UNEP - BMTning "Ekologik ovozi"
Butun
sayyoramizni qamrab olgan global ekologik muammolami hal etishda barcha
mamlakatlar kuchini birlashtirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti
1972-yilda UNEP (United Nations Environment Programme - BMTning Atrof-muhit
Dasturi)ga asos soldi.
Shundan
buyon UNEP atmosfera havosini tozalash, chegaralararo ifloslanishlarning oldini
olish, iqlim o'zgarishi, ozon qatlamini himoya qilish kabi jahonshumul ekologik
muammolar bo‘yicha global kurashni muvofiqlashtirish bilan shug'ullanmoqda.
Dastur
biologik xilma-xilligini saqlab qolish, biotexnologiyalardan ekologik xavfsiz
foydalanish, xavfli chiqindi va zaharli moddalarni ekologik xavfsiz saqlash,
atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha turli mamlakatlar
faoliyatini mu vofiqlashtiradi.
UNEP
faoliyati samarali natijalarberishi uchun maxsus usul ishlab chiqilgan.
Avval
ekologik muammolar hamda ularni yechish uchun qoilanayotgan choralar
to‘g‘risida axborot yig‘iladi, yetishmovchiliklar va amalga oshirishdagi
kamchiliklar aniqlanadi va shuningdek, vaziyatni tiklash uchun qanday
tashkilotlar jalb qilinishi kerakligi belgilanadi.
Keyin
esa Dasturning maqsad va strategiyasi belgilanadi, amaliy tadbirlar ishlab
chiqiladi. Ushbu dastur xalqaro, hukumat va nohukumat tashkilotlari darajasida
muhokama uchun taqdim etiladi. Va
nihoyat, yakunlovchi bosqichda, atrof-muhit jamg‘armasi tomonidan qo‘llanadigan
tadbirlar tanlab olinadi.
UNEPda
juda yaxshi axborot xizmati-"Infoterra” bor. U BMTning hamma a’zo davlatlarini
barcha yo’nalishlar bo‘yicha axborot bilan ta’minlaydi, ekologik qabul qilish
uchun kerakli ma’lumotlar taqdim etadi. Bu o‘z ilmiy tadqiqotlarini o'tkazish
uchun yetarli mablagiari boimagan mamlakatlarga juda qoi keladi.
UNEPning bosh qarorgohi Afrika qit’asidagi
Keniya davlati poytaxti-Nayrobida joylashgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.