“Ekosan” - Xalqaro ekologiya va salomatlik jamg`armasi 

23 527

  "Ekosan” xalqaro jamg‘armasi - respublikamizdagi eng yirik nohukumat tashkilotidir.
Jamg‘arma 1992-yilda hukumat va nohukumat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, mutaxassis olimlarning ko‘magida respublikadagi ekologik muammolarni hal etish uchun tashkil qilingan.
  "Ekosan” juda muhim ish bilan shug‘ullanadi - sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyena bilimlari va kasalliklaming oldini olishni targ‘ibot qiladi.
 Ekologik jihatdan noxush hisoblangan tumanlarda yashovchi aholiga davolash-profilaktika va insonparvarlik yordami ko‘rsatadi, Orolbo‘yi hududidagi ekologik inqiroz natijalarini bartaraf etish uchun xalqaro jamg‘armalar va hukumat tashkilotlarining e’tibor va mablag‘ini jalb etadi.
 Insonparvarlik yordami ko‘rsatish uchun "EKOSAN” mablag‘ning asosiy qismini "EKOLOT” ekologik lotereyasini tarqatishdan oladi. "EKOSAN”ni respublikada bugun yaxshi tanishadi, chunki jamg‘arma - bu talabalarning ekologik otryadlari, "Mash’al - - EKOSAN” radiodasturining ilmiy-ommabop eshittirishlari va "Intermed” xalq tabobati markazidir. Yana bu "Salomatlik poyezdlari” va dorixonalar, "Toza havo” operatsiyasi va, shuningdek, turli mamlakatlar sayyohlarini jalb etuvchi ekosayyohlikdir. "EKOSAN” faoliyati respublikamiz fuqarolarining jismonan baquvvat va ma’naviy sog‘lom bo‘lishi uchun yo‘naltirilgan. Chunki salomatlik nafaqat bugungi avlod, balki kelajak avlodning ham baxtli hayot kechirishi garovidir. ATROF-MUHIT dasturi ushbu konvensiyalarning bajarilishida O’zbekistongako’makberadi. Bular iqlim o‘zgarishi, ozon qatlamining buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, biologik xilma-xillikni saqlab qolish, sahrolanishga qarshi kurash kabilami o’z ichiga oladi. Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash inson faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham jahondagi va har bir mamlakatdagi ekologik sharoitni faqat insonning o‘zigina yaxshilashi mumkin. Shu tariqa bir mamlakatdagi ekologik vaziyat dunyo miqyosida ahamiyat kasb etishi mumkin. Ayni shu sabab Global Ekologik Jamg‘arma O’zbekistondagi loyihalarni moliyaviy ta’minlar ekan, avvalo muammoning dunyo ahamiyatiga molik ekaniga e’tibor beradi.
  ATROF-MUHIT dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar O’zbekistonga yordam berar ekan avvalo mamlakatning o’zida ekologik muammolarni yechishga qodir mexanizm yuzaga kelishiga diqqat qaratadi. Atrof-muhit dasturining O’zbekiston Tabiatni muhofa qilish davlat qo’mitasi bilan birgalikda tashkil etilgani ham mamlakat salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
 Natijada O’zbekisaton kelajakda mamlakatdagi mavjud ekologik muammolarni tashqaridan beriladigan yordamsiz hal eta oladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.