Tabiatning eng go`zal manzaralari 

11 809

MILLIY BOG`DAGI ARKALAR (AQSH)
  Amerika milliy bog‘idagi arkalar Yuta shtatining sharqiy qismida joylashgan bo‘lib 309 km.kv. maydonga ega. Ushbu arka tabiatning eng go‘zal qoyalaridan iborat bo‘lib, 150 million yil ilgari qoyalar yemirilishi natijasida paydo bo‘lgan. Ular Yuta shtatining timsoliga aylangan. Hattoki avtomashinalarning ro‘yxatga olingan raqamlarida ham ushbu qoyali arkalar tasviri bor.
Arkalar bir qarashda mo‘rt, sinuvchan bo‘lib ko‘rinadi, ammo ular shuncha vaqt o‘tishiga qaramay o‘z joyida mustahkam turibdi. Arkalar orasida paydo bo‘lgan eng mashhur qoyalar – bu Nafosatli arka, Minorali arka, Egizak arka, Shimoliy va Janubiy darchalardir.
 
JANUBIY MARAVIYA (CHEXIYA)
  Bu joy ko‘pincha Slavyan Taskaniyasi deb ataladi. Janubiy Moraviya Markaziy Yevropaning xushmanzara joylaridan hisoblanadi. Bu yerda siz aqlbovar qilmas manzaralar, ulkan qal’alar, mashhur tepaliklar, o‘rmonlar bilan o‘ralgan maskanlar va uzumlarga to‘la ajoyib bog‘larni uchratishingiz mumkin. Moraviyaning betakror go‘zalligini tomosha qilar ekansiz, u bir necha chiziqlar bilan bezatilgan yashil gilamni eslatadi, aslida esa bu mo‘jizakor tabiat tuhfasidir.
 
PIK-DISTRIKT (BUYUK BRITANIYA)
  Pik-Distrikt markaziy va shimoliy Angliyadagi Pennin tog‘larining janubiy qismidagi eng mashhur maskandir. Pik-Distrikt qisman Derbishir grafligida joylashgan bo‘lib, tepaliklar dovonlar va cheksiz botqoqliklardan iborat go‘zal go‘sha. Bu yer piyoda sayr qilishni, velosipedda uchishni xush ko‘radigan kishilar uchun eng yaxshi joydir. PIK-DISTRIKT eng uzun sayyohlik qatnov yo‘li bo‘lib 431 kilometrni tashkil etadi.
 
LANDMANNALOYGAR (ISLANDIYA)
  Islandiyada Gekla vulqonidan uncha yiroq bo‘lmagan manzilda ajoyib joy bor, bu – Landmannaloygar. Aynan mana shu yerda xuddi tovoqda qaynayotgandek issiq chashma otilib turadi. Uning atrofidagi maftunkor manzara, bir-biridan chiroyli, rangli toshlar ko‘zni quvontiradi. Bu yerda joylashgan Brennisteynsal nomli tog‘ "kulrang to‘lqin” degan ma’noni anglatadi. U Islandiyadagi eng chiroyli maskan hisoblanadi.

Farhod TOLIPOV

 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.