Dunyoning eng ko`p sayyoh tashrif buyuradigan shaharlari
10-o`rin. Barselona – 8,41 mln sayyoh
Ispaniyaning ikkinchi yirik shahari Barselona o`zining boy madaniy va arxitektura yodgorliklari bilan sayyohlarni o`ziga jalb qilmoqda. Ha aytgancha, sakkiz yarim million sayyoh orasida futbol ishqibozlari ham anchagina.
9-o`rin. Gonkong – 8,72 mln sayyoh
1980-yillar oxirlarida xizmat ko`rsatish sektoriga yo`naltirilgandan beri turizm Gonkong iqtisodiyotining asosi bo`lib qoldi. Osiyo, Yevropa va Afrikadan tashrif buyurayotgan sayyohlarni Viktoriya cho`qqisi, Viktoriya porti, Lan Kavai Fong, Okean Park kabilar o`ziga jalb qilmoqda.
8-o`rin. Kuala-Lampur - 9,20 mln sayyoh
Malayziya poytaxti Kuala-Lampur o`zining madaniy xilma-xilligi, ko`plab do`konlari va nisbatan past narxlari bilan sayyohlar e`tiborida. Shaharning diqqatga sazovor joylari Merdeka maydoni, Petronas egizak minoralari, Milliy muzey, Markaziy bozor kabilardir.
7-o`rin. Dubay – 9,89 mln sayyoh
Turizm Dubay iqtisodiyotining eng muhim va eng tez tivojlanayotgan tarmog`idir. Oppoq qumloqlari-yu xilma-xil do`konlari bilan sayyohlarni o`ziga ohanraboday tortayotgan Dubay "Yaqin Sharqning savdo poytaxti” sanaladi.
6-o`rin. Istanbul – 10,37 mln sayyoh
Qadimiy Rim imperiyasining yetti tepalik ustida qurilgan sharqiy poytaxti Istanbul bugun turistlar eng gavjum go`shalardan sanaladi. Osiyo va Yevropani bog`lovchi ushbu shahar yil sayin rivojlanmoqda. Istanbul Yevropaning madaniy poytaxti hamdir.
5-o`rin. Nyu-York - 11,52 mln
Ushbu shaharga tashrif buyuradigan turistlardan tushadigan mablag` 18,6 mlrd AQSH dollari. Empire State Building, Markaziy xiyobon, Tayms skveri va Ozodlik haykali turistlarni jalb etuvchi asosiy joylardir.
4-o`rin. Singapur - 11,75 mln sayyoh
Singapur hayvonot bog`i, tungi safari, Fort Siloso, Tiger Sky Tover kabi joylari eng ko`p sayyoh tashrif buyuradigan maskanlardir. Singapur yana ajoyib taomlari va a`lo darajadagi aviakompaniyasi bilan jahonga mashhur.
3-o`rin. Parij – 13,92 mln sayyoh
Ishq-muhabbat shahri deb ta`riflanadigan Parij shahrida YUNESKO Jahon madaniy merosi ro`yxatiga olingan to`rtta tarixiy obida joylashgan. Shulardan eng mashhuri shubhasiz Eyfel minorasidir.
2-o`rin. London – 15,96 mln sayyoh
2011-yilda dunyoning eng ko`p sayyoh tashrif buyurgan shahri deb qayd etilgan London o`z o`rnini Osiyoning boshqa bir shahriga bo`shatib bergan bo`lsa-da, daromad borasida hamon undan o`zib ketdi: 16,3 mlrd AQSH dollari. Sayyohlar, asosan, Big-Ben, London minorasi, Parlament binosi, Busking saroyi kabilarni ko`rishni xohlashadi.
1-o`rin. Bangkok – 15,98 mln sayyoh
Turizm borasida Londonni ortda qoldirgan Osiyoning birinchi shahri 2014-yil davomida 14,4 mlrd AQSH dollari miqdorida daromad olgan. "Travel+Leisure” jurnali Bangkokni 2010-yildan buyon dunyoning eng yaxshi shahri sifatida qayd etib kelmoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.