliyaning shimoli-sharqida va Yangi Gvineyada uchratish mumkin. Mahalliy aholini baxtiga, taypan aholining uylariga kamdan-kam yaqinlashadi, lekin, shunga qaramay uning chaqishidan har yili kimdir qiynaladi.

Qora mamba

Qora mamba – Afrika kontinentining zaharli iloni. Uni savannada va Angola, Uganda, Zambiya, Janubiy Afrika, Botsvana, Keniya, Zimbabve o’rmonzorlarida uchratish mumkin. Undan tashqari, bu ilon e’tibordan past. U juda tez harakatlanuvchi va afrikaning agressiv iloni hisoblanadi.

Uning uzunligi 2,4-3 m, alohida nusxasi uzunligi 4,5 m gacha. U bu nomni og’zi qora bo’lgani uchun oldi yo’lidan chiqganini daxshatga soladi. Mamba bir martta chaqqandan keyin yana chaqishga o’tadi. Tezlikka ega bo’lgan mamba ko’pincha o’ljasini ketidan quvlab boradi, pistirmada o’tirmaydi. Mamba bir chaqqanida 400 mg zahar sochadi. Kattalarni o’limga olib keladigan dozasi 10-15 mg. Uning zahri falajlik va o’lim olib keladi.

Yo’lbars iloni

Yo’lbars iloni – aspidlarni yana bir vakili va Avstraliyada yashovchi ilon. Bu uncha katta ilon bo’lmasada juda zaharli. Uncha katta bo’lmagan hayvonni chaqqanda u darhol o’ladiradi. Xavf shundan iboratki u deyarli Avstraliyaning hamma hududida uchraydi va bu kontinentga eng ko’p joylashgan ilonlardir.

Ko’zoynakli ilon, yoki hidiston ko’brasi

Ko’zoynakli ilon, yoki hind ko’brasi – juda chiroyli rang-barang ilon, 1,5-2 m gacha o’sadi. Hindiston, O’rta Osiyo, Janubiy Xitoyda yashaydi. Ko’bra dunyoga kelishi bilanoq zaharli xisoblanadi. Ko’zoynakli ko’braning zahrida toksinlar bor, u markaziy asab tizimini ishdan chiqaradi. Bir gram zahar o’rtacha bo’lgan 140 ta itni o’ldirishga yetadi.

Malay krayti

Malay krayti – aspid oilasida eng xavfli ilon. Hech kimni yoqtirmasligi bilan ajralib turadi. U Avstraliya, Janubiy Osiyo va Malay arxipelagi orollarida joylashgan. Uning zahri – o’ldiradi va birinchi navbatda insonni bosh miyasiga ta’sir qiladi. O’lim tez kelishi mumkin va hatto falajlik asoratisiz.

Jigar rang qirol, yoki mulga

Jigar rang qirol, yoki mulga – juda zaharli ilon, Avstraliyaning har bir yerida uchraydi. Bu katta ilonning chaqishi inson hayoti uchun haqiqiy tahdiddir chunki chaqqandan keyin inson o’ladi.

Burunli engidrina

Burunli engidrina – hinda-tinch okeanining tropik qismida yashovchi zaharli ilon. U zaharli ilonlar turiga kirsa ham lekin tinchlik sevar xulqqa ega. Dengizda baliqchilardan uzoqroq yuradi. Bu ilon zahri ko’braning zahridan 4-8 baravar kuchliroqdir. Insonni o’ldirish uchun 1,5 mg doza yetarli. Uning zahrida kuchli neyrotoksinlar bor.

Qumli efa

Qumli efa – zaharli ilon gadyuk oilasiga mansub. Bu kichkina ilon loyli va cho’llarda, daryo bo’yida va chakalakzorlar, butazorlarda hamda Turkmaniston, O’zbekiston va Tojikistonda, hamda Afrika, Jazoir, Falastin, Eron, Arabiston va Indostonning janubiy qismida yashaydi. Inson bilan yuzma yuz kelganda shildiragan ovoz chiqaradi. Agar ilon chaqqandan keyin tirik qolsa ham u odam falaj bo’lib qoladi.

Arlekinli aspid

Arlekinli, yoki sharqona aspid – zaharli ilon, shimoli-sharqiy Meksika, va AQSH ning janubi-sharqida yashaydi. Qizil, qora va ingichka sariq xalqaga ega. Bu ilonni chaqishi inson hayoti uchun juda xavfli hisoblanadi. Agar vaqtida yordam ko’rsatilmasa inson 20-24 soat ichida o’lishi mumkin.

Seylonli kufiya

Seylonli kufiya – eng agressiv zaharli ilonlardan biri. Tinch okeani qirg’og’ida yashovchi bu ilon Amerikada mahalliy aholi orasida yomonligi bilan dong taratgan. Uning chaqishi insonga o’lim olib keladi.

Afrikali bumslang

Afrikali bumslang – juda zaharli ilon, janubiy va janubi-g’arbiy Afrikada yashaydi. Uning zahri – toksinli: qonga kirishi bilan hujayralarni buzib yuboradi. Afrikalik bumslangni zahri ko’bra va gadyukani zahridan 2 martta xavflidir. Bu juda agressiv ilonlarga tegishli, ularga yaqin borib bo’lmaydi va tez harakat qilib bo’lmaydi – u o’ylamasdan hujumga o’tadi.

Qora ilon

Qora ilon – bu katta ilon uzunligi 3 metrgacha bo’ladi undan Avstraliya aholisi qo’rqishadi, uning chaqishi insonni o’ldiradi. Zahar chiqarish bo’yicha “rekordsmen” ekan.

Bushmeyster

Bushmeyster – zaharli katta ilon uzunligi 4 metrgacha, Janubiy Afrikada yashaydi. Bushmeyster zahri inson hayoti uchun xavfli, lekin o’lim darajasi yuqori emas – 10-12 %. Falajlik holatiga soladi.

Oddiy gadyuka

Oddiy gadyuka – zaharli ilon haqiqiy gadyuka naslidan. Yevrosiyoda yashaydi. Uning chaqishi og’riqli lekin kamdan-kam holatda o’limga olib keladi. Tishlangan joyda gemorragik otek va nekroz bo’ladi. Zaharlanish belgilari: bosh aylanishi, holsiz bo’lish, bosh og’rig’I, ko’ngli behuzur bo’lish, nafas yetishmaslik. Og’ir vaziyatlarda distrofiya buyrak va jigarda o’zgarishlar yuz beradi.

Ruzel gadyukasi

Ruzel gadyukasi – Shri-Lankada keng tarqalgan. Zahari uncha kuchli bo’lmasada o’ta xavfli hisoblanadi. U yuradigan joylarda zaharga qarshi dorilar chiqarilmas ekan shuning uchun mahalliy aholini ko’plari halok bo’lishar ekan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.