Birlashgan millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD)
Birlashgan Millatlar Tashkiloti turli
yo’nalishlarda faoliyat yuritayotgan juda ko’plab agentliklarga ega. Shulardan
biri - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi, qisqacha BMTTDdir.
BMTTD a’zo davlatlarga mamlakat rivoji uchun ishlab chiqilgan dasturlami amalga
oshirishda ko‘maklashadi. Ayrim dasturlami ishlab chiqishga yordam beradi,
ayrimlarini moliyaviy ta’minlaydi va yana boshqalarini esa amalga oshirish
uchun jahon hamjamiyati e’tiborini tortadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 0‘zbekiston
Respublikasidagi vakolatxonasi 1993-yilda ochilgan edi, 1994-yilda esa ayrim
dasturlami: xususiy sektor va madaniyatni rivojlantirish, xususiylashtirish,
atrof-muhit muhofazasi dasturlarini amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.
Mamlakat bilan hamkorlik dasturi BMT Taraqqiyot
Dasturining har bir mamlakat bilan hamkorlik yo ‘nalishini belgilab beradigan
asosiy hujjat hisoblanadi. Mamlakat bilan hamkorlik dasturi hukumat bilian
birgalikda ishlab chiqiladi va amaldagi tartibga ko‘ra besh yillik muddatga
mo‘ljallanadi. Dastur milliy rejalar va ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi,
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari hamda hamkorlikning avvalgi tajribalarini
hisobga oladi.
BMTTD va O‘zbekiston hukumatining qo‘shma dasturi
hisoblangan Atrof-muhit dasturi esa 2002 yilning yanvar oyidan amalga oshira
boshlandi va 2004-yilning oxiriga qadar davom etadi.
O’zbekiston mustaqilikka erishganidan so’ng
atrof-muhit bo’yicha o’ndan ortiq xalqaro konvensiyalarga qo’shildi. Bu bilan
0‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy xalqaro
konvensiyalarga rioya etish majburiyatini oldi. Atrof-muhit dasturi ushbu
konvensiyalarning bajarilishida O’zbekistonga ko’mak beradi. Bular iqlim
o'zgarishi, ozon qatlaminmg buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, biologik
xilma-xillikni saqlab qolish, sahrolanishga qarshi kurash kabilarni o’z ichiga
oladi. Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash inson faoliyati, ishlab
chiqarishjarayoni bilan bog'liqdir. Shuninguchun ham jahondagi va har bir
mamlakatdagi ekologik sharoitni faqat insonning o‘zigina yaxshilashi mumkin.
Shu tariqa bir mamlakatdagi ekologik vaziyat dunyo miqyosida ahamiyat kasb
etishi mumkin. Ayni shu sabab Global Ekologik Jamg‘arma O’zbekistondagi loyihalarni
moliyaviy ta’minlar ekan, avvalo muammoning dunyo ahamiyatiga molik ekaniga
e’tibor beradi.
Atrof-muhit dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar
O’zbekistonga yordam berar ekan avvalo mamlakatning o’zida ekologik muammolarni
yechishga qodir mexanizm yuzaga kelishiga diqqat qaratadi. Atrof-muhit
dasturining O’zbekiston Tabiatni muhofa qilish davlat qo’mitasi bilan
birgalikda tashkil etilgani ham mamlakat salohiyatini kuchaytirishga xizmat
qiladi.
Natijada O’zbekisaton kelajakda mamlakatdagi mavjud ekologik
muammolarni tashqaridan beriladigan yordamsiz hal eta oladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.