Yer sayyorasining eng ko‘p chaqmoqlar kuzatiladigan hududlari 

3 394

Shu paytgacha olimlar Markaziy Afrikadagi Mitumba tog‘larida Yerning boshqa istalgan joyidan ko‘ra ko‘proq chaqmoqlar kuzatilishiga ishonib kelgan edi. Biroq sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar Janubiy Amerikani birinchi o‘ringa qo‘ymoqda, deb yozadi National Geographic.
 

Venesuelaning Marakaybo ko‘li Janubiy Amerikadagi eng katta ko‘l hisoblanadi. Biroq uning asosiy rekordi uning maydoniga emas, osmoniga tegishlidir. Unda deyarli har tunda chaqmoq chaqnaydi. Sayyoraning boshqa hech bir burchagida undagi kabi tez-tez yashin chaqnamasligi taxmin qilinmoqda.

Ushbu fenomen uning topografik o‘ziga xosligi bilan bog‘liq deb hisoblanmoqda. Marakaybo ko‘li And tog‘laridan shimoldagi vodiyda joylashib, Venesuela ko‘rfaziga tutashib ketadi. Tog‘lardan esayotgan shamollar bu yerda dengiz shabadasi bilan to‘qnashadi, shuningdek, yuqori namlik deyarli har kuni tungi momaqaldiroqlarni keltirib chiqaradi.

Sayyoraning ana shunday qaynoq nuqtalari o‘nligiga quyidagi joylar kiritildi:

1-o‘rin: Marakaybo ko‘li, Venesuela

2-o‘rin: Kaxuzi-Biyega milliy bog‘i, Kongo Demokratik Respublikasi

3-o‘rin: Shabunda, Kongo Demokratik Respublikasi

4-o‘rin: Kaseres, Kolumbiya

5-o‘rin: Valikale, Kongo Demokratik Respublikasi

6-o‘rin: Daggar, Himolay

7-o‘rin: El-Tarra, Kamerun

8-o‘rin: Nguti, Kamerun

9-o‘rin: Butembo, Kongo Demokratik Respublikasi

10-o‘rin: Boende, Kongo Demokratik Respublikasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.